O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

2.

 

Gap  shaklida: 



Tirnoq  ostidan  kir  qidiradi,  kapalagi  uchib  ketdi, 

ilonning yog„ini yalagan. 

Lekin  so„z  birikmasi  bilan  so„z  birikmasi  shaklidagi  iboralarning  o„zaro 

farqi bo„lib, so„z birikmasining tarkibidagi so„zlar o„z leksik ma‟no mustaqilligini 

saqlagan  bo„ladi.  Iboraning  tarkibidagi  so„zlar  esa  o„z  leksik  ma‟nosi  bilan 

qatnashmaydi,  ma‟nosini  yo„qotgan  bo„ladi.  Ba‟zan  ibora  so„z  birikmasi  bilan 

shaklan teng kelib qolishi mumkin. Bunday holatda ibora turg„un birikma sifatida 

erkin  birikma  bilan  omonimik  holatda  bo„ladi.  Buni  biz  quyidagi  misollarni 

keltirishimiz  orqali  qiyoslashimiz  mumkin.  Masalan: 



1.  Nima  uchun  bu 

haqiqatdan ko„z yumasiz?

 (Sharof Rashidov) 



2. Ahmadjon atrofda birdan chang, 

to„zon bo„lganligi sababli ko„zini yumdi. 

Birinchi  gapda  “ko„z  yummoq”  ibora  bo„lib,  “voz  kechmoq  ma‟nosida  ”, 

ikkinchi gapda o„z ma‟nosida kelgan. 

Ba‟zi iboralar tuzilishi jihatdan gap shaklida ham bo„ladi. Lekin ular nutqda 

gapning bir bo„lagi vazifasida keladi va hammasi bitta so„roqqa javob bo„lib, gap 

tarkibidagi so„zlar kabi alohida-alohida so„roqqa javob bo„lmaydi. 

Bundan  ko„rinib  turibdiki  iboralar  lug„aviy  birlik  bo„lgani  uchun  xuddi 

so„zlar kabi gapda  biror bo„lak vazifasida keladi.  

1.

 

Aravani quruq olib qoshish yaxshi ish emas





2.

 

Qosh qo„yaman deb ko„z chiqaradigan bunday hodisalar… hali ham 

onda-sonda ro„y berib turadi. 

3.

 

Azizaning bu xabardan boshi osmonga yetdi. 

4.

 

Odamlar qo„ltig„idan tarvuzlari tushib qishloqqa qaytishdi. 

Yuqorida  keltirilgan  gaplarda  iboralar  birinchi  gapda  ega,  ikkinchi  gapda 

aniqlovchi, uchinchi gapda kesim, to„rtinchi gapda esa hol vazifasida kelgan. 



 

10 


Iboralar  o„ziga  xos  ma‟no  tomoniga  ham  ega.  Iboralardan  anglashiladigan 

ma‟no  uning  tarkibida  qatnashgan  so„zlarning  ma‟nolarining  oddiy  yig„indisi 

bo„lmay, umumlashma, obrazli, ko„chma ma‟no sifatida bo„ladi. 

Masalan: 



U bu xabarni eshitib kapalagi uchib ketdi

Bu  gapdagi  kapalak,  uchib  ketdi  so„zlari  anglatadigan  ma‟nolarning  oddiy 



yig„indisi bo„lmay, balki biron narsadan qattiq qo„rqishni ifodalashga asoslangan 

obrazli ko„chma ma‟nodir. 

Iboralarning  uslubiy  imkoniyatlari  nihoyatda  katta  .  Xuddi  so„zlar  kabi 

iboralar  ham  uslubiy  qo„llanishi  jihatdan  neytral  yoki  uslublardan  biriga  tegishli 

bo„lishi mumkin. Bugungi nutqimizda 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə