O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari, tarif paketlari va opsiyalar. Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari



Yüklə 236,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.02.2023
ölçüsü236,65 Kb.
#101350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari



 
O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif 
rejalari, tarif paketlari va opsiyalar. 
Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari. 
Agar muayyan Tariflarning, jumladan Tarif paketlarining, Tarif opsiyalarining va Qo'shimcha 
xizmatlarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lmasa, Tarifikatsiyaning 
quyidagi prinsiplari amal qiladi: 
• 
Tariflar faqat aloqa xizmatlaridan shaxsan foydalanish maqsadida foydalanuvchi jismoniy 
shaxslar uchun amal qiladi; 
• 
Barcha Tariflar so'mda QQSni hisobga olgan holda ko'rsatilgan; 
• 
Xizmatlar avans to'lovi orqali to'lanadi (agar muayyan Xizmat yoki Tarif tavsifida boshqasi 
ko'zda tutilgan bo'lmasa). Avans to'lovining minimal summasi 
– 10 000 so'm. 
• 
Hisob-kitob davri tanlangan Tarifga qarab 30, 90, 180, 360 kalendar kuniga, agar Tarifda 
belgilanmagan bo'lsa, 30 kalendar kuniga teng bo'lishi mumkin. Hisob-kitob davri Mijoz har 
qanday Tarifga ulangan vaqtdan boshlanadi, Tarif paketiga ulanganda Hisob-kitob davri 
qaytadan kecha boshlaydi.
• 
Narxlar tarifikatsiya birligida ko'rsatilgan. 
• 
Qo'ng'iroqlarning tarifikatsiya birligi 
– 1 daqiqa, qo'ng'iroqlarni hisobga olish va 
tarifikatsiya qilish daqiqabay hisoblanadi, tarifikatsiyaning to'liq bo'lmagan birligi narxi 
tarifikatsiyaning to'liq birligi narxiga teng. 
• 
Ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 1 b'dan hisoblanadi. Mobil ilovada ma'lumotlarni 
uzatish trafigi hajmi 0,1 GB'gacha yaxlitlangan holda aks etadi. 
• 
SMS/MMS'larning Tarifikatsiya birligi 
– dona. 
• 
O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lganda Provayderning axborot-ma'lumot tizimi 
raqamlariga qilingan qo'ng'iroqlar va jo'natilgan SMS'lar, shuningdek «HUMANS.uz» ilovasi va 
«humans.uz» sayti trafigi uchun pul to'lanmaydi. 
• 
Provayder Shartnoma tuzilishida to'lov qilinishi kerak bo'lgan, Xizmatlar uchun oldindan 
to'lov (avans) sifatida baholanadigan summalarni belgilashga haqli.


Har bir Tarifning narxiga quyidagilar kiritilgan: 
• Humans.uz sayti, Humans ilovasi, shuningdek AppStore, GooglePlay (Ilovani yuklash 
maqsadida) ilovalar do'konidan foydalanish maqsadida 48 soat Mobil internetdan maksimal 
tezlikda foydalanish imkoni. Ushbu imkoniyatlar Mijozga ilk marta faollashtirilgan SIM-karta 
uchun har qanday Tarif paketini birinchi marta ulaganida taqdim etiladi. 
• Bank va to'lov tashkilotlarining rasmiy ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoni: 
ro‘yxat
  
O'zbekiston Respublikasining tashqarisida kirish va chiqish qo' ng' iroqlari, SMS va Mobil 
Internetga 
rouming uchun tariflarga
 muvofiq, xalqaro chiqish qo'ngiroqlari, SMS'larga - 
xalqaro 
qo'ng'iroqlar uchun tariflarga
 muvofiq to'lov qilinadi 
Qisqa raqamlarga kirish va chiqish qo'ng'iroqlari va SMSlar 
alohida tariflar
 bo'yicha qo'shimcha 
ravishda to'lanadi. Agar Qisqa raqamlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish tariflarida 
boshqasi ko'zda tutilgan bo'lmasa, Tarifikatsiyaning umimiy prinsiplari, shuningdek 
Qisqa 
raqamlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish qoidalaridagi nizomlar
 hamda 
Humans 
aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartlari qo'llaniladi

Agar quyidagi shartlar bajarilgan holatda: 
a) mijoz ketma-ket 32 yoki undan ortiq kalendar kuni davomida pullik Xizmatlardan 
foydalanmasa; 
b) ketma-ket 32 yoki undan ortiq kalendar kun davomida Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idan 
hech qanday hisobdan o'chirish bo'lmasa; 
c) Mijozda ulan
gan Tarif paketi yoki Opsiyasi mavjud bo‘lmasa, istalgan tarifda kuniga 400 so‘m 
abonent to‘lovi yechib olinadi. Abonent to‘lovi har kuni Shaxsiy hisobdagi qoldiq nolga teng 
bo‘lgunga qadar yechib olinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan abonent to‘lovining yechilishi pullik 
Xizmatdan foydalanish yoki yuqoridagi a) va b) kichik bandlarida ko‘rsatilgan Mijozning Shaxsiy 
hisobi balansidan yechib olish hisoblanmaydi. 

Yüklə 236,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə