O‘zbekisto



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə6/7
tarix22.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7
BOTANIKA HISOBOT

OZ- OZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR.

1. O‟simliklarni aniqlash uchun botanika fanining qaysi qismini yaxshi bilish lozim?


2. O‟simlik belgisi nima? 3. Teza va antiteza nima?
Tanishtruv amaliyoti davrida o‟simliklar bilan tanishish uchun quyidagi o‟simlik oilalaridan gerbariy yig`ish lozim.
1.G‟alladoshlar -Roaseae 2.Qiyoqdoshlar - Sureraseae 3.Lolaguldoshlar - Liliaceae 4.Gultojixo‟rozdoshlar- Amaranthaceae 5.Tutdoshlar - Moraceae
6.Toldoshlar - Salicaceae 7.Sho‟radoshlar - Chenopodiaceae 8.Ayiqtovondoshlar -Ranunculaceae 9.Chinniguldoshlar -Caryophyllaceae 10.Karamdoshlar - Brassicaceae 11.Ko‟knoridoshlar -Papaveraceae 12.Atirguldoshlar-Rosaceae 13.Dukkakguldoshlar-Fabaceae 14.Gulxayridoshlar-Malvaceae 15.Uzumdoshlar-Vitaceae 16.Soyabondoshlar-Apiaceae
16

17.Pechakdoshlar-Convolvulaceae 18.Kampirchopondoshlar-Boraginaceae 19.Labguldoshlar -Lamiaceae 20.Ituzumdoshlar-Solanaceae 21.Murakkabguldoshlar -Asteraceae 22.Qovoqdoshlar-Cucurbitaceae 23.Chinordoshlar-Platanaceae 24.Yong`oqdoshlar-Juglandaceae 25.Qayrag`ochdoshlar-Ulmaceae 26.Torondoshlar-Polygonaceae 27.Chirmovuqdoshlar-Suscutaceae 29.Shumg`iyadoshlar- Orobanchaceae



AGROFITOTSENOZNI ORGANISH

Yer sharida uchraydigan barcha o‟simlik turlari hech vaqt yakka holda hayot kechira olmaydi. Muayyan bir yerning o‟zida bir necha o‟simlik turlari o‟sayotganini ko‟rish mumkin.


Geobotanikaning ob‟ekti yakka uchraydigan bir tur bo‟lmasdan, balki muayyan bir yerda uchraydigan o‟simliklar guruhidir. Bu guruh o‟simliklar ja-moasi yoki fitotsenoz ham deb ataladi. Bir fitotsenozni ikkinchisidan farqlash uchun har bir jamoaning turlari tarkibi, turlar o‟rtasidagi sonlar va sifat mu-nosabatlari baland, pastligi (yarusligi), fizianomiyasi, davriyligi, yashash joyi o‟xshash, bir necha xususiyatlari e‟tiborga olinadi. Turlarning floristik tarkibi o‟rganilganda har bir turning va hukmron (dominat) turning yer yuzasini qoplash darajasiga alohida e‟tibor beriladi.
O‟simliklar jamoasiga quyidagi beligilar harakterlidir. a). Aniq turlar tarkibi:
b). Xarakterli tarkib va tashqi ko‟rinishi yoki fizianomiyasi (qiyofasi) tur qrtasidagi son va sifat munosabatlarida jamoada shu turlarning tarqalishi.
v). o‟simliklar jamoasi o‟rganilganda turlar o‟zaro bir-biriga nisbatan past-baland bo‟lib joylanishi ham o‟rganiladi. Bunga yarusli yoki qavatlik deyiladi. O‟simliklar jamoasi uni tashkil etuvchi turlarning mo‟lligi qoplam hayotiyligi yoki aspekt (mavsumiylik) va sinuziyasi bilan harakterlanadi.
Mo‟llik- bu ma‟lum maydondagi har bir turning miqdoridir. U shu turning xususiyatiga ekologik sharoitiga, turlar o‟rtasidagi munosabatlar va boshqa sa-bablarga bog`liqdir. Mo‟llik o‟rganilayotgan har bir tur individlari hisoblab chiqiladi, ammo ko‟pincha ko‟z chama usuli bilan hisoblanadi.
Bunda: 1. O‟simlik fon hosil qilganda juda ko‟p uchraydigan deyarli ko‟p uchraganda :
2.- bir oz ko‟p uchraganda: 3.-kamroq uchraganda:
4.- juda kam uchraganda:
5.-Yakka bir tup uchraganda qo‟yiladi.
17

Mo‟llik ya‟ni tur soni jamoasi shu turning ahamiyati to‟g`risida to‟liq tu-shuncha bermaydi, shuning uchun ham qoplami hisobga olinadi. Qoplam bu o‟simliklarning yer usti qismini maydon proeksiyasi. Bu ko‟z chama yo‟li bilan hisoblanadi. To‟liq qoplangan maydon yuz foiz deb olinadi.
Jamoada yoki ayrim yarusda hukumronlik qilgan tur jamoa dominanti yoki yarus dominanti deyiladi. Dominant tur o‟simliklari jamoasida, odatda katta maydonda va uni tur tarkibini hamda tuzilishini aniqlashda asosiy rol o‟ynaydi. Shuning uchun ham bunday tur edifikator deb ataladi.
Davriylik bu o‟simliklar jamoasidagi biror tur o‟simlikning holatidir. Davri-ylikni aniqlash vaqtida har bir turni qanday fazada ekanligi e‟tiborga olindi va fazalar quyidagicha belgilanishi mumkin.
Vegetatsiyadan gullash davrigacha, Gunchalash davri,
gullashning boshlanishi, to’liq gullash
gullash tugashi, ammo urug`lari pishmagan. Urug` mevalar pishib to’kilayotgan davr
Urug`lashdan keyin vegetatsiya yana davom etadi degan ma‟nolarni bildir-uvchi belgilar qo‟llaniladi.
Fizioanomiyasi deganda tekshirilayotgan o‟simliklar jamoasining yoki, uni tashkil qilayotgan har bir turning ko‟zga tashlanish holati va darajasi tu-shuniladi.
Aspekt yoki davriylik-bu yil davomida o‟simlik jamoasining qiyofasi o‟zgarib turishidir. Aspektlarning yil davomida o‟zgarib turishiga jamoaning strukturasi ham ta‟sir ko‟rsatadi. Masalan: sernam pichanzor o‟ta yashil aspek-tga ega bo‟ladi. So‟ngra ertaki ayiqtovonlar gullaganda aspekt yashil sariq rang-ga kiradi.
Fitotsenoz o‟rganilganda uning sinuziyasi ham o‟rganiladi.
Sinuziya deganda jamoaning tashkil etishda qatnashayotgan turlarning hayot shakllari bo‟yicha xilma-xilligi tushuniladi. Masalan: pastki yaruslarni tashkil etishda gulli o‟simliklarning o‟tsimon vakillaridan tashqari sporali o‟simliklar ham ishtirok etishlari mumkin.
Tirik tabiatning davriy o‟zgarishi va ularning tabiiy omillari bilan aloqasini o‟rganish fenologiya deb ataladi?
O‟simliklarni rivojlanishini kuzatib borish, fenologiya masalan: daraxtlarda kurtaklarning yozila boshlashi va yozilib tamom bo‟lishi, barglarning hosil bo‟lishi, gulkurtaklarning (g`uncha) ochilishi, urug` va mevalarning pishishi, urug`larning tuzilishi va hakozolari o‟rganiladi.
G‟alladoshlarda esa maysaning paydo bo‟lishi, nay tortishi, boshoq tortishi, gullashi, sut va mum davrida urug`larning pishishi fazalariga ajratiladi.
Agrofitotsenozlardagi o‟simliklar turining zichligi (qalinligi) urug` sepish normasiga agrotexnikaga, o‟simlikning biologik va ekologik xususiyatiga, shun-ingdek begona o‟tlar bilan zararlanishiga bog`liq. Bunda o‟simliklarning ko‟payishiga ham e‟tibor beriladi.
18

Agrofitotsenozdagi o‟simliklarning zichligiga qarab yorug`lik, issiqlik, suv va havo rejimi, oziqlanishi har xil bo‟lishi mumkin. Bu esa maydondagi ma-daniy o‟simliklarning hosildorligiga ta‟sir ko‟rsatadi.


Har bir tur uchun xos optimallik bo‟lib, bunda o‟simlik yaxshi o‟sib rivojla-nadi, noqulay sharoitlarga chidamli bo‟ladi. Agrofitotsenozdagi o‟simliklarning zichligini bilish uchun ma‟lum maydondagi barcha o‟simliklar hisoblanadi. Buning uchun 50x50 sm yoki 1 m2 dagi o‟simliklar hisobiga olinadi va daftarga yozib boriladi.


O‟simlik nomi va guruhi
Maydonchadagi o‟simliklar soni
"№11 №2 №3 №4 №5
O‟simliklarning o‟rtacha soni

Agrofitotsenozlardagi o‟simlik turlarini hisobga olish 1,10 yoki 100 m2 (10x10) maydonchalarda olib boriladi. Maydonchalarning 4 burgachiga qoziqcha qoqilib ip tortiladi



Izoh berishdan avval xo‟jalikdan shu maydondagi olib borilgan ishlar, ya‟ni maydoni qachon o‟zlashtirilgani, qanday o‟simliklar ekilgani, agrotexnikasi, qanday mineral, organik o‟g`itlar berilgani. Tuproqni ishlash sxemasi va shuga o‟xshash ma‟lumotlar olinishi lozim.



Xulosa

Amaliyot davomida barcha mavzular bo‘yicha barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqdim va amaliy jihatdan o‘rgandim.
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, ushbu amaliyot davrida universitetda o‘rgangan bilimlarimni o’rganib sinab ko’rdim labaratoriya ishi juda qiziqarli soxa bu soxada ko’p narsalar bilan tanishiladi men shu 1 haftalik amaliyotda juda ko’p narsalarni o’rgandim masalan Ravshanova Umida ustoz boshchiligida labaratoriya o’tkazganimizda juda qiziqarli va ko’p narsalarni o’rgandim men bu sohada o’qiganimdan bag’oyat xursandman men o’z kasbim bilan faxirlanaman yana ko’p narsalarni o’rganishga davom etaman.
\


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə