O‘zbekisto



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə2/7
tarix22.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7
BOTANIKA HISOBOT

TALABALARGA TALAB

Har bir talaba o‟quv dala amaliyoti davomida qilingan ishlari yuzasidan hisobot yozib topshiradi. Har bir talaba rejada belgilangan dastur bo‟yicha tabi-atdan yetarli darajada o‟sib rivojlangan o‟simliklardan 50 dona gerbariy terib, ularni oila, turkum va turlarga ajratib, aniqlab bo‟lgandan keyin amaliyot ra-hbariga topshiradi. Amaliyot rahbari terilgan o‟simliklarni o‟sish joyini, ayrim-larini morfologik va biologik xususiyatlarini so‟raganda talaba yaxshi javob ber-sa, ball qo‟yish bilan hisobotni qabul qiladi.

O’QUV DALA AMALIYOTINI O’TKAZISHNI TASHKIL QILISH

O‟quv dala amaliyoti belgilangan reja asosida har kuni har joyda o‟tkaziladi.
O‟quv dala amaliyoti boshlanishidan oldin amaliyot rahbari talabalarni o‟tkaziladigan amaliyotning maqsadi va vazifalari bilan to‟liq tanishtiradi.
O‟quv dala amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga texnika xavfsizligi to`g‟risida tushuncha beriladi, hamda belgilangan qoidani o‟qib berib tala-balarga tushunganligi haqida maxsus daftarga imzo qo‟ydiriladi.
4

Talabalarga har kuni qilinadigan ishlar reja bo‟yicha tushuntiriladi, ish das-turi bilan tanishtiriladi. Shundan keyin talabalar amaliyot o‟tkazadigan o‟qituvchilar rahbarligida mustaqil ravishda tabiatdan gerbariy yig`adilar.
O‟quv dala amaliyotini o‟tayotgan talabalar albatta kundalik daftar tutadi-lar. Kundalik daftarga har kuni qilinadigan ishlarni yozib boradilar. Kundalik daftarda keltirilgan ma‟lumotlar o‟quv dala amaliyotini oxirida hisobot yozishda foydalaniladi, o‟quv dala amaliyotning oxirida hisobot bilan birga topshiriladi.
Botanika fanidan o‟quv dala amaliyoti Toshkent Davlat agrar universitetining kichik o‟quv tajriba xo‟jaligida, katta o‟quv tajriba xo‟jaligi xududida madaniy ekinzorlarda, togli hududlarda, botanika bog‟larida hamda foydalanilmay yotgan yerlarda, shuningdek sug`orish shaxobchalari bo‟ylarida o‟tkaziladi.
O‟quv dala amaliyotining birinchi kunida O‟zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining botanika bog`iga olib boriladi. Imkoniyat bo‟lsa, Bo‟stonliq tumanidagi to`li joylaridagi o‟simliklar qoplamlari bilan tanishtiriladi va ger-bariylar yig`iladi.
O‟quv dala amaliyotini o‟tkazish uchun ekskursiya kunining birinchi yarmi-dan boshlanadi. Kunning ikkinchi yarmida esa talabalar o‟zlari yig`gan gerbariy-larini tartibga soladilar. O‟simliklarni gerbariy qog`oziga taxlaydilar, quritish uchun maxsus iskanja (press) ga joylaydilar, shundan so‟ng kundalik daftarga qilgan isharini qayd qiladilar, shu kunga xulosa yozadilar.
O‟quv dala amaliyotini o‟tkazuvchi har bir talabada qalin muqovali kundalik daftar, oddiy qora qalam, bir nechta yorliq, cho‟ntak lupasi, pintset (qisqich) o‟simliklarni ayrimlarini kovlab olish uchun pichoq, tesha, gerbariy solinadigan qog`oz, gerbariy papka hamda o‟simliklarni aniqlash uchun aniqlagich kitob bo‟lishi lozim. Papka bilan olinadigan qog`oz 42x28 sm hajimli bo‟lib, ikkiga buklangan bo‟lishi kerak yoki ikkiga bo‟lib qirqilgan ro‟znoma (gazeta) bo‟lishi lozim.
Tabiatdan gerbariy tayyorlash uchun havo ochiq bo‟lgan kunlari quruq joylardan o‟simliklar yig`iladi, chunki nam tortgan o‟simliklardan tayyorlansa u tezda qorayib qoladi.
O‟simliklarning botanik nomlarini aniqlash uchun gerbariy yetilgan, sog`lom, vegetativ va generativ a‟zolari bor o‟simlik, iloji boricha ildizi bilan birga olinadi. Chunki ba‟zi oilalarni aniqlashda asosiy ko‟rsatkich belgilari muhim hisoblanadi. Masalan. Karamdoshlar, Ziradoshlar.
Agar olinadigan o‟simliklarning o‟rtacha kattaligi 20-25 sm bo‟lsa, bitta gerbariy varag`i uchun ikki, uch tupi, mayda o‟simliklardan esa gerbariy varag`i to‟ladigan qilib bir nechta tupi olinadi. Agar o‟simlik gerbariy varag`iga sig`maydigan darajada katta bo‟lsa, bir tupining ayrim qismlari: yuqorisidan (generativ a‟zoli qismlari) yer osti qismidan (ildiz va ildizpoyasi) va har - xil balandlikda joylashgan bargli poyaning bir qismi olinadi. O‟t o‟simliklarining ildizlari tuproqdan tozalanadi. Agarda o‟simlikning ildizpoyasi yoki piyozboshi bo‟lsa, ularni kesib qisman uzunasiga yupqa plastinka ko‟rinishda qirqib olinadi. Har bir o‟simlikdan 2-3 nusxa yig`ilishi lozim, chunki, yaxshisi ajratib olinadi.
Gerbariyni juda ehtiyotlik bilan to‟g`rilab, gerbariy qo`ozga joylashtiriladi va qo`ozning ikkinchi yarmi bilan yopib qo‟yiladi, uning ustiga boshqa turdagi
5

o‟simlik bor qo`oz varaq qo‟yiladi va shunday qilib o‟simlikning biror qismi gerbariy qo`ozdan chiqib qolmagan holda bir nechtasi taxlanadi va iskaja ora-siga qo‟yib siqib bog`lanadi.
O‟quv dala amaliyoti davrida gerbariy yig`ishda albatta tabiatni muhofaza qilishni esdan chiqarmaslk lozim. O‟simliklarni yig`ishda, barcha ishlarni bajar-ishda maqsadsiz harakatlar qilmaslik kerak, yig`iladigan o‟simliklar kerakli miqdorda olinishi lozim. Biror joyda kam uchraydigan o‟simliklarni ayrim hol-larda ilmiy maqsad uchungina teriladi.
Tabiatdan garbariy terishda to‟g`ri yorliq qilish katta ahmiyatga ega. Yor-liqqa oddiy qalam bilan o‟simlikning oilasi, turkumi, tur nomi, yashash va topil-gan joyi (viloyat, tuman va boshqalar) aniq ko‟rsatiladi. Shuningdek o‟simlik yig`ilgan kun va oy hamda gerbariy yig`gan shaxsning ismi va familiyasi yozib qo‟yiladi.


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə