O’zbekiston Koreya Xalqaro Universiteti Internet va axborot kommunikatsiyasi fakulteti



Yüklə 22,03 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü22,03 Kb.
#113862
halilillox

O’zbekiston Koreya Xalqaro Universiteti


Internet va axborot kommunikatsiyasi fakulteti
1-A guruh talabasi
Ubaydullayev Halilillox

Mavzu: Sifat so`z turkumi


Reja:

  1. Sifatning grammatik xususiyatlari.

  2. Sifatlarning ma’no turlari.

  3. Sifatlarda daraja.

Sifatlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
Xulosa
Ot so`z turkumiga bog`lanib, uning belgisini bildirgan so`z turkumi sifat deyiladi.
Masalan:
yashil vodiy
mehribon do`st
yovvoyi hayvonlar
kechki ta’lim
uzoq masofa.
Sifat quyidagi ma’no turlariga ega:
1. Xarakter- xususiyat bildiruvchi sifatlar: muloyim, jahldor, vaysaqi, mulohazali.
2. Holat bildiruvchi sifatlar: xo`l, xom, o`rtahol, boy.
3. Hid bildiruvchi sifatlar: muattar, sassiq, qo`lansa, xushbo`y.
4. Maza-ta’m sifatlari: sho`r, achchiq, chuchuk, shirin.
5. Hajm- o`lchov bildiruvchi sifatlar:
tor, keng, og`ir, yengil.
6. Shakl- ko`rinish bildiruvchi sifatlar:
yumaloq, pakana, pastqam, naynov.
7. Rang- tus bildiruvchi sifatlar: oq, yashil, sabzirang, jigarrang.
8. O`rin bildiruvchi sifatlar: ichki, tashqi, oraliq, pastgi.
9. Payt bildiruvchi sifatlar: chillaki, yozgi, ertalabki, kechki.
10. Masofa bildiruvchi sifatlar: uzoq, yaqin, olis.
Sifat darajalari
Belgining ortiq- kamligi jihatdan farqlanishi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari 4 xil bo`ladi:
Oddiy
Ozaytirma
Qiyosiy
Orttirma
Hech qanday belgiga qiyoslanmagan, belgining me’yorda ekanligini bildiradigan, boshqa belgilar uchun asos bo`lib keladigan daraja oddiy daraja deyiladi.
Masalan:
egri chiziqlar
qiziqarli kino
kechki ovqat
Ozaytirma daraja.
Belgining boshqa belgidan kamroq ekanligini bildiradi yoki kamaytirib ko`rsatadi. 2 xil usulda hosil bo`ladi:
1. Morfologik usul: -ish, -g`ish, -mtir, -imtir qo`shimchalari orqali hosil qilinib, asosan rang- tus bildiruvchi sifatlarga qo`shiladi.
Masalan: oqish, sarg`ish, ko`kimtir, oqimtir.
2. Kompozitsion usul: sifat oldidan hiyol, picha, ozgina, sal kabi so`zlarni keltirish orqali hosil bo`ladi.
Hiyol uzoq
Picha sho`r
Ozgina qiyshiq
Sal oriq
3. Qiyosiy daraja.
Belgini boshqa belgiga qiyoslab ko`rsatadi. Birgina -roq qo`shimchasi orqali hosil bo`ladi.
Masalan:
kichikroq
ayyorroq
balandroq
chuqurroq
Orttirma daraja.
Belgining boshqa belgidan kuchliligini va ortiqligini ko`rsatadi. 4 xil usul bilan hosil bo`ladi:
1. Affiksal (morfologik) usul. So`zlarning birinchi bo`g`inidan qo`shimcha hosil qilish orqali yasaladi:
Sap- sariq, yam- yashil, soppa-sog`, tuppa-tuzuk, yum-yumaloq, pak-pakana
Orttirma daraja.
Belgining boshqa belgidan kuchliligini va ortiqligini ko`rsatadi. 4 xil usul bilan hosil bo`ladi:
1. Affiksal (morfologik) usul. So`zlarning birinchi bo`g`inidan qo`shimcha hosil qilish orqali yasaladi:
Sap- sariq, yam- yashil, soppa-sog`, tuppa-tuzuk, yum-yumaloq, pak-pakana
3. Fonetik usul.
Tovushni cho`zish yoki urg`u orqali ta’kidlab aytish orqali hosil qilinadi:
Masalan:
Uzuuun ertak
Balaaand bino
Kaaatta tort
Seeemiz odam
Yüklə 22,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə