O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi


DOSTONCHILIK XALQ FOL’KLORINING YIRIK JANRLARIDAN BIRI SIFATIDA



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə2/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111

DOSTONCHILIK XALQ FOL’KLORINING YIRIK JANRLARIDAN BIRI SIFATIDA.

Adabiyot- so’z san’ati. So’z san’atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan paydo bo’la boshlagan. Uning raydo bo’lishida o’sha davr shart-sharoiti. Odamlarning mehnat va turmush tajribalari, dunyo qarashalari, urf-odat va marosimlari hal qiluvchi o’rin tutadi. Eng avval nasriy asarlar vujudga kelgan. ular nihoyatda sodda bo’lib. turli xildagi undov-xitoblar va voqiyalar bayonidan iborat bo’lagan xalos. Ya’ni mehnatni yengillashtiruvchi. ruhni tetiklashtiruvchi. xayol og’ushiga olib ketuvchi ertaklar va afsonalar yaratildi, mehnat jarayonini ifodalovchi qo’shiqlarning namunalari paydo bo’ldi.


Eng qadimgi fol’klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo’lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo’shgan. Ular asl holida bizgacha yetib kelmagan yoki yetib kelganlari ham og’izdan og’izga, avloddan avlodga o’tish jarayonida ijodiy ishlangan.
O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi fol’klor namunalari ba’zi tarixiy yodgorliklar, yodnomalar, ilmiy asarlardagina saqlanib qolgan. Ular miflar, jangnoma ko’rinishdagi afsonalar, qahramonlik va pahlavonlik eposlari, qo’shiqlardan va maqollardan tashkil topgan.
O’rta Osiyoda VI asrdan XX asrgacha bo’lgan davr ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan murakkab tarzda kechgan davr bo’ldi. Bu davr o’zbek xalqining o’troq dehqonchilik bilan ko’chmanchilik hayoti tartiblarini uzoq vaqt yonma-yon yashab kelgan davr hisoblanadi. O’zbek xalqining bu davrdagi boy va rang barang og’zaki ijodi namunalariga nazar tashlar ekanmiz, ularda ijtmoiy-siyosiy jarayonlar, qadimiy tasavvurlarni va qarashlarni izlari o’z ifodasini topganligini ko’ramiz. Chunki ijtimoiy taraqqiyotga uzviy bog’liq bo’lgan fol’klor asarlari o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, xalqning hayotidagi tarixiy o’zgarishlar bilan o’zgara borgan, ularda bir necha davrlar o’z izini qoldirgan.
Fol’klor asarlariga xos bunday o’zgaruvchanlik va ko’p qatlamlilik ularning ko’pgina namunalarini ayrim olingan davrlar bilan bog’lab tekshirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham u yoki bu janrlarning muayyan davrdagi holati va taraqqiyoti haqidagi mulohazalar ko’pgina hollarda taxminiy bo’ladi, albatta. Hozircha mavjud tekshirishlarga suyanib turib, shuni aytish mumkinki, eng qadimgi davrlarda ko’pchilik xalqlarda miflar, urug’, qabilalar haqidagi rivoyatlar, aytimlar, urf-odat, mavsum va marosim, mehnat qo’shiqlari keng tarqalgan. Ilk davlatlarning shakllanish davrida qahramonlik dostonlari yaratilgan, keyinrok epik, lirik va tarixiy qo’shiqlar, og’zaki drama paydo bo’lgan.
Keyingi vaqtlarda yozib olingan fol’klorning an’anaviy namunalari, asosan VI-XX-asrlarda yaratilgan asarlardir. Fol’klor asarlarning ayrim namunalarini, ayrim janrlarning keyingi taraqqiyoti va holatini muayyan davrlar bilan bog’lab o’rganish mumkin. Masalan, o’zbek dostonchiligining qadimiy ko’rinishlari, uni avloddan avlodga o’tkazib kelgan bir necha avlod xalk baxshilari va ular ijro etgan dostonlari haqida yozma ma’lumotlar deyarli saqlanib qolmagan. Masalan, Amir Temur o’z safarlarini baxshilarga doston qilib kuylashni topshirgan, To’xtamish saroyida Kamolzoda va Jahon Mirzo kabi jirovlar bo’lgan xalq dostonlariga yaqin shaklda yozilgan «Abo Muslim» kitobi XII -asrda yaratilgan.
Og’zaki ma’lumotlar bizni XVII-asrga yetaklaydi. Ergash Jumanbulbul o’g’lining avlodlaridan biri Yodgor baxshi XVII-asrning ikkinchi yarmi va XVI-asrning boshlarida yashagan. Ergash shoirning yettita ota-bobosi dostonchi o’tganligini hisobga olsak, aytaylik, XVI-asr asr oxirlarida yashagan dostonchi shoirlar haqidagi ma’lumotlar ham XVI-asr ning boshlarigacha yetib kelgan. O’zbek xalqining juda murakkab etnogenizi va etnogenitik taraqqiyoti, VI-VIII asrlardan XV asrgacha davom etgan migrasiya, ya’ni turkiy qabila va urug’larning oldinma keyin O’rta Osiyo hududlariga ko’chib kelishi, joylashishi hamda yerli, turkiy bo’lmagan o’troq elatlar bilan aralashib ketish jarayonlari ham o’zbek dostonchiligining bu davrida yangilanish davrini boshlagan, taraqqiy qilgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.
XVII-XVIII asrlar davomida dostonchilik taraqqiyotida juda jiddiy ko’tarilishlar bo’ldi. XIX asr uning eng gullagan davri bo’lib xalq orasida keng yoyildi.
Xalq dostonlarida markazlashgan, mustaqil, farovon vatan va chet el bosqinchilariga qarshi kurash g’oyasi muhim o’rin tutadi. «Chambil qamali», «Rayhon arab», «Bektosh arab» kabi dostonlarda arab bosqinchilariga qarshi kurash tasvirlangan va bu dostonlar arablar O’rta Osiyoga hujum qilgan davrda yaratilgan, markazlashgan davlat g’oyasi,vatan, el-yurt osoyishtaligi va mustaqilligi uchun kurash uzoq davom etgan bu davrda turli urug’ va elatlarning yagona xalq bo’lib shakllanish davrida g’oyat muhim ijobiy hodisa ediki, bu g’oyalar o’zbek eposining qon-qoniga singib ketgan deyishimiz mumkin.
Xuddi shuningdek, mug’ul bosqinchilarining xurujlarini, ularga qarshi mahalliy aholining kurashlarini aks ettirgan asarlar ham anchagina. «Guldursun» afsonasi ham shu nomli doston ham o’sha davr voqiyalari hakida hikoya qiladi. Mug’ul istilochilariga nisbatan xalk munosabati esa ramziy ifodalarda, umuman, chet el bosqinchilariga nisbatan xalq nafrati bayonida, afsonaviy va mifologik salbiy timsollar tasvirida saqlanib qolgan.
Bu davr o’zbek fol’klorida ayrim tarixiy voqiyalar va shaxslar nomi bilan bog’langan dostonlar, afsona va latifalar ko’p uchraydi. Masalan: «Tulumbiy» (XV asr), «Shayboniyxon», «Oychinor» (XVI asr), «To’lg’anoy» (XIX asr) kabi bir qancha dostonlar borki, ular yaratilgan davrlaridan ancha keyin yozib olingan, demak bir qancha o’zgarishlarga uchragan bo’lishlariga qaramay, ma’lum darajada o’z davri voqiyalarini aks ettiradi. Shuningdek, mashhur tarixiy siymolar Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug’bek, Mashrab, nomlari bilan bog’liq bo’lgan ko’plab afsona va rivoyatlar yaratildi. XIX-asr boshlarida xalk orasida yozma adabiyot namunalari keng tarqala boshladi. Ayrim shaxslar tomonidan o’zbek fol’klori asarlarini yozma adabiyotga yakin ruhda qayta ishlash yoki yozma namunalarini «fol’klorlashtirish» jarayoni kuchaydi. Buning natijasida turli xarakter va mazmundagi qissalar («xalq kitoblari») yuzaga keldi. hatto ayrim baxshilar ijodiy faoliyatida, masalan, Qo’rg’on dostonchilari repertuarida yozma adabiyot namunalari ko’rina boshladi
Bu davrda xalq ijodchilaring muayyan janrlarda professionlashuvi kuchayib dostonchi, ertakchi, qo’shiqchi, askiyaboz, masxarabozlar ajralib chiqa boshladi. Bu esa fol’klorning estetik jihatdan mustaqillashuvida, uning mifologiya va ibtidoiy irim-sirim hamda marosimlardan ajralib chikishida muxim ahamiyatga ega bo’ldi.
Dostonlar insoniyat ma’naviyat tafakkurining buyuk nematlaridan biridir. Har bir xalqining ma’naviy madaniyatida erishgan yutuqlari uning adabiyot va San’atga, binobarin musiqa San’atidagi betakror ijod namunalari bilan xam qadrlanadi va etirof etiladi. Shu manoda xalqimiz o’zining boy milliy va mumtoz musiqasi, zamonaviy ijro San’ati bilan jahon xalqlari madaniyatida o’zining asosli o’rinni egallab kelmoqda.
O’zbeklar o’zining tilini, adabiyotini, madaniyatini yo’qotmoqda, degan yolg’on, bo’xton gaplarga qaqshatqich zarba berdi. O’zbek xalq dostonlari oddiy bo’lib o’zining tili va ijrochilik uslubi bilan xalq qalbiga yaqindir. O’zbek xalq dostonlari ya’ni ajdodlar ma’naviy merosini o’rganish davr talabidir.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, musiqa darslari jarayonida o’rganilayotgan o’zbek xalq dostonlarining o’rni sezilarlidir. Bu dostonlarda Go’ro’g’li obrazi “Go’ro’g’li” turkum dostonlarni hamda “Alpomish” kabi qahramonlik dostonlarda xalqning, ota-bobolarimizning yovuz bosqinchilarga qarshi olib borgan adolatli kurashlari, xalq qahramonlari haqidagi orzu-istaklari o’z aksini topgan. Umuman olganda o’zbek xalq dostonlarida ko’plab vatanni ulug’lovchi, vatan dushmanlariga murosasiz bo’lishni kuylovchi mavzularni uchratish mumkin.
Biz o’rganayotgan mavzu “O’zbek xalq dostonlari orqali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, shu kunning dolzarb pedagogik muammolaridan biridir.
Istiqlolning dastlabki kunidan boshlab, yangi jamiyatni yuksak ma’naviyat-madaniyatli, milliy qadriyatlarni tinglamasdan turib rivojlantirish qiyinligi to’g’risida to’xtalib “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir. U yo’q joyda baxt-saodat bo’lmaydi. Nafaqat ko’hna tarix, balki yangi tarix xam buning ko’plab misollarini beradi” deya alohida takidladiki, milliy mustaqillik mafkurasi istiqlol madaniyati, San’ati, adabiyotini barpo etishda bu haqqoniy so’zlarni unutmasligimiz kerak. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda, biz o’zbek xalqining ma’naviy xazinasi bo’lmish, o’zbek xalq dostonlarini o’rganishni lozim topdik.
Insoniyat jamiyati uzoq tarixga ega. Minglab yillar davomida kishilar, urug’ va qabilalar, elatlar, xalqlar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo’lishgan. Bazilari o’zaro savdo-sotiq olib borsa, boshqalar o’rtasida urushlar bo’lgan, yana birlari quda-andachilik qilishgan. Kishilar istiqboldagi osoyishta va farovon turmush istagi, el-yurtning baxt-saodati yo’lidagi orzu-umidlar, his etgan voqyea-hodisalarini, kelajak baxtli hayot haqidagi armonlarini, tasavvur va tushunchalarini turli shakllarda ifoda etishgan. Ko’pincha xalq turmushida sodir bo’lgan muhim voqyealar yoki biron kimsaning qahramonligi, jasorati haqida qo’shiqlar ijod etish keng rasm bo’lgan. Qo’shiqlar yirik janr hisoblangan dostonlarning kurtagi edi. Shiroq, To’maris, Zarina kabi qadimgi xalq qahramonlarining fidoyiliklari xalq ijodining ana shunday dastlabki namunalari – qo’shiq, rivoyat, afsonalarda madh etildi.
Davrlar o’tishi bilan bunday qadimiy rivoyat va qo’shiqqa yana kimdir boshqa bir voqyeani qo’shib aytadi, boshqa bir odam xalqning dilidagi yangi bir orzu, niyat munosabati bilan ularga yangi bir orzu, niyat munosabati bilan ularga yangi faktlar qo’shadi, boyitadi, kengaytiradi, yana bir istedodli kishi unga sayqal beradi, qo’shiqlarni o’zicha joylashtiradi, ayrim so’zlar, hikoyatlar yordamida ularni bir-biriga izchil ravishda ulaydi. Qarabsizki, xalq og’azki ijodining yirik asari – doston paydo bo’ladi. Xalq tarixining kuychisi Qo’rqut bobo hikoyalaridan iborat “Kitobi dada Qo’rqut” deb nomlangan asar ana shunday ayrim-ayrim, mustaqil o’n ikki qo’shiqdan tarkib topgan xalq dostonidir.
Keyinroq borib bir necha mustaqil dostonlarning uzviy birikuvidan iborat dostonlar turkumi yaratildi. Masalan, 40 dan ortiq dostondan tashkil topgan “Go’ro’g’li” dostonlar turkumi shular jumlasidan bo’lib, bu dostonlarda bosqinchilarga qarshi kurashlar, odamlar va xalqlar o’rtasida tinchlik, do’stlik, adolatli zamon, hatto fan va texnika taraqqiyoti va farovonlik to’g’risida xalqimizning o’ylari, ayrim xollarda fantaziyasi xam aks etadi.
Xalq dostonchilari Go’ro’g’lining xalqqa bo’lgan mehr-muhabbatini, dushmanlarga cheksiz g’azab-nafratini, el-yurt uchun g’amxo’rligini ko’tarinki ruh bilan kuylaydilar. Turkumdagi har bir doston o’z syujetiga ko’ra malum mustaqillikka ega bo’lib, yakka-yakka holda ham kuylanib kelgan. Ammo Chambil yurti, Go’ro’g’li obrazi va uning jangovar yo’ldoshi G’irot orqali dostonlar bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketadi.
“Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlar kabi o’zbek xalqining mashhur “Alpomish” qahramonlik dostonida ham o’tmishda ota-bobolarimizning ezgulik yo’lida yovuzlikka, bosqinchilarga qarshi olib borgan adolatli kurashlari, mard paxlavonlar, xalq qahramonlari haqidagi orzu-istaklari o’z aksini topdi. Biz bu dostonlarda xalqni vatanini sevish, ulug’lash kabi his-tuyg’ularni topa olamiz.
Bazan bir dostonning bir necha xil variantlari ham vujudga keladi. Dostonlarni xalq orasida kuylab, ijro etib yuradigan San’atkorlar baxshi, dostonchi, xalq shoirlari deb ataladi. Ular nihoyatda istedodli, xotirasi ham kuchli bo’lib, badihago’ylik, ya’ni tayyorgarliksiz she’r to’qiyverish qobiliyatiga ega bo’lishgan. Qo’shiq, dostonlarni qo’biz, do’mbira, dutor kabi sozlarda ularga mos kuylar topib ijro etganlar. Shu tarzda xalq og’zaki ijodi asarlari ommalashib avloddan-avlodga o’tgan.
O’zbekistonda mashhur Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Islom shoir Nazar o’g’li kabi respublikamiz dostonchilari katta-katta dostonlarni qog’ozga yozmay, xotirada saqlagan holda bazan bir necha kecha-kunduz davomida yoddan ijro etishgan. Ayniqsa, oddiy xalqning aksariyati o’qish-yozishni bilmagan davrlarda xalq orasida doston kuylash San’ati juda katta shuhrat qozongan.
Dostonlarning hajmi siz bilgan ko’plab qo’shiq, ertaklardan ko’ra ancha katta bo’ladi. Dostonchilar katta bir dostonni bir necha kecha-kunduz davomida ijro etishlari mumkin. Nomlari mashhur bo’lgan keksa dostonchilarimiz bunday dostonlardan juda ko’pini yoddan bilishgan.
Baxshilar hayotiy turmush voqyealaridan ilhomlanib zamonaviy mavzuda dostonlar yaratmoqdalar va to’y-tomoshalarda, bayram-sayillarda ijro etmoqdalar. Siz “zangori ekran”da bazi-bazida xalq baxshilari, dostonchilari ijrosida qiziqarli konsertlar va hatto, ularning bellashuvlarini tomosha qilasiz. Shunda katta yoshdagi baxshilar qatorida o’z tengdoshingiz-yosh bolalarni ham mahorat bilan soz chalib, qo’shiq aytib o’tirganining guvohi bo’lasiz va “bu bola xam baxshimi”, deysiz. Ha, o’sha bola ham bo’lajak dostonchi, baxshi. Lekin u xozircha shogird. Muttasil mashq qilish, o’rganish orqali kamolotka erishsa ajab emas.
Xalq dostonlarini, shuningdek, qo’shiq, terma, ertak, afsona, rivoyat, xikoyat, latifa, maqol, matal kabi xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganuvchi fol’klorshunoslik fanining mutaxassislari baxshi va dostonchilardan yoddan ijro etuvchi asarlarini daftar yoki magnit lentalariga yozib olib, ularni chuqur o’rganmoqdalar va kitob holida nashr ettirmoqdalar.
Xalq og’zaki ijodi dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlarning yaratilishida katta zamin bo’ldi. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg’ yoki Parizod va Bunyod”, Oybekning “Bobom”, “Zafar va Zuhro”, Maqsud Shayxzodaning “Uchinchi o’g’il”, Mirmuhsinning “Nevara”, Sulton Jo’raning “Zangori Gilam”, Zafar Diyorning “Mashinist”, Qudrat Xikmatning “Chirchiq farzandi”, Quddus Muhammadiyning “Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy”, “Solijon”, “Tentaksoy”, Po’lat Mo’minning “O’rinbosarlar”, “Ko’ngil istar yaxshilik”, Ilyos Muslimning “Miqti o’z ovulida”, Hasan Po’latning “Polvon” kabi dostonlarini bolalar sevib o’qiydilar va o’rganadilar. Umuman olganda xalq dostonlarini atroflicha o’rganish shu kunning dolzarb pedagogik muammolaridan biridir hamda o’zbek xalqining ma’naviy boyligidir.
Doston o’zbek xalq fol’klorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan chambarchas bog’liqdir. Asriy kurashlar va ideallar uning tematikasini, g’oyaviy mazmuni, obrazlar sistemasi, syujet va kompozisiyasi mohiyatini belgilaydi.
“Doston” so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, tarif va maqtov manolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu atama xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Biroq yozma va og’zaki adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari va usullari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Xalq og’zaki ijodida doston o’tmish zamonlar to’g’risidagi qahramonlik idealizasiyasi ko’lamidagi hikoyalar, rivoyatlaridir. V.M.Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko’ra “Epos – bu xalqning qahramonlik idealizasiyasi ko’lamidagi jonli o’tmishidir. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir”. M.Saidovning takidlashicha, doston murakkab San’at asari bo’lib, uning doston bo’lishi uchun adabiy tekst, musiqa bo’lishi, kuylovchi hofizlik San’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur”.
Bu tariflarda qarama-qarshilik yo’q va biri ikkinchisini to’ldiradi. Birinchi dostonning epik voqyelikka munosabati nazarda tutilsa, ikkinchidan fol’klorining tuzilishi, dostonlarning sinkretik xarakteriga etibor beriladi. V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning tarifida xalq dostonlarining bosh xususiyati, M.Saidov nazarda tutgan adabiy matnning asosiy belgisi, ya’ni dostonlarning mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo’lishi va ular afsonaviy bahodirlar, ulug’ shaxslar haqida epik idealizasiya doirasida to’kilgan rivoyaviy asarlar ekanligi birinchi rejaga qo’yilgan. Bu tarifda dostonning o’tmish bilan, xalq tarixi bilan mahkam bog’langanligi ham o’ziga xos ravishda hisobga olingan. Chindan ham dostonlarda tarixni xalqona tushunish, uni joylashtirish mavjud. Ular xalqimiz boshidan kechigan ijtimoiy-siyosiy voqyealarning, etnik birlik va mustaqillik uchun olib borilgan kurashlarning tarixiy mohiyati badiiy bayon etilgan. Shunday qilib, dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan olamshumul voqyealarni tasvirlagan, xalqimizning axloqiy, falsafiy, diniy qarashlarini hayoti, urf-odatlari va maishatini qomusiy bir tarzda ifodalagan o’tmish yodnomalaridir.
Dostonlarda tarixiy voqyelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o’z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo’g’rilgan. Demak, dostonda epiklik xos bo’lib, syujet qurilishi jihatidan murakkab voqyea-hodisalarni mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo’lib, ular xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Favqulodda kuch-qudratga ega bo’lgan bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu-umidlari, imkoniyat va intilishlari mujassamlashgan. Xalq dostonlarining tematik hamda janr xususiyatlari uning o’ziga xos uslubi va formasini belgilaydi, ya’ni kuy va ijro bilan mahkam bog’liq bo’lgan yirik hajmli va keng ko’lamli dostonlarning poetik bayoniga ko’tarinkilik, tantanavorlik, an’anaviylik, she’riy va prozaik qismlarining davomiy almashinib kelishi xosdir.
O’zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tdi. Uning eng qadimgi namunalari saqlanib qolmagan. O’tgan asrlarda yozib qoldirilgan dostonlargina, bu janrning ko’p davrlar osha xalq baxshilari xofizasida og’zaki ravishda muayyan o’zgarishlar bilan bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ularni xalq baxshilarini faoliyatidan ajratib o’rganish mumkin emas.

Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə