O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə6/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111

DOSTON KUYLASH TARTIBI
O‘zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta baxorgacha kechqurinlari uyushtiriladi. Baxshi taklif qilingan mexmonxonaga barcha eshituvchilar shu erda kur tashlab utirishgan. Baxshi uyning eng turida utirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatlan keyin boshlangan. Baxshi avval bir necha terma kuylagan, Xorazm baxshilari esa terma sifatida dostonlardan parchalar yoki Maxtumkuli gazallaridan, pand-nasixat mazmunidagi qo‘shiqlar ijro kilganlar. Xorazmdan boshka xudularda «Nima aytay?» termasi bilan eshituvchilarga murojaat kilingan. Dostonlar bir necha kunlab kuylangan.
Baxshi doston kuylash davomida dostondagi xar bir tasvirgv mos so‘z va kuy topib avjgv chiqib borgan, uzlarining ta’biri bilan aytganda, «qaynaydi». o‘rni-o‘rni bilan eshituvchilarga murojaat qilib ularni diqqatini o‘ziga jalb etgan. Dostonni avj nuktalariga etganda baxshining gavda xarakatlari, boshini sarak-sarak kilishi, dumbiraning bir muvozanatda borib kelishi kuy va so‘zga qushilib yaxlit ritmik xolatni yuzaga keltiradi.
Dostonni kuylash juda qiziqarli o‘ringa, avj pardalarga etganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus kilingan. Buni baxshilar «dumbira tuntarmok» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki dumbirasiga murojaat tarzida bir necha misralar aytadi: va ijroni tuxtatadi:
Seni uydan olib chikdim buktirib,
Sen yuribsan ulfatingni axtarib,
Men kuyayin seni endi tuntarib,
YArim kecha xaddi buldi , jonivor.

Yigib opsan ulfatingni jamini,


Egang olsin-da bir oz damini.
Damin olib aytib berar kamini,
Rumol yozar vakti buldi, jonivor.
SHundan keyin baxshi choponini, belbog‘ini va dumbirasini tunkarilgan xolda koldirib, tashkariga chikadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbogini urtana yoyadi. Xar kim uz imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlaydi.. Baxshi xonaga kirguncha, yigilgan pul va narsalarni tunib kuyadilar. Sung dostonni kolgan kismini kuylash davom ettiriladi. Xorazm baxshilariesa, doston ijrosi tugashi bilan «Tuyingda kaytsin» kuyini chalib turadi.
Maxsus dostonchilik kechalaridan tashkari tuy-xashamlarda, oila tantanalarida, bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatiy xol edi. XX asrning boshlaridan boshlab shaxarlarda bashxilar xizmatidan foydalanish yukoldi, ularning urnini xofizlar va ashulachilar oldi.
Baxshi tayyorlash uzinig kat’iy an’anaviy tartiblariga ega bulgan. Baxshilar qishloqma-qishloq dostonchilik qilib yurgan paytlarida xalq orasidagi iste’dodli, qobiliyatli, she’riyatga kizikuvchan yoshlarni tanlaganlar, safar davomida ularni sinab borganlar, ularni uz yonlariga tortganlar. Shogird tayyorlashda barcha ukitish, urgatish ishlari dumbira mashki xam og‘zaki ravishda amalga oshirilgan. Urgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdini uzi bilan birga siginlarga olib borgan. SHogird kupchilik oldida termalar, dostonlardan parchalar kuylagan, goxida ustoz eshituvchilarni ruxsati bilan uzi kuylayotgan dostonni davomini shogirdiga ayttirgan.SHogird doston kuylashning muayyan kismini va baxshichilik yullarin tula urganib bulgach ustoz uni el oldidan utkazish uchun ziyofat tashkil etadi. Ziyofatga xalq ijodining bilimdonlarini, dosion shinavandalarini taklif etadi. SHogird ular oldida biror dostonni mustakil ijro etib beradi. SHogird sinovdvn utgach, ustoz unga bosh-oyok sarpo va tn qilib, yangi dutor yoki dumbira xadya etadi., kupchilik oldida oq yul tilaydi.
SHu tarika xalq badiiy ijodida davomiylik yuzaga keladi., kachonlardir ustoz kuylagan dostonni shogird kuylaydi va bu dostonlar avloddan-avlodga o‘tib bizgacha etib kelgan.



Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə