O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 6 Mb.
səhifə3/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80

5 Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar



5.1 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi quyidagi umumiy malakaviy kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim:

a) umumiy malakaviy kompetensiyalar:

-dunyoqarash xarakteridagi sistemali bilimlarga ega bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;



  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi hamda ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lishi;

- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o’z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

- insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faolitida ularni hisobga ola bilishi;

- sog’lom hayot tarzini yuritish zaruriyati bo’yicha ilmiy tasavvur va e’tiqodga ega bo’lishi, o’z-o’zini chiniqtirish ko’nikmaga ega bo’lishi lozim;

- axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va undash foydalanish usullarini egallagan bo’lishi, o’z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi;

- tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;

-yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi lozim.



b) kasbiy kompetensiyalar, jumladan:

Umumkasbiy kompetensiyalar:

nazariyani amaliyotga tatbiq etish bo’yicha: milliy istiqlol g’oyasi va huquqshunoslikka oid bilimlarni egallash, ularning dolzarb masalalarini tahlil qila olish va o’quvchilarga yetkaza olishi;

metod va texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish bo’yicha: an’anaviy va noan’anaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni fan va mavzularni o’tish chog’ida tanlay olishi, o’z fanida metod va texnologiyalarni ijodiy qo’llay olishi, faktlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara olishi;

ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish bo’yicha: har bir mavzuning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, psixologik xususiyatlarini yorita olishi, o’qitishning ilmiy asoslarini tahlil qilib borishi, metodik birlashmalarda umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunida fanning o’rnini belgilay olishi va uning ilmiy muammolari bo’yicha pedagogik o’qishlarda ma’ruzalar o’qishi, maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida differensial ta’limni yo’lga qo’ya olishi, o’quv jarayoni bilan bog’liq barcha hujjatlarni yurita olishi;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha: har bir o’quvchining ruhiy, ahloqiy holatini bilishi, o’quvchilar bilan yakka tartibda va guruh bilan ishlay olishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtira olishi, uni tashkil etish metodikasini egallash, o’quvchilar ongiga milliy g’oyani singdirish, diniy g’oyaviy tahdidlarga jumladan ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirish metod va texnologiyalarini bilishi;

o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish bo’yicha: dars tiplarini bilishi va ularni maqsadga muvofiq tashkil etishi, o’quv reja va fan dasturi, tematik rejani tayyorlay olishi, ta’lim muassasasi metodik birlashmasi ishini rejalashtirishi va rahbarlik qila olishi, dars jadvalining tuzilish tamoyillarini bilishi, ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishni bilishi kerak.

Kasbiy mahorat bo’yicha o’z bilimi va ko’nikmasini egallagan lavozimida mustaqil faoliyat ko’rsatish talablariga va professionalizmga javob berishi kerak.

5.2 Ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablar

5.2.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blok bo’yicha talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi.



Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o’qitish metodikasi:

Bakalavr:

  • milliy g’oyaning ta’lim tizimidagi o’rni;

  • jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida milliy g’oya fanlarni o’qitilishining ahamiyati;

  • huquq ta’limining ahamiyati;

  • umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’limda huquqshunoslik fanlarining o’rni;

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ta’lim tizimida o’qitilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasining obyekti;

  • milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasi ta’limi mazmuni, uning ta’lim turlari bo’yicha taqsimoti;

  • o’qitishning didaktik prinsiplari;

  • ushbu yo’nalish bo’yicha maktab, o’rta maxsus ta’lim tizimi uchun yaratilgan o’quv adabiyotlari tahlili;

  • ta’limning metod va texnologiyalari;

  • milliy g’oya bo’yicha ta’lim mazmunini yangilib borish, Prezident asarlarini o’rganish;

  • dars turlari;

  • o’quv-me’yoriy hujjatlarning xususiyati va mazmuni;

  • mustaqil ishlar mazmunini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda foydalana olishi;

  • milliy g’oya va huquq ta’limiga oid adabiyotlardan foydalanish;

  • dars-konspekt, kalendar tematik reja tuzish;

  • mustaqil ishlarni rejalashtirish;

  • o’quvchilar bilimini baholash ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.

Milliy g’oya kursi

Bakalavr:

- g’oya va mafkuraning ijtimoiy ongni shakllantirishdagi o’rni;

- jamiyatga turlicha yondashuvning mohiyati;

- milliy g’oyaning ta’lim tizimidagi o’rni;



- jamiyatning ijtimoiy hayotida olib borilayotgan tub islohotlarda milliy g’oyani tatbiq etishning ahamiyati;

- jamiyat hayotida falsafiy fikrlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi;

- jamiyat, inson, qadriyatlar tushunchalarining mohiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

- milliy g’oyaning tayanch tushunchalari;

- g’oya va mafkura, ularning o’zaro munosabati;

- g’oyalarning shakl va ko’rinishlari;

- milliy g’oya va uning shakllanish va rivojlanish tarixi;

- eng qadimgi g’oyalar, ularning milliy g’oya va mafkuramizning shakllanishidagi ahamiyati;

- Turon mifologiyasi g’oyalari, ularning turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi hayotidagi o’rni;

- dunyoviy va diniy g’oyalar;

- Markaziy Osiyo mintaqasida ilgari surilgan ilmiy-falsafiy g’oyalar, ularning milliy g’oya darajasiga ko’tarilish;

- mustaqillik g’oyasi;

- milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi, uning mastaqillik uchun kurashdagi o’rni;

- milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g’oyalari;

- g’oya va mafkuralarni mutlaqlashtirish, tarix saboqlari;

- g’oyaviy tarbiya;

- mafkuralar klassifikasiyasi;

- milliy mafkura tushunchasi;

- milliy mafkuraning jamiyat hayotidagi o’rni;

- mafkuraviy jarayonlar, ularning rivojlanish tarzlari;

- mafkuraviy jarayonlar dialektikasi;

- rivojlanishning ilk davrida siyosiy-mafkuraviy g’oyalar va ta’limotlar;

- mafkuralar tarixi;

- globallashuv va global ideologiya, uning konsepsiyalari;

- falsafiy ta’limotlar tarixi;

- Markaziy Osiyo falsafasi tarixi;

- ilk, o’rta va yangi asrlarda g’arb va sharq falsafasi;

- ontologiya;

- rivojlanish falsafasi;

- gnoseologiya;

- etika va uning rivojlanish xususiyatlari;

- estetika va uning taraqqiyot tarixi;

- mantiq qoidalari;

- ijtimoiy falsafa tarixi;

- jamiyat tushunchasining falsafiy tahlili;

- jamiyatning mohiyati, o’ziga xos jihatlari;

- jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari;

- jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlari;

- jamiyatni boshqarish;

- milliy davlatchilik;

- jamiyat hayotining moddiy va ma’naviy omillari;

- jamiyatning ijtimoiy, sinfiy, demografik tarkibi;

- jamiyatning ma’naviy hayoti;

- antropologiya, inson masalasiga falsafiy yondoshuv;

- insonning oliy qadriyat sifatidagi talqini;

- inson ehtiyojlari;

- g’oyalar, ideologiya nazariyasining asosiy yo’nalishlari;

- g’oyalar falsafasining asosiy tushunchalari;

- g’oyalar tipologiyasi;

- g’oya va dunyoqarash;

- g’oyalarning qadrsizlanishi, uning obyektiv va subyeyektiv omillari;

- qadriyat va uning turlari;

- milliy qadriyatlar;

- madaniy qadriyatlar;

- milliy qadriyatlarning g’oyaviy-tarbiyaviy asoslari;

- milliy va umuminsoniy qadriyatlarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qullay olishi;

- o’quvchilar, talabalar va aholi o’rtasida milliy g’oyaga doir bilimlari bo’yicha sosiologik izlanishlar olib borish;

- milliy g’oyani singdirish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni o’tkazish;

- jamiyatda yuz berayotgan g’oyaviy jarayonlarni tahlil qila olish va zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

- milliy g’oya bo’yicha yaratilgan ilmiy tadqiqotlar materiallaridan amaliy faoliyatda foydalanish metodikasini namoyish qila olish;

- aholining turli toifalari saviyalariga mos ravishda milliy g’oya targ’iboti ishlarini olib borish, ular uchun maqsadli ma’ruzalar tayyorlash;

- milliy g’oyani targ’ib qiluvchi tarqatma materiallar, turli slaydlar tayyorlay olish;

- g’oyaviy tarbiyani amalga oshirish;



- shaxs, inson, ijtimoiy guruh faoliyatiga milliy g’oyani to’lig’icha tatbiq etish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.

Ma’naviyat asoslari kursi

Bakalavr:

  • jamiyatda ma’naviyatga bo’lgan ehtiyojlar;

  • ma’naviyatning mohiyati;

  • ma’naviyat va milliy g’oya munosabatlari;

  • shaxs, ijtimoiy guruhlar ma’naviyati;

  • barkamol avlodning ma’naviy qiyofasi;

  • ma’naviyat asoslarining O’zbekiston Respublikasida alohida mohiyati va O’zbekiston Respublikasi tashabbusi ekanligi;

  • adabiyot, san’atning xalq ma’naviyatini ko’tarishdagi ahamiyati;

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarning kishilar ongining madaniyatining yuksalishidagi ahamiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • ma’naviyat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni;

  • milliy ma’naviyat va uning tarixiy takomili;

  • milliy ma’naviyat tarixini davrlashtirish;

  • islomgacha va keyingi davrlardagi ma’naviyatning xususiyatlari;

  • ma’naviyatning ulug’ shoir va yozuvchilar ijodidagi talqinlari;

  • ma’naviy qadriyatlar;

  • ma’naviyatning tarkibiy qismlari;

  • ma’naviyatning milliy va umuminsoniy xarakteri;

  • ma’naviyat va siyosat, iqtisod;

  • ma’naviyat va axborot tizimlari;

  • ma’naviyat va madaniyat;

  • madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari;

  • madaniy meros;

  • milliy madaniyat nazariyasi;

  • jahon madaniyatining rivojlanish tendensiyalari;

  • dunyoviy va diniy madaniyat;

  • texnogen va zamonaviy madaniyat;

  • ilk, o’rta va yangi asrlarda O’zbekiston madaniyatining taraqqiy etish xususiyatlari;

  • mustaqillik va madaniy taraqqiyot;

  • adabiyot va ma’naviyat munosabati;

  • o’zbek va jahon adabiyoti xalqlar, millatlar ma’naviyatining ko’zgusi ekanligi;

  • tasavvuf adabiyoti;

  • o’zbek adabiyotining rivojlanish bosqichlari;

  • adabiyotda yangi yo’nalishlarning rivojlanishi;

  • ma’naviy hayotda dinlarning o’rni;

  • dinlarning paydo bo’lishi;

  • dinning ijtimoiy-tarixiy hodisa ekanligi;

  • din turlari;

  • ma’naviyatning oilada shakllanishi;

  • oilaning ijtimoiy-falsafiy talqini;

  • oila turlari, tarkibi, murakkab oilalar;

  • oilani boshqarish;

  • oiladagi ma’naviy ishlar mazmuni;

  • oila a’zolarining ma’naviy qiyofasi;

  • o’lkashunoslik turlari;

  • O’zbekiston va dunyo miqyosida olib boriladigan o’lkashunoslik ishlari mazmuni;

  • O’zbekiston va jahon turizm markazlari;

  • turist huquqlari va axloqi normalari;

  • san’at ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligi;

  • san’atda milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlarning o’rni;

  • san’at va milliy mafkura;

  • ma’naviy kamolot va uning san’atda o’ziga xos aks etishi;

  • san’at turlari;

  • ma’naviyat va nafosat tarbiyasini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;

  • o’quvchilar, talabalar va aholi qatlamlarining ma’naviyat bo’yicha bilimlarini sosiologik tadqiq qilish;

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish va uni tashkil etish;

  • ma’naviy hayotni tahlil qilib borish;

  • turli xildagi tantana va tadbirlarda ma’naviy qudratimizni reklama qila olish;

  • adabiyot, san’atdagi ibratli ma’naviy timsollarni targ’ib qila olish;

  • badiiy adabiyot va san’at namunalarini ma’naviy qadriyat sifatida tahlil qila olish va ulardan tarbiyaviy ishlarda foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.

Huquq ta’limi kursi

Bakalavr:

  • davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquqning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi haqidagi asosiy nazariyalar;

  • jamiyatning siyosiy tizimida davlat va huquqning o’rni va ahamiyati;

  • O’zbekiston Respublikasidagi huquq va tartibot organlari;

  • inson huquqlarini himoya qiluvchi ijtimoiy institutlar;

  • huquqiy normalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • davlat va huquqning asosiy shakllari va tarixiy mezonlari, O’zbekiston Respublikasida davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi;

  • ta’lim, din, mafkura, iqtisod, davlat va huquqning o’zaro munosabati;

  • O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy va ma’muriy huquqi;

  • siyosiy va huquqiy ta’limotlarning muhim maktablari;

  • O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy munosabatlarni fuqarolik-huquqiy jihatdan tartibga solish mazmuni;

  • O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi;

  • huquq va shaxs, huquqiy ong, huquqiy madaniyat;

  • O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasining tarixiy yo’li;

  • konstitusiyaning aossiy prinsiplari;

  • xorijiy mamlakatlar konstitusiyaviy tizimi;

  • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlari;

  • xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari;

  • xalqaro huquq manbalari;

  • diplomatik va konsullik xizmatlari;

  • fuqarolik huquqi asoslari;

  • fuqarolar huquqini himoya qilish shakllari;

  • notarius ishi;

  • oila huquqi asoslari;

  • ijtimoiy munosabatlarni ma’muriy-huquqiy tartibga solish;

  • mehnat huquqi asoslari;

  • aholini ish bilan ta’minlash;

  • jinoyat huquqi prinsiplari, manbalari;

  • jinoyat turlari va ular bo’yicha ish yuritish;

  • inson huquqlari bo’yicha ijtimoiy-milliy institutlar;

  • inson huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;

  • hayotda huquqiy bilimlardan foydalanish;

  • qonuniy aktlarni hayotga joriy qilish metodikasi va texnologiyalarini qo’llash bo’yicha dars ishlanmalarini yaratish;

  • o’quvchi va talabalarning konstitusiyaviy huquqlarini belgilab berish;

  • fuqarolik, mehnat huquqini himoya qilish;

  • o’quvchilarga kundalik hayotdagi har bir xatti-harakatning qonuniy asoslarga ega ekanligini tushuntira olish;

  • o’quvchilarga ma’muriy, jinoiy javobgarlikni tushuntira olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

5.2.4 Ixtisoslik fanlari bloki bo’yicha talablar

Bakalavr:

- ixtisoslikka mos texnika sohasining mos texnika sohasining asosiy ilmiy-texnikaviy muammolari va rivojining istiqbolini hamda ularning turdosh sohalar bilan o’zaro aloqasini tushunishi;

- ixtisoslikning muayyan sohasi bilan bog’liq bo’lgan asosiy obyektlarni, hodisa va jarayonlarni bilishi, ularni ilmiy-tadqiqot qilish usullaridan foydalana bilishi;

- loyihalarni kompyuterlardan foydalanib bajarishi va tuzilgan loyiha natijalarini himoya qila olish qobiliyatiga ega bo’lishi;

- o’rganilayotgan texnikaviy obyektlarga qo’yiladigan texnikaviy-iqtisodiy talablarni ta’riflab berishni uddalashi, ularni amalga oshirishning mavjud ilmiy-texnikaviy vositalarini bilishi kerak.

Bakalavr ixtisosligiga qo’yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachi-larining talablari va bakalavrlar tayyorlashning ushbu yo’nalishi bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.



5.2.5 Bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablar:

Bitiruv malakaviy ishida bakalavr tugallangan kasbiy vazifalarni hal qiladi va bunda barcha blok fanlari bo’yicha olingan bilimlardan foydalaniladi.



Bu ishda bakalavr:

  • o’rganilayotgan masalaning holati va tarixini tahlil qiladi;

  • ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik masalani aniqlab oladi, uning yechilishidagi bir necha variantlarni ko’zda tutadi va ulardan eng muhim variantini tanlaydi;

  • xulosani shakllantiradi va hal qilingan masala natijalari bo’yicha tavsiyalar beradi va tegishli fan sohasida qo’llanishi imkoniyatlarini belgilaydi.

Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuziladi.

Bitiruv malakaviy ishlari mavzusi ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik yo’nalishga qaratilgan bo’lishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo’yicha vazifalar odatda uchinchi kursni bitirish chog’ida beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining o’rganilishi darajasiga ko’ra to’rtinchi kurs davomida ishlab boriladi va ushbu standartda ko’zda tutilgan bitiruv malakaviy ishiga ajratilgan vaqt davomida bajariladi.

Bitiruv malakaviy ishining hajmi tegishli kafedra tomonidan aniqlab beriladi.



5.2.6 Malakaviy amaliyotlariga qo’yiladigan talablar:

pedagogik amaliyot: umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’tkaziladi va unda talabalar oliy ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish ko’nikmalarini hosil qiladi.

o’quv amaliyoti: huquq-targ’ibot organlari, hokimliklar, mahalla, targ’ibot markazlari, sog’lomlashtirish idoralari va ommaviy bolalar oromgohlarida o’tkaziladi.

Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə