O’zbekiston republikasi


- ilova. Taqdimot reglamentini o’tkazish tartibi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə29/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

3- ilova.
Taqdimot reglamentini o’tkazish tartibi
1. Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarin e’lon qiladi.
2. Ma’ruza 5 minut davom etadi.
3. Taqrizchi – 2 minut.
4. Jamoaviy muhokama – 5-10 minut.
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar.
Men” – konsepsiya – individning o’z shaxsi haqidagi nisbatan turg’un, anglangan, boshqalar bilan munosabatlarni tashkil etishga asos bo’ladigan tasavvurlari. U o’spirinlik davrida turli,rang-barang ko’rinishli va intensiv shakllanish davrini boshdan kechiradi.
Do’stlik – o’spirinlik yoshida intensiv rivojlanuvchi mustahkam, individual tanlov asosidagi shaxslararo munosabatlardir. O’spirinlarda bu hissiyot o’zaro “yozib qo’yilmagan” kodekslarga asoslanadi. Do’stlikning barqarorligi esa qadriyatlar oriyontasiyasining bilimi bilan belgilanadi.
Qiziqishlar xaritasi – ye.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan psixologik metodika.



O`spirinlarning jismoniy taraqqiyoti
Ilk o’spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar mansubdir. Ularda bo’yning o’sishi o’smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda, o’g’il bolalarda 17-18 yoshda bo’yning o’sishi to’xtaydi. O’spirnilarda muskul kuchining o’sishi katta odamnikiga yaqinlashadi. Sportning ko’pgina turlarida o’spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir.





O`spirinlarning ijtimoiy holati.
O’spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega bo’ladi. O’spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi – kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab o’quvchisi bo’lishdan tashqari kollejda o’qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba’zilari bir vaqtning o’zida ham o’qib, ham ishlaydilar.



O`spirinlarning psixologik xususiyatlari
Eng muhim psixologik xusuisyati – o’z ichki dunyosini kashf etadilar. Ular o’zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy baholay oladilar. Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon hissi, o’z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir. Umuman, o’z-o’zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir. Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo’lishi mumkin. O’spirin kechinmalarida asosiy o’rinni kelajak haqidagi o’ylar egallaydi.
O’spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o’zining tashqi ko’rinishi haqidagi o’ylardir. Juda ko’pchilik o’spirinlar o’z tashqi ko’rinishini o’zgartirishni xohlagan bo’ladilar. Tashqi ko’rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko’tariladi. Umuman, refleksiyaning o’sishi, o’z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o’spirinlarga xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo’lib, o’tkinchi xarakterga ega, umuman olganda o’spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi. O’spirinlarda refleksiyaning kechishi ko’pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga bog’liqdir.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə