O‘zbekisto



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə3/7
tarix22.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7
BOTANIKA HISOBOT

GERBARIY YORLIQLARINING NUSXASI

Gerbariy yorlig`ini tayyorlash uchun, daftar varag`i to‟rt bo‟lakka bo‟linadi va quyidagilar yoziladi:


I. Toshkent Davlat agrar universiteti q/x biotexnologiyasi va fitopаtologiyasi kafedrasi
II. Oilasining nomi: Rosaceae III. Turkumining nomi: Rosa
IV. O‟simlik turining nomi: Rosa canina L.
V. Yashash joyi: Тоsh DAU o‟quv tajriba xo‟jaligi VI. Terdi: Sh. Abdurasulov
VII. Aniqladi: A.Islamov
VIII. Terilgan vaqti: "__" _____ 2014 yil.

O’SIMLIKLARNI QURITISH

Quritiladigan o‟simlik gerbariylari iskanjaga (pressga) solib qo‟yiladi. Press 30x45 sm kattalikdagi ikkita ramkadan iborat bo‟lib, har bir ramkaga bir nechta sim tortiladi. Bu ramkalarning biriga bir necha bo‟sh qog`oz solinadi, buning ustiga o‟simlik joylashgan qog‟ozlar taxlanadi, bularning har birining orasiga 2-3 tadan bo‟sh qog`oz solinadi ramkalarning ikkinchisi ustiga qo‟yiladi.


O‟simlikning iskanjalash oldidan u yana bir marta ko‟zdan kechirilib, bukilib qolgan joylari to‟g`rilanadi. Agar qog`oz orasidagi o‟simlik juda serbarg bo‟lsa, barglar ustma-ust joylashgan bo‟lsa, bular orasiga ham qog`oz parchasi qo‟yiladi. Ba‟zan o‟simik barglarining bir qismini olib tashlashga to‟g`ri keladi, bunda uning olib tashlanganligi bilinib turishi kerak.
O‟simliklarni quritishda filtr qog`ozni ishlatish ma‟qul, maqsadga muvofiq keladi. Ammo betiga yelim surtilmagan o‟rov qog`ozidan yoki ro‟znomalardan
6

foydalansa ham bo‟ladi. Bu ishni bajarishda har bir o‟simlik yonidagi yorliqni tushib qolmasligiga alohida e‟tibor berish kerak.


O‟simliklarni tez qurishi uchun har bir iskanjadagi o‟simliklarni soni 30-35 tadan ortiq bo‟lmasligi kerak. Iskanjaga yuqorida ko‟rsatilgan tartibda tegishli miqdorda o‟simliklar qog`ozlarga taxlangandan keyin yana bir necha bo‟sh qog`oz solinadi va tasma ya‟ni ipchalar bilan mahkam siqib bog`lanadi. Agar iskanja tasmalarni qattiq tortib bog`lanmasa, o‟simliklarning bargi, guli va boshqa qismlari burishib quriydi. Shuning uchun siqib bog`lanadi. Iskanja ochiq havoga oftob tushadigan yoki yelvizak joyga qo‟yiladi. Quritish muddatini juda cho‟zib yubormaslik kerak, aks holda o‟simlik sarg`ayib qoladi. Iskanja kuniga bir marta yechilib, o‟simlik joylashgan qog`oz ko‟zdan kechirladi. Agar bular orasiga solingan qog`oz namiqib qolgan bo‟lsa, uni qurig`iga almashtiriladi. Is-kanjadagi o‟simliklar joylashgan qog`ozlarni ko‟ylak deb ataladi. Iskanjani yechib tekshirishda o‟simliklarni o‟z joyidan qo‟zg`atmaslik kerak, aks holda yaxshi qurishiga ulgurmasdan o‟simlik qismlari ezilib g`ijimlanishi mumkin.
O‟simliklarning yetarli darajada quriganligini quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi. Qurigan o‟simlik egilmaydi, mo‟rt bo‟lib qoladi. Bargi qurigan o‟simlikni ko‟ylagi va yorlig`i bilan birga iskanjadan asta-sekin olib saqlanadi-gan joyga qo‟yiladi.
O‟simlik gullaridagi ko‟k, binafsha, pushti ranglar asli holida saqlanishi uchun tez quritish kerak. Oq rangli gullar sekin quritilganda ham saqlanadi. Yo‟g`on poyali o‟simliklar, masalan ba‟zi soyabongulli o‟simliklarning poyasini, ildizini tikkasiga yorib, ikki pallaga ajratiladi va ildiz bo‟g`zida bargi bo‟lgan bir pallasi quritiladi. Piyozli o‟simlik ham shu xilda quritiladi. Sersuv poyali barcha o‟simliklarni quritishda poya va barg bandlari 2-6 sm oralatib, 1-2 sm uzunlikda tikkasiga tilib chiqiladi. Har bir o‟simlikka qo‟yilgan qog`oz al-mashtirilib turiladi.

Osimliklardan gerbariy yigish va tayyorlash uchun kerakli ji-hozlar quyidagi rasmlarda korsatilgan:

Gerbariy papkasi va quritish uchun mo’ljallangan 42x28 smli qogozlar
7

Botanikadan ekskursiya uchun zarur jihozlar:1-gerbariy yig‟ish uchun papka, 2- gerbariy uchun iskanja (press), 3-bog‟ pichog‟i, 4-sekator (tok qaychi).

Osimliklardan gerbariy tayyorlash qoidalari (korgazmali tarzda):

Juda uzun ekzemplyarlarni joylashtirish uchun o‟simlik poyasini barglari o‟lchamiga mos holda pastga yoki yuqoriga buki-ladi.
8

Agar gerbariy namunasida faqat bitta yirik gul bo’lsa, uni yopishtirish mumkin emas. Lekin gulni himoya qilish uchun yupqa qog’ozchadan foydalaniladi. Yupqa qog’ozchaning yuqori qismi gulga halaqit qilmaydigan qilib yupishtirib qo’yiladi. Agar gul shikastlanadigan bo’lsa bu gerbariy namunasi yaroqsiz hisoblanadi.

Baland bo‟yli osimlikni gerbariy qog’ozga joy-lashtirilgan namunasi.

Bittadan ortiq osimlik na-munalarini gerbariy qog’ozga joylashtirish:

O‟simlik namunalarini bir qatorga uchki qismini yu-qoriga qaratgan holda to‟g‟ri joylashtiring (1);
O‟simlik gerbariylarini joylashtirish vaqtida yirik va og’ir namunalarni qog‟ozning pastki qismiga qo’ying (2).
9

Mayda va kam sonli osimlik namunalarini gerbariy qog’ozga joylashtirish:

Gerbariy qog‟ozga mayda o’simliklarning bir nechta namunasini joylashtirish kerak;
Agar mayda o’simliklar soni ko‟p bo‟lsa, tanlangan namunalarining ortiqchasi gerbariy qog‟ozga yopishtirilgan qog‟oz qopchada saqlanadi;
Kam sonli mayda o’simliklarning
hammasi gerbariy qog‟ozdagi qopchada saqlanadi.

O‟simlik namunasidagi gullarni gerbariy qog‟oziga oldi va orqa to-mondan ko’rinarli qilib joylashtiri-ladi (iloji bo’lsa).

Zich o’sgan tuplardagi o‟simliklar mumkin qadar ehtiyot-lik bilan bir-biridan va ildizlarini tuproqdan shikaslamagan holda ajratiladi.
10

Tog‟ri va noto‟gri tasmalar qo‟yilgan o‟simlik namunalari. Tas-malar kalta bolishi va gul oqiga yopishtirilishi lozim. Yopishtirilgan tasmalar gul qismlariga halaqit bermasligi kerak.

Gerbariy setka namunalari va ularni bo’glash usuli.




Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə