O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Shaxsiy kompyuterlarni sinovdan o’tkazish va muammoni bartaraf etish



Yüklə 90,14 Kb.
səhifə14/32
tarix28.11.2023
ölçüsü90,14 Kb.
#133141
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot -fayllar.org

Shaxsiy kompyuterlarni sinovdan o’tkazish va muammoni bartaraf etish
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish usullariga doimo katta e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib, o'rganish katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo'qotish usullariga doimo katta e'tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo'yicha axborotlarni umumlashtirib, o'rganish katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning noto'g'ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo'lishi mumkin. Agar kompyuter umuman ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi aniq bo'lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday imkoniyat bo'lmasa, tekshirmoqchi bo'lgan barcha detallarni olib, do'stingiz yoki qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o'z detallaringizni navbat bilan almashtirib ko'rib, buzilgan detalni osongina topish mumkin. To'xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo'ladi. Shunday holatlarda kompyuter o'zidan-o'zi "to'xtab qolishi", yuklanishi yoki ekrani moviy rangli bo'lib qolishi mumkin.
Agar kompyuter tez-tez qotib qoladigan bo'lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta'minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo'shimchalarda) xato yuz bergan bo'lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitorning dasturlarini biridan foydalanish kerak bo'ladi. Shundan keyin eng ko'p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitorni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo'shimcha sovitish manbai kiritish to'g'risida o'ylang. Agar hammasi joyida bo'lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo'lsa, quvvat manbai blokiga e'tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo'lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko'rasiz. Aytib o'tilgan "brendlarning" mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o'tkazish metodikasini ham o'rganib qo'ygan ma'quldir.
O'rnatilgan dasturiy ta'minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari, qo'shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o'rnatilgandan so'ng qotib qoladigan bo'lib qolsa, unda avvaliga uni o'chirib tashlab sinab ko'rish kerak. Juda bo'lmaganda tizimni qayta o'rnatish zarur bo'ladi. Bundan tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo'lishi kerak. Ba'zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o'ylab, yaxshilab qayta yig'ish ham yordam beradi. Juda og'ir holatlarda unchalik zarur bo'lmagan barcha komponentlarni - tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo'shimcha qurilmalarini o'chirib qo'yish ham juda foydali bo'ladi.

Yüklə 90,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə