Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/93
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180584
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

troubleshooting
) va turli hodisalarni tekshirishda eng kuchli 


120 
uskunalardan biri hisoblanadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin, 
masalan: Marshrutizatorga kirishga nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar 
sodir boʻldi? Qachon VPN-tunnelga hujum amalga oshirildi? 
Qurilmaning qayta yuklanganidan berli qancha vaqt oʻtdi va bu 
elektrning oʻchishi bilan bogʻliqmi? Konfiguratsiyada oxirgi 
oʻzgartirish qachon amalga oshirildi? Ushbu va boshqa koʻplab shu 
kabi savollarga biz faqat loglarga murojat qilgan holda javob 
topishimiz mumkin. 
Loglash (
logging
) amalda sizning tarmogʻingizda sodir boʻlgan 
hamma narsani koʻrish imkonini beradi. Barcha qurilmalarni real vaqt 
rejimida kuzatib borish mumkin emas, ayniqsa hodisalar tunda sodir 
boʻlsa, tarmoq esa oʻnlab kommutatorlar va marshrutizatorlardan 
tashkil topgan boʻlsa. Bundan tashqari, loglarni davriy ravishda koʻrib 
chiqish kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning 
oldini olishga yordam beradi. 
Afsuski, Cisco (va boshqa ishlab chiqaruvchilar) ning tarmoq 
qurilmalari loglar uchun juda cheklangan joyga (bufer) ega, bu oʻz 
navbatida loglarda aks etishi mumkin boʻlgan vaqt oraligʻiga ta’sir 
qiladi. Bufer hajmi tugagandan soʻng, eng eski loglar oddiygina 
oʻchiriladi. Bundan tashqari, qurilma qayta yoqilganda, loglar qayta 
tiklanmaydigan koʻrinishda yoʻqoladi. Ushbu muammolarni hal qilish 
uchun Log-serverlaridan foydalaniladi. 
Loglarni yigʻish usullari. 
Cisco qurilmalaridan (va boshqa 
ayrim qurilmalardan ham) loglarni yigʻishning 6 usuli mavjud. Ularni 
koʻrib chiqamiz: 
1) 
Console Logging
– Xabarlarni konsolga chiqarish. Ushbu 
usul avtomatik ishlaydi va logni toʻgʻridan-toʻgʻri qurilma konsoliga 
chiqaradi. 
2) 
Buffered Logging
– Qurilma buferiga, ya’ni RAM xotirasiga 
loglarni saqlash. 
3) 
Terminal Logging
– loglarni terminalga chiqarish, ya’ni 
Telnet yoki SSH seanslari uchun. 
4) 
Syslog сервер
– Syslog protokoli yordamida loglarni 
markazlashtirilgan yigʻish. 
5) 
SNMP 
Traps
– SNMP protokoli orqali loglarni 
markazlashtirilgan yigʻish. 
6) 
AAA
– Accounting ni ishlatish. Qurilmaga ulanish va 
buyruqlarni kiritish bilan bogʻliq yigʻish. 


121 
Usullarning har biri oʻzining afzalliklari va kamchiliklariga ega, 
shuning uchun ularni birgalikda ishlatish kerak. Quyida ushbu 
usullarning ayrim jihatlarini koʻrib chiqamiz. 
Loglash darajalari. 
Biroz yuqoriroqda, biz loglar xronologik 
tartibdagi barcha voqealarning yozuvlari deb xulosa qildik. Ammo 
voqea deganda nimani tushinish kerak? Bularning barchasi loglash 
darajasiga bogʻliq. Loglarda qanday ma'lumot koʻrsatilishi kerakligini 
aynan ushbu darajalar aniqlaydi. Jami 8 ta loglash darajasi mavjud: 
0 - Emergencies
. Tizimning ishlamasligi bilan bogʻliq 
hodisalar. 
1 - Alets
. Darhol chora koʻrish zarurligi toʻgʻrisida xabarlar. 
2 - Critical
. Muhim voqealar. 
3 - Errors
. Xatoliklar haqida xabarlar. 
4 - Warnings
. Ogohlantirishlarni oʻz ichiga olgan xabarlar. 
5 - Notifications
. Muhim bildirgilar. 
6 - Informational
. Axborot xabarlari. 
7 - Debugging
. Nosozliklarni tuzatish xabarlari. 
Ushbu darajalar irsiydir, ya'ni 7-darajani tanlab, siz barcha 
darajadagi xabarlarni qabul qilasiz (0 dan 7 gacha), va 3-darajani 
tanlaganingizda – faqat 0 dan 3 gacha. Loglash darajasini 
ehtiyotkorlik bilan oshiring, chunki bu daraja qanchalik baland boʻlsa, 
protsessorga yuklama shuncha ortadi. Masalan, agar marshrutizator 
orqali "katta" trafik oʻtayotgan boʻlsa va protsessor allaqachon katta 
yuklama ostida boʻlsa, u holda 7-darajani (Debugging) yoqsangiz siz 
shunchaki qurilma ustidan nazoratni yoʻqotishingiz mumkin. 
Korporativ tarmoqlarda loglashning 6-darajasi (Informational) 
koʻpincha qoʻllaniladi. 7-daraja (Debugging) odatda nosozliklarni 
qidirishda (troubleshooting) ishlatiladi, masalan, VPN tunnelini qurish 
bilan bogʻliq muammolarni aniqlash uchun. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə