|
Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”
|
səhifə | 10/26 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 0,5 Mb. | | #104313 |
| 001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)Teg (belgilash) nomi
|
Ma`nosi
|
Misollar
|
1
|
BOT
|
Birlik ot uchun
|
Mashina, kitob, olma
|
2
|
KOT
|
Koʻplik otlar
|
Mashinalar, kitoblar, talabalar
|
3
|
SOT
|
Shaxs oti
|
Oʻqituvchi, duradgor, sartarosh
|
4
|
NOT
|
Narsa oti
|
Sumka, temir, atir
|
5
|
JOT
|
Joy oti
|
Qishloq, daryo
|
6
|
FOT
|
Faoliyat-jarayon otlari
|
Bazm, oʻtirish, terim
|
7
|
MOT
|
Mavhum otlar
|
Sevgi, hayo, xafagarchilik
|
8
|
POT
|
Payt oti
|
Soniya, bahor, daqiqa
|
9
|
SOOT
|
Sodda ot
|
Bino, bogʻdorchilik
|
10
|
QOT
|
Qo`shma ot
|
Markaziy Osiyo
|
11
|
JFOT
|
Juft oti
|
Uy-joy
|
12
|
TOT
|
Takroriy ot
|
Tomir-tomiriga
|
13
|
ATSH
|
Atoqli shaxs nomi
|
Akrom
|
14
|
ATK
|
Kitob, asarlar nomi
|
“Shaytanat”
|
15
|
ATT
|
Tashkilot nomi
|
“Uztransgaz”
|
16
|
ATG
|
Geografik nom
|
Yevropa
|
17
|
ATH
|
Hayvon nomi
|
Olapar
|
18
|
ATY
|
Yulduz, sayyora nomi
|
Merkuriy
|
19
|
ATM
|
Mahsulot nomi
|
Snikers
|
20
|
ATU
|
Unvon, medal nomi
|
“Mard oʻgʻlon”
|
21
|
ATNT
|
Muhim tarixiy sana nomi
|
Mustaqillik kuni
|
22
|
ATI
|
Ilohiy tushuncha nomi
|
Alloh
|
2-jadval
Endi esa ot soʻz turkumi uchun teglar ishlatilish holatlarini misollar yordamida koʻrib chiqamiz:
BOT - Birlik ot uchun ishlatiladi. Misol: Kitob/BOT qiziqarli ekan. Bu yerda kitob soʻzi birlikdagi ot boʻlganligi uchun BOT tagini oldi.
KOT – Koʻplik ot uchun ishlatiladi. Misol: Daraxtlar/NOT/KOT kesilishiga biz qarshimiz! Bu yerda daraxtlar soʻzi narsa oti hamda koʻplikdagi ot boʻlganligi uchun NOT va KOT taglari ketma-ketlikda /NOT/KOT shaklida qoʻyildi.
SOT – Turdosh shaxs oti uchun ishlatiladi. Misol: Direktor/SOT/BOT xodimlarni toʻplashni buyurdi. Bu yerda direktor soʻzi shaxs oti hamda birlikdagi ot boʻlganligi uchun SOT va BOT taglari ketma-ketlikda qoʻyildi.
NOT - Narsa oti uchun ishlatiladi. Misol: Mashina/NOT haydash malakasi qisqa vaqtda oʻzlashtiriladi. Bu misolda mashina soʻzi narsa hisoblanib NOT tagi qoʻyildi.
JOT – Bu tag oʻrin-joy otlari uchun ishlatiladi. Misol: Choʻponlar yaylovdan/JOT qoʻylarini olib ketishyapti. Keltirilgan gapda yaylov soʻzi joy oti boʻlganligi uchun JOT tagi qoʻyildi.
FOT – Faoliyat-jarayon otini bildirib keladi. Misol: Terimga/FOT maktab oʻquvchilarni jalb qilmang. Bu yerda terim soʻzi faoliyat-jarayon oti boʻlganligi uchun FOT tagi qoʻyildi.
MOT - Mavhum ot uchun ishlatiladi. Misol: Insonlarga quvonch/MOT ulashish yaxshi odat. Bu yerda quvonch soʻzi mavhum ot boʻlganligi uchun /MOT tagi qoʻyildi.
POT - Payt oti uchun qoʻllaniladi. Misol: Kuzda/POT qushlar issiq oʻlkalarga uchib ketishadi. Bu yerda kuzda soʻzi payt otini bildirib kelganligi uchun /POT tagi qoʻyildi.
SOOT – Sodda tub va soda yasama ot uchun ishlatiladi. Misol: Insonlarga quvonch/SOOT ulashish yaxshi odat. Bu yerda quvonch soʻzi tuzilishiga koʻra sodda boʻlganligi uchun /MOT tagi qoʻyildi.
QOT - Qoʻshma ot uchun ishlatiladi. Markaziy/QOT/JOT Osiyodagi/QOT/JOT geosiyosatni yaxshi oʻrganishimiz kerak. Bu yerda Markaziy Osiyo soʻzi qoʻshma joy oti boʻlib, ajratib yozilgani uchun ikkala soʻzga ham alohida taglar berildi.
JFOT – Otning tuzilishga koʻra turlaridan juft otlar uchun qoʻllaniladi. Misol: Qovun-tarvuz/JFOT tanlashda e’tiborli boʻlish lozim. Bu yerda qovun-tarvuz soʻzi juft otlar sirasiga kirgani uchun /JFOT tagi qoʻyildi.
TOT - Takroriy ot uchun ishlatiladi. Mehmondoʻstlik xalqimiz tomir-tomiriga/TOT singib ketgan. Bu yerda tomir-tomiriga soʻzi takror ot boʻlib, ajratib yozilgani uchun yuqoridagi soʻzga taglar berildi.
ATSH – Atoqli shaxs nomlariga nisbatan ishlatiladi. Misol: Anvar/ATSH kecha menga xabar yubordi. Bu yerda Anvar soʻzi atoqli shaxs nomiga taalluqli boʻlgani uchun /ATSH tagi qoʻyildi.
ATK – Atoqli otlar ma’noviy turlaridan kitob, asarlar nomlariga qoʻllaniladi. Misol: “Sariq devni minib”/ATK asarini oʻqiganmisiz? Bu yerda “Sariq devni minib” asar nomining har uchala soʻzini birlashtirib, /ATK tagi qoʻyildi.
ATT – Atoqli otlar ma’noviy turlaridan tashkilot nomlariga qarab qoʻllaniladi. Misol: Artel kompaniyasi aksiya e’lon qiladi. Bu yerda Artel soʻzi tashkilot nomini bildirib kelgani uchun /ATT tagi qoʻyildi.
ATG – Biror joy nomiga atab qoʻyilgan nomlar uchun ishlatiladi. Misol: Janubiy Amerika davlatlari sport musobaqalarida faol qatnashoqda. Bu yerda Janubiy Amerika soʻzi geografik atoqli nomni bildirib kelgani uchun uchun /ATG tagini oldi.
ATH – Biror bir hayvonga atab qoʻyilgan nomlar uchun qoʻllaniladi. Misol: Uyimizga Toʻrtkoʻzni olib kelishganda u juda kichkina edi. Bu yerda Toʻrtkoʻz soʻzi hayvonga atab qoʻyilgan ism boʻlgani uchun /ATH tagi qoʻyildi.
ATY – Yulduz, sayyora nomlari uchun qoʻllaniladi. Misol: Mars sayyorasini oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda. Bu oʻrinda Mars sayyora nomini bildirgan atoqli ot boʻlgani uchun /ATY tagi qoʻyildi.
ATM – Mahsulot nomini bildirgan atoqli otlarga qoʻllaniladi. Misol: Twix tayoqchalari sifatli shokolad bilan qoplangan. Bu yerda Twix soʻzi mahsulot nomini bildirgani uchun /ATM tagi qoʻyildi.
ATU – Ushbu teg unvon, medal nomlaridan keyin qoʻllaniladi. Misol: “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga erishgan adabiyotshunoslar oramizda sanoqli topiladi. Bu yerda “Oʻzbekiston Qahramoni” soʻzi oliy darajadagi unvon nomini bildirgani uchun /ATU tagi qoʻyildi.
ATNT – Muhim tarixiy sanadan keyin ishlatiladi. Misol: Navroʻz bayramini mustaqillikka erishgunimizcha nishonlash oson boʻlmagan. Bu yerda Navroʻz soʻzi tarixiy sana sifatida belgilangani uchun /ATNT tagi qoʻyildi.
ATI – Ilohiy tushuncha nomidan keyin qoʻllaniladi. Misol: Alloh mehribon zot, uning marhamati cheksiz. Bu yerda Alloh lafzi ilohiy tushuncha nomini bildirgani uchun uchun /ATI tagi qoʻyildi.
Predmetning belgisini bildirib keluvchi soʻz turkumiga sifat deyiladi. Sifat asosan predmetning belgisini bildirib keladi, ammo harakat belgisini bildirib keladigan oʻrinlari ham uchraydi: yaxshi oʻqiydi. Sifat bogʻlanib kelgan soʻz turli qoʻshimchalarni olib oʻzgarishi mumkin, ammo sifat grammatik jihatdan oʻzgarmaydi. Sifatning oʻziga xos morfologik xususiyatlaridan biri sifatida uning darajalana olish qobiliyatini keltirib oʻtishimiz mumkin. Ushbu ishda sifat soʻz turkumiga doir 10 ta teg ishlab chiqilgan. Ularning toʻliq roʻyxati bilan 3-jadvalda tanishishingiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: |
|
|