O‘zbekiston bayrog‘i doim sarbaland!



Yüklə 29,84 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü29,84 Kb.
#81293
  1   2
10-mavzu


O‘zbekiston bayrog‘i doim sarbaland!

Umuman olganda, dunyoda ikki yuzga yaqin davlatlar mavjud. Har bir mamlakat o'z ramzlariga ega: gerb, bayroq, madhiya. Bayroq va gerb odamlarni birlashtiradigan timsolga aylangan. Hilpirab turgan bayroq odamlarda birdamlik, tuygʼular va hissiyotlar mushtarakligini ifodalab, ularga oʼzgacha shukuh bagʼishlaydi.

Oʼzbekistonning gerbi, bayrogʼi va madhiyasi bizni hammamizga tug'ilganimizdan boshlab tegishli boʼlib, avloddan avlodga oʼtib kelayotgan gʼururimiz hisoblanadi hamda ularning oldida bosh egamiz.

Davlat bayrogʼi - Prezident Аdministratsiyasi, Oliy Majlisi va boshqa davlat boshqaruvi idoralari va Oʼzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari binosi ustida hilpirab turibdi. Davlat tadbirlari, bayramlar arafasida bayroq maydonlar, muassasalarda yuksaklarga koʼtariladi, oliy martabali mansabdor shaxslarning transport vositalarida va ular ishtirokidagi rasmiy tadbirlarda foydalaniladi. Oʼzbek sportchilari Jahon chempionatlari va Olimpiada oʼyinlarida gʼalaba qozonsa, ularning sharafiga davlat madhiyasi yangraydi va bizning davlatimiz bayrogʼi koʼtariladi.

18 noyabr kuni Davlat bayrogʼi qabul qilinganligi munosabati bilan butun respublikamiz boʼylab bayram tadbirlari oʼtkazib kelinmoqda. Bugun viloyat va shaharlar oʼzining aholisi uchun boy madaniy-tarixiy dasturlar taqdim etmoqda. Jumladan, mustaqillik ruhini koʼtarish uchun turli viloyatlar va poytaxtimiz Toshkent shahrida milliy bayrogʼimizning ustunlari oʼrnatilmoqda. Masalan, Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan poytaxtning Bektemir tumanida davlat bayrogʼining baland ustuni oʼrnatiladigan tantanali tadbir boʼlib oʼtadi.

Bularning barchasi mamlakatimizda davlat ramzlari va ularni himoya qilishga katta e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi, chunki davlat bayrog'i mamlakatning muhim timsolidir. U mamlakat ichida ham, undan tashqarida ham himoyalanishi kerak. Uning haqoratlanishi xalq va davlat shaniga qilingan haqorat sifatida baholanadi, chunki O'zbekistonning Davlat bayrog'i g'ururimiz, bizning muqaddas Vatanimiz mustaqilligi va buyukligining timsolidir.

Davlat bayrogʼi bizning ulkan Vatanimizning qiyin taqdiri, shonli o'tmishini ifodalaydi hamda uni himoya qilish -har bir fuqaroning burchidir!


Yüklə 29,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə