O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi


Mavzu  bo„yicha  e‟lon  qilingan  ilmiy  va  ilmiy-metodik  ishlar  tahlili



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

Mavzu  bo„yicha  e‟lon  qilingan  ilmiy  va  ilmiy-metodik  ishlar  tahlili. 

Bitiruv  malakaviy  ishini  bajarish  jarayonida  oliy  o„quv  yurtlari  talabalari  uchun 

mo„ljallangan  “Hozirgi  o„zbek  adabiy  tili  ”  darsligi  nazariy  ko„rsatma  vazifasini 

o„tadi.  

Tilimizning leksik boyligini tashkil etuvchi iboralar tilshunoslarning doimo 

diqqat  e‟tiborida  bo„lgan.  O„zbek  tilshunosligida  bu  sohada  dastlabki 

ma‟lumotlarni  prof.  Sh.  Rahmatullayev  e‟lon  qilgan.  Iboralar  murakkab  til 

hodisasi  sifatida  ikki  yoki  undan  ortiq  komponentlardan  tashkil  topadi.  Shu 

ma‟noda iboralarni amaliy va ilmiy o„rganish o„ziga xos yondashuvni, o„ziga xos 

metod  va  usulni  taqozo  etadi.  O„zbek  tilshunosligida  iboralar  grammatik, 

semantik,  uslubiy  yo„nalishda  o„rganilgan.  O„zbek  tili  iboralari  dastlab  prof.  Sh. 

Rahmatullayevning  ishlarida  ilmiy  tadqiq  etilgan.  U  o„zining  qator  ilmiy 

tadqiqotlarida  iboralarning  til  hodisalari  bilan  o„xshash  va  farqli  xususiyatlari  va 

grammatik tabiatini o„rgandi, ilk bor o„zbek frazemalarining izohli lug„atini tuzdi. 

Bu lug„atda iboralarning  ma‟nosini izohlab bergan. 

Shuningdek,  Sh.Almamatova  “O„zbek  tili  frazemalarining  komponent 

tahlili ”  mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Bu dissertatsiyada frazemalarning 

komponent  tahlili,  xususan,  frazemalarning  ifodaviy  va  mazmun  jihatidan 

shaklantirishdagi  komponentlarning  o„rni,  frazemalarning  o„z  va  paradigmatik 

                                                 

2

 Karimov I.A. Zamonaviy kadrlar – taraqqiyotimizning muhim omilidir // Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot 



yo‟lida . 6-qism.- Toshkent: O‟zbekiston, 1998, 266-b 

3

 Karimov I.A. O‟zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‟zbekiston, 2011, 206- b. 




 

shakli,  komponentlarning  tarkibi,  variantlanishi  kabi  masalalarni  tatqiq  etishni 



asosiy maqsad qilgan. 

“Til  va  adabiyot  ta‟limi  ”    jurnalining    2008-yil  №5  sonida  Toshkent 

shahridagi  34-maktab  o„qituvchisi  E‟tibor  Muhammedovaning  “Iboralar 

yuzasidan  mashq  va  topshiriqlar”

4

  nomli  ilmiy-metodik  maqolasi  berilgan.  Bu 



maqolada o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o„stirishda iboralarni nutqda 

qo„llay  olishning  ahamiyati  katta  ekanligi  ta‟kidlanib,  o„quvchilarning  bu  mavzu 

bo„yicha  olgan bilimlarini  mustahkamlash  va  ulardan  to„g„ri  va  o„rinli foydalana 

olish ko„nikmasini hosil qilish maqsadida bir nechta mashqlar tavsiya qilgan. 

Xuddi  shu  jurnalning  2010-yil №6  sonida  esa  Toshkent  davlat  pedagogika 

universiteti o„qituvchisi Muxtorxon Raximovning “Ma‟no ifodalashda frazeologik 

birliklardan foydalanishga o„rgatish” nomli ilmiy-metodik maqolasi e‟lon qilingan 

bo„lib,  bu  maqolada  o„zbek  tilidagi  frazeologik  birliklarning  semantik  tabiati 

yetarli darajada o„rganilmaganligi sababli, o„zbek tilidagi ma‟noni kuchaytiruvchi 

frazeologik birliklarning semantik tabiati, leksik qurshovi masalalari xususida fikr 

yuritadi. 

Sh.Sodiqova.  “Turg„un  birikmalarning  deformatsiya  va  modernizatsiya 

qilinishi” mavzusidagi maqolasida iboralarning uslubiy imkoniyatlari, so„zlashuv 

va badiiy uslubga tegishli  iboralarning o„ziga xos qo„llanishi, badiiy uslubga xos 

iboralarning  zamon  talabiga  mos  ravishda  deformatsiya  va  modernizatsiya 

qilinishi masalalariga to„xtalib o„tgan. 

Shuningdek,  Hamroqulova  Mashhura  “O„quvchilar  nutqini  o„stirishda 

frazemalarning  ahamiyati  ”  mavzusida  bitiruv  malakaviy  ish  yozgan.  Bu  ishni 

yozishda  nutq  o„stiruvchi  vositalardan  foydalanish  usullarini  o„rganishni  maqsad 

qilib  olgan.  Shuningdek,  iboralarning  so„z  va  so„z  birikmalaridan  farqi,  nofaol 

iboralar, maktab darsligida iboralarning o„tish metodikasiga batafsil to„xtalgan. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə