O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot xavfsizligini ta’minlash kafedrasi



Yüklə 44,46 Kb.
səhifə1/4
tarix23.06.2022
ölçüsü44,46 Kb.
#89982
  1   2   3   4
Eljahon




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot xavfsizligini ta’minlash kafedrasi

BMI amaliyoti bo`yicha




HISOBOT

Amaliyot o`tash joyi: “Wasaf Int Solustion” M CH J.


711-18 guruh talabasi


Bajardi: Nomo’minov Eljahon
Tekshirdi: Fayziyeva D. S.

Toshkent – 2022.



Mundarija.

1.

Kirish…………………………………………………………………

3

2.

Axborot xavfsizligi insidentlari …………………….

5

3.

Axborot xavfsizligini insidentlarini boshqarishning normativ bazalari

7

4.

SIEM tizimlarining tahlili …………………………………………

10


5.

Xulosa………………………………………………………………..

13

6.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………….......

14


KIRISH
Butun dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalari va juda tezlik bilan rivojlanishi natijasida bir necha yuzlab yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Har bir yaratilgan imkoniyat jamiyatdagi barcha insonlar uchun foyda keltirishi bilan bir qatorda ularni yaratilgan imkoniyatlardan to‘g’ri foydalanishi uchun axborot texnologiyalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlarini talab etadi. Chunki yaratilgan imkoniyatlardan hamma ham bir xil ezgu maqsad yo‘lida foydalanmasligi mumkin. Shuning uchun axborot texnologiyalari foydalanuvchilarining barchasidan axborot xavfsizligi bo‘yicha hech bo‘lmaganda boshlang’ich bilimga ega bo‘lishi kerak. Agar foydalanuvchi o‘zining shaxsiy tarmog’idan foydalangan holda biror bir xatolikka yo‘l qo‘ysa zarar kata qismi o‘z zimmasiga tushadi, lekin foydalanuvchu tashkilot tarmog’idan foydalangandan aynan shunday xatolikka yo‘l qo‘ysa unda zararni tashkilot ko‘radi. Axborot xavfsizligi mutaxassislariga ma’lumki axborot xavfsizligini (AX) boshqarish siyosati va vositalari o‘z holicha axborot, axborot tizimlari, xizmatlari yoki tarmoqlarini to‘liq himoya qilinishini kafolatlamaydi. Boshqarish vositalari amalga oshirilgach, zaifliklar yuzaga kelishi va ular AX samaradorligi pasayishiga va AX insidentlari sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur holat tashkilotning biznes-jarayonlariga bevosita va bilvosita salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, oldin identifikatsiya qilinmagan yangi turdagi xavflar paydo bo‘lishi muqarrar. Tashkilot bunday insidentlarni hal qilishga etarli darajada tayyor bo‘lmasligi ularga nisbatan javob choralari etarlicha samarali bo‘lmasligiga olib keladi va tashkilot faoliyatiga potentsial salbiy ta’sirni kuchaytiradi. Oqibatda samarali AX dasturidan manfaatdor bo‘lgan har qanday tashkilot quydagilarga etiborini kuchaytiradi:
- AX insidentlarini aniqlash, ular bo‘yicha hisobot tuzish va baholashga;
- AX insidentlariga nisbatan chora ko‘rish, shu jumladan insidentlarning oldini olish, kamaytirish va noxush oqibatlaridan so‘ng tiklanish uchun tegishli vositalarni ishga tushirishga;
- AXdagi zaifliklarni baholash va yechimini topish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ular bo‘yicha hisobotga;
- AX insidentlari va zaifliklaridan dars olish, oldini oluvchi boshqaruv vositalarini joriy etishga strukturalangan va rejalashtirilgan yondashuvga ega bo‘lishi va AX insidentlarini boshqarishga umumiy yondashuvni takomillashtirishi lozim.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022 - 2026 yillarga muljallangan yangi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha taraqqiyot strategiyasi” to’g’risidagi PF-60-sonli, 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohsasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-5349-sonli farmoni axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo’lib kelmoqda:
Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish. 1. 2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish.
Bunda, “UZ” domen zonasi Internet-makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlarini va muhim axborot infratuzilmasiga taalluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalarni belgilash.
2. Kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish.
3. Axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish.

Yüklə 44,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə