O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi Sanoat va qurilish korxonalari faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Korxona pasportini elektron taqdim etish tizimi. Foydalanuvchi uchun qo’llanma Toshkent 2017



Yüklə 81,16 Kb.
tarix31.08.2018
ölçüsü81,16 Kb.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi

Sanoat va qurilish korxonalari faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Korxona pasportini elektron taqdim etish tizimi.

Foydalanuvchi uchun qo’llanma

Toshkent 2017

Оглавление


Kirish 3

Ishni boshlash 3

Ro’yhatdan o’tish 4

Shaxsiy kabinet 5

Profilni o’zgartirish 7

Pasportni to’ldirish 7




Kirish


Korxona pasportini elektron taqdim etish tizimi (keying o’rinlarda – Tizim «Elektron pasport ») Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 yanvardan 11-sonli « Sanoat korxonlari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi»qaroriga muvofiq, Sanoat va qurilish korxonalari faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, analitik-axborotga asoslanib ishlab chiqarish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish hisobiga ulardan yanada samarali foydalanish ,hamda korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida yaratilgan.

Ishni boshlash


«Elektron pasport» tizimi internet tarmog’ida https://passport.stat.uz ushbu adresda mavjud.

Tizmi kross-brauzerlikni qullab quvvatlaydi, ammo Mozilla Firefox (20-versiya va undan yuqori) yoki Chrome (24-versiya va undan yuqori) brouzerlarni ishlatish tavsiya qilinadi.



Pasportni to’ldirishdan avval siz tizimda ro’yhatdan o’tishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun siz Avtorizasiya sahifada Ro’yhatdan o’tish tugmasini bosishingiz kerak. (1-rasm)



1-rasm Avtorizasiya sahifasi
Keyingi sahifada korxonangiz OKPOsi yoki INNsini kiriting va rasmdagi simvollarni kiritib «Qidirish » tugmasini bosing. (2-rasm)



2-rasm Tashkilotni qidirish sahifasi

Tizim korxonangizni Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 yanvardan 11-sonli qaroriga muvofiq talablarga javob beradigan Korxonalar ro’yhatidan qidiradi.

Agarda sizning korxonangiz ro’yhatda topilsa sizga ro’yhatdan o’tish formasi ochiladi.

Agarda sizning korxonangiz ro’hatda bo’lmasa siz pasportni to’ldirmaysiz. Aniqlik kiritish maqsadida siz statistika organlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Ro’yhatdan o’tish


Ro’yhatdan o’tish formasida (3-rasm) Siz quyidagi ma’lumotlarni kiritishingiz shart (barcha ma’lumotlar majburiy kiritilishi shart):

Login


Parol

Parolni takrorlash

Elektron pochta manzili

Familiya


Ismi

Otasining ismi

Mansabi



3-rasm Royhatdan otish formasi

Avtomatik ro’yhatdan o’tishni oldinni olish maqsadida tizim elektron pochtaga aktivasiya kodi bilan xat jo’natadi.

O’zingizning учетной записи ningizni aktivlashtirganingizdan kegin, login va parolingiz orqali tizimda avtorizasiyadan o’tishingiz mumkin.Avtorizasiyadan kegin siz Shaxsiy kabinetingizga o’tasiz.

Shaxsiy kabinet


Foydalanuvchining shaxsiy kabineti pasportni to’ldirishni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (4-rasm). Shaxsiy kabinetda bo’lganingizda siz yangi pasport yaratishingiz mumkin bo’ladi,

4-rasm Shaxsiy kabinet

c:\users\f.suvonov\desktop\безымянный.png

va pasportni ko’rish va unga o’zgartirish kiritishingiz mumkin (4.1-rasm)



4.1-rasm

Pasportni ko’rib chiqish uchun jo’natish mumkin (to’rtburchakni belgilab «Yuborish» tugmasini bosing).



4.2-rasm

Pasportingiz ko’rib chiqilgandan so’ng (4.3-rasm), sizning shaxsiy kabinetingizga xabarnoma keladi. Agarada sizning pasportingiz qabul qilingan bo’lsa siz uni dastlabki ko’rinishga kirib PDF formatida yuklab olishingiz mumkin. (4.4-rasm)



4.3-rasm



4.4-rasm

Agarda sizning pasportingiz qabul qilinmagan bo’lsa sizga xatolar eslatmasi keladi uni siz yuklab olishingiz mumkin va pasportingizga o’zgartirish kiritishingiz mumkin. (4.4-rasm)




Profilni o’zgartirish


Foydalanuvchining ma’lumotlarini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz tugmasini bosing.

Agarda siz parolingizni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz tugmasini bosing.


Pasportni to’ldirish


Pasportni yaratish uchun shaxsiy kabinetda «Pasportni yaratish» yaratishni bosing.Tashkilotning turiga qarab (sanoat yoki qurilish) formasi ochiladi.

Pasportni toldirish Sanoat va qurilish korxonalari faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, korxona pasportining namunaviy shaklini to’ldirish metodologiyasiga asoslangan holda bo’ladi.

Identifikatsiya kodilari OKPO va INN Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 yanvardan 11-sonli qaroriga muvofiq talablarga javob beradigan Korxonalar ro’yhatiga asoslangan xolda avtomatik tarzda to’ldiriladi, Qolgan qatorlar yozma ravishda to’ldiriladi.

Idoraviy mansubligi. Ushbu qator Davlat va xo’jalik boshqaruv va idoraviy belgilash tizmiga asoslangan holda to’ldiriladi. http://stat.uz/ru/index.php/statinfo/klassifikatory . Ushbu qatorni to’ldirish uchun DBIBT kodini terib tushuvchi ro’yhatdan kerakli idorani tanlash kerak.

Xizmat korsatuvchi bank. Ushbu qatorni toldirish uchun MFO kodini terish kerak va tizim avtomatik tarzda bank nomini to’ldiradi.

Sonoat korxonasi pasportini to’ldirayotgan vaqtingiz ushbu holatga etibor bering, ishlab chiqarish quvvati satrini to’dirish sanoat mahsulotlari nomenklaturasiga asoslanga boladi. Ushbu qatorni toldirish uchun mahsulot kodini terib tushuvchi ro’yhatdan kerakli mahsulotni tanlash kerak. Mahsulot qo’shish uchun tugmani bosishingiz kerak.



Pasportni to’ldirib bo’lganingizdan kegin tugmasini bosing. Tizim avtomatik tarzda sizning ma’lumotlaringizni saqlaydi.

Pasportni ko’rib chiqish uchun jo’natmoqchi bo’lsangiz tugmasini bosing.
: uploads -> docs
docs -> İnsan psixikasına təsir göstərən maddələrin sui-istifadəsi ilə əlaqədar detoksifikasiyanın keçirilməsi Qaydasının təsdiq edilməsi haqqında
docs -> Tingkah laku langsang/agresif merupakan tingkah laku yang lumrah, berada di sekitar kita. Tingkah laku langsang/agresif merupakan tingkah laku yang lumrah, berada di sekitar kita
docs -> Narkoloji yardımın həyata keçirilməsi zamanı şəxslər üzərində xüsusi müşahidənin aparılması Qaydasının təsdiq edilməsi haqqında
docs -> Narkotik vasitələrin və psixotrop maddələrin tibbi məqsədlərlə istifadə edilməsi qaydasının və şərtlərinin, habelə narkomanlıq xəstəliyinə düçar olan şəxslər
docs -> Azərbaycan Respublikası Dövlət Miqrasiya Xidməti rəisinin " " IL tarixli
docs -> Biography


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə