O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari



Yüklə 6 Mb.
səhifə4/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80





6 Ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari



6.1 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashning 4 yillik kunduzgi shakli ta’lim dasturi quyidagicha taqsimlanadi:


Nazariy va amaliy ta’lim

136 hafta

Malakaviy amaliyotlar

15 hafta

Bitiruv malakaviy ishi

4 hafta

Joriy va davlat attestasiyalari

17 hafta

Ta’tillar

32 hafta

Jami

204 hafta


6.2 Talabaning haftalik o’quv yuklamasining maksimal hajmi 54 soat, shundan auditoriyadagi o’quv yuklamasi 30 soatgacha, qolgan soatlar hajmi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.

6.3 Joriy, oraliq va yakuniy attestasiyalarni hisobga olgan holda ta’lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik o’quv davri uchun xaftalik o’quv yuklamalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

6.4 Ta’lim dasturini o’zlashtirishda bir qator masalalar auditoriya soati hisobiga integrallashtirilgan kurslar muammosi bo’yicha talabalarning mustaqil ta’limi ko’zda tutiladi.

6.5 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim dasturining zaruriy mazmuni

6.5.3.5 Ijtimoiy falsafa:

jamiyat falsafasi: ijtimoiy falsafaning baxs mavzusi, vazifalari. Ijtimoiy falsafa tarixi. Jamiyatga mifologik, diniy va ilmiy-falsafiy yondoshuv, uning o’ziga xos xususiyatlari. Jamiyat tushunchasining falsafiy tahlili. Jamiyatning mohiyati, o’ziga xos jihatlari.

Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari. Geografik muhit tushunchasi. Tabiiy muhitning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi o’rni. Abu Rayhon Beruniy jamiyatga tabiiy muhitning ta’siri to’g’risida. Tabiiy muhitning jamiyatga ta’siri. Geografik siyosat. O’zbekistonning geografik siyosati. Jamiyat taraqqiyotiga nufuz omilining ta’siri. Demografiya. Demografik jarayonlar. Urbanizasiya va rualizasiya jarayonlari, ularning jamiyatga ta’siri. Aholi zichligi qonuniyati. Maltuschilik va neomaltuschilik nazariyalari to’g’risida. Demografik omil va uning o’ziga xos jihatlari. Demografik siyosat. O’zbekistonning demografik siyosati. Moddiy ishlab chiqarish, ma’naviyat, madaniyat, milliy g’oya.

Jamiyat taraqqiyoti va uning asosiy qonunlari. Ijtimoiy qonunlar, ularning amal qilish. Jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’llari: evolyusion (tadrijiy) va revolyusion (inqilobiy) taraqqiyot, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Jamiyat rivojlanishidagi vorisiylik. Jamiyat taraqqiyoti tarixiga sinfiy yondashuv va uning kamchiliklari. Ijtimoiy ziddiyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Ijtimoiy ziddiyatlarni mutlaqlashtirish va uning salbiy oqibatlari.

Jamiyat hayotida barqarorlik va beqarorlik. Barqarorlik – jamiyat hayoti va taraqqiyotning muhim omili. Barqarorlik-tinchlik va taraqqiyot asosi, olg’a siljishning bosh sharti. Tinchlik va barqarorlik – O’zbekistonning buyuk g’alabasi. Jamiyat hayotida beqarorlik, uning namoyon bo’lish xususiyatlari. Ijtimoiy taraqqiyot: imkoniyatlar va muammolar. Bag’rikenglik (tolerantlik) va ijtimoiy taraqqiyot.

Jamiyatni boshqarish. Ijtimoiy boshqarish. Jamiyatni maxsus boshqarish. Davlat maxsus boshqaruv usuli sifatida Davlatchilik O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.

Milliy davlatchilik. Ijtimoiy taraqqiyotning o’zbek modeli, uning xususiyatlari va asosiy tamoyillari. Mustaqillikni mustahkamlash. Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish.

Jamiyat hayotining moddiy va ma’naviy omillari. Jamiyat hayotining asosiy sohalari. Jamiyatning iqtisodiy hayoti. Moddiy ishlab chiqarish-jamiyat iqtisodiy hayotining aosi. Moddiy ishlab chiqarish tushunchasi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari. Jamiyat iqtisodiy hayotida amal qiladigan qonunlar.

Jamiyatning ijtimoiy hayoti tushunchasining mazmun-mohiyati. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi. Ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat ijtimoiy tarkibidagi o’zgarishlar. Jamiyat ijtimoiy tarkibining asosiy unsurlari. Jamiyatning etnik tarkibi: urug’, qabila, elat, millat. Milliy va millatlararo munosabatlar.

Jamiyatning sinfiy tarkibi. Ijtimoiy sinf, tabaqa, qatlam. O’zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy munosabatlar. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish.

Jamiyatning demografik tarkibi. Jamiyatning siyosiy hayoti. Siyosiy tizim. Siyosiy ong. Siyosiy munosabatlar. Siyosiy muassasa va tashkilotlar. Davlat – siyosiy tizimning asosiy elementi sifatida.

Jamiyatning ma’naviy hayoti. Ma’naviyat. Madaniyat. Milliy g’oya. Madaniy – ma’naviy taraqqiyot.

inson falsafasi -antropologiya: inson muammosiga falsafiy yondashuv va uning o’ziga xos xususiyatlari. Inson borliqning tarkibiy qismi sifatida. Jamiyat va insoniyat. Odam. Inson. Individ. Shaxs. Inson – ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi.

Inson – oliy qadriyat sifatida. Antropologiya. Insonda jismoniy va ruhiy jihatlar, ularning birligi. Inson ijtimoiy mavjudot. Insonning ijtimoiy mohiyati. Ma’naviy dunyo. Insonning tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy xislatlari.

O’zbekistonda demokratik jamiyatning qurilish va bunda insonning tutgan o’rni. Inson huquqlari, burchlari, erkinliklari.

Ehtiyojlar. Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar. Jamiyat hayotidagi tub o’zgarishlar xalqning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan jarayon sifatida. Bozor munosabatlari sharoitida inson. Inson va hozirgi dunyo.

Inson muammosini o’rganish, uning nazariya va amaliyotdagi ahamiyati.

6.5.4 Ixtisoslik fanlari

Oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan ixtisoslik fanlari.

Ixtisoslik fanlari ro’yxati va mazmuni kadrlar buyurtmachilarining talablari va bakalavrlar tayyorlashning ushbu yo’nalishi bo’yicha fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.



6.5.5 Malakaviy amaliyot

pedagogik amaliyot: umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’tkaziladi va unda talabalar oliy ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish ko’nikmalarini hosil qiladi.

o’quv amaliyoti: adliya, huquq-targ’ibot organlari, mahalla, sog’lomlashtirish idoralari va ommaviy bolalar oromgohlarida o’tkaziladi.

6.5.6 Bitiruv malakaviy ishi

Bitiruv malakaviy ishi mavzusi ta’lim muassasasining bitiruvchilarini chiqaruvchi kafedralari tomonidan kadrlar buyurtmachilarining talablari, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Bitiruv malakaviy ishlarining mavzusi ilmiy-metodik yoki ilmiy-tadqiqot yo’nalishida bo’lishi mumkin.

Talabaga bitiruv malakaviy ish topshirig’i, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so’ng beriladi. Bitiruv malakaviy ish kasbiy va maxsus fanlarni talaba o’zlashtirib borgani sari to’rtinchi kurs mobaynida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.



Oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi qarori asosida bitiruv malakaviy ishlarining himoyasini ixtisoslik fanlari bo’yicha davlat attestasiyasi sinoviga almashtirilishi mumkin

7 Bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga belgilangan talablar

7.1.1 Ta’lim dasturini ishlab chiqishda OTM asosiy ta’lim dasturining ham tarbiya, ham ta’lim sohasidagi, o’ziga xosligi, ta’lim yo’nalishi va ixtisosligi, ilmiy maktablar xususiyatlari, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan, bosh maqsadini belgilab olishi lozim.

Oliy ta’lim muassasalari asosiy ta’lim dasturini fan, texnika, madaniyat, iqtisodiyot, texnologiyalar va ijtimoiy soha rivojlanishini hisobga olgan holda muntazam yangilab borishi kerak.



7.1.2 Bakalavriat dasturini ishlab chiqishda OTM bitiruvchilarining umummadaniy kompetensiyalarini (ijtimoiy hamkorlik, o’z-o’zini tashkil qilish va boshqarish, tizimli-faoliyatli xarakterlarini) shakllantirish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak.

OTM o’quv jarayonining ijtimoiy-tarbiyaviy komponentini rivojlantirish ta’lim oluvchilarning jamoat tashkilotlari, sport, ijodiy klublar, talabalar jamiyatlari ishida ishtirokini rivojlantirishga ko’maklashishi lozim.



7.1.3 Ta’lim oluvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida kompetentli yondashuvni amalga oshirish o’quv jarayonida mashg’ulot o’tkazishning faol va interfaol shakllarini (kompyuterli simulyasiya, ish o’yinlari, aniq vaziyatlar tahlili va sh.k.), dunyo pedagogik amaliyotida qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalar, o’qitishning strategiyalari, metodlari va usullarini auditoriyadan tashqari ishlar bilan birgalikda ko’zda tutishi lozim.

Faol va interfaol shakllarda o’tkaziladigan mashg’ulotlarning yalpi ulushi dasturning asosiy maqsadi, ta’lim oluvchilar kontingentining o’ziga xosligi, aniq fanlar mazmuni bilan belgilanadi. Talabalarning tegishli guruhlari uchun leksiya mashg’ulotlari auditoriya mashg’ulotlarining 50%idan oshmasligi lozim.



7.1.4 Ta’lim oluvchilarning o’quv yuklamasi, jumladan, asosiy ta’lim dasturini va OTM tomonidan ta’lim dasturiga qo’shimcha tarzda kiritiladigan fanlarni o’zlashtirish bo’yicha auditorii va auditoriyadan tashqari (mustaqil) o’quv ishlarining barcha turlarining maksimal hajmi haftasiga 54 akademik soatdan oshmasligi lozim.

7.1.5 OTM ta’lim oluvchilarga o’z ta’lim dasturini uchun, jumladan, yakka tartibdagi ta’lim dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish uchun real imkoniyatlarni ta’minlashi lozim.

7.1.6 OTM ta’lim oluvchilarni ularning ta’lim dasturini shakllantirishdagi huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishi, ta’lim oluvchilar tomonidan tanlangan fanlar (modullar, kurslar) ular uchun majburiy bo’lishini tushuntirishi lozim.

7.1.7 OTM bakalavriati dasturi ta’lim oluvchilarda fizika, informatika va ta’limda axborot texnologiyalari hamda amaliy chet tili sohasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantiradigan fanlar (modullar) bo’yicha laboratoriya praktikumlari va yoki amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga olishi kerak.

7.2 Ta’lim dasturini amalga oshirish talablari

5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash ta’lim dasturi bo’yicha akkreditasiya qilingan oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi ta’lim, axborot texnologiyalari va o’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanib amalga oshirilishi lozim.

Talabalarning chet tilini o’zlashtirishi, o’qituvchilarning chet tilini o’qitishi, shuningdek, buning uchun zarur sharoitlarni yaratish bakalavrlar tayyorlashda ustivor sanalishi lozim.

Malakaviy amaliyotlar zamonaviy umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’tkaziladi, ular talabalarni amaliyot dasturlarida ko’zda tutilgan ish o’rinlari bilan ta’minlashi lozim.

Ta’lim davri mobaynida talaba kamida ikkita Davlat attestasiyasi (gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy va chet tili fanlaridan) topshiradi va bitiruv malakaviy ishini himoya qiladi. Davlat attestasiyasi tegishli integrasiyalashtirilgan kurs bo’yicha o’quv jarayoni tugashi bilan o’tkaziladi.



7.3 Malakaviy amaliyotni tashkil etishga qo’yiladigan talablar

Malakaviy amaliyot talabani kasbiy tayyorlashga yo’llaydigan o’quv jarayonining uzviy qismidir. Uning mazmuni maxsus o’quv fan dasturlaridagi maxsus bo’limlarda yoki malakaviy amaliyot Nizomida aks ettiriladi.

Malakaviy amaliyot talabaning auditoriyada olgan bilimlarini pedagogik jarayonda sinab ko’rish, dastlabki malaka va ko’nikma hosil qilish hamda provard natijada kadrning kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladi. U namunali, tayanch umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’tkaziladi.

Pedagogik amaliyotga bitiruvchi kafedralar va pedagogik amaliyot bo’limi hamda fakultet o’quv-metodik komissiyalari tashkilotchiligida hisobot konferensiyasi yoki taqdimot shaklida yakun yasaladi.

Amaliyotni o’tkazish muddatlari o’quv rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyot tugagandan so’ng talabalar bajarilgan ish haqida amaliyot o’qituvchilari-rahbarlari va qabul qiluvchi tashkilot vakillaridan tarkib topgan komissiya oldida hisobot berishadi. Baholash shakli o’quv rejasida belgilanadi.

7.4 O’quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash talablari

Bakalavriat asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish o’qitilayotgan fanning ixtisosliligiga mos, odatda, bazaviy ta’limga ega bo’lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug’ullanayotgan kadrlar bilan ta’minlanishi kerak.

Ixtisoslik fanlari o’qituvchilari o’qitilayotgan fan ixtisosligiga mos bazaviy ta’limga yoki ilmiy darajaga ega bo’lishlari kerak. Ta’lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari o’qituvchilikka jalb etilishi mumkin

7.5 Ta’lim jarayonini o’quv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlashga talablar

Asosiy ta’lim dasturining barcha kurslari, fanlari (modullari) bo’yicha o’quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta’minlanishi lozim.

Ta’lim oluvchilarning auditoriyadan tashqari ishlari metodik ta’minlanishi va uni bajarishga sarflanadigan vaqtga asoslanishi lozim.

Asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish har bir ta’lim oluvchining asosiy ta’lim dasturi fanlari (modullari) to’liq ro’yxat bo’yicha shakllantiriladigan ma’lumotlar bazasi va ARM fondlariga kirishi bilan ta’minlanishi lozim.

Har bir ta’lim oluvchi asosiy ta’lim dasturiga kirgan kasbiy turkumning har bir fani bo’yicha o’quv va o’quv-metodik bosma yoki elektron nashrlar (jumladan, vaqtli nashrlar elektron bazalari) bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ta’minlangan bo’lishi lozim.

Axborot-resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy siklning bazaviy fanlari uchun – oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma sikllarning bazaviy qismi fanlari bo’yicha o’quv adabiyotining chop etilgan yoki elektron nashrlari bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak.

Qo’shimcha adabiyotlar fondi o’quv adabiyotlaridan tashqari rasmiy ma’lumot-bibliografik va davriy nashrlarni o’z ichiga olishi kerak.

Ta’lim dasturini to’liq amalga oshirish uchun OTMning ARMda ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida keltirilgan fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv-uslubiy adabiyotlar va chet elda chop etilgan hamda internet tizimidagi axborot manbalari har bir talabaga yetarli darajada bo’lishi kerak.

Ta’lim oluvchilar uchun mahalliy va xorijiy OTM, korxona va tashkilotlar bilan tezkor axborot almashish imkoniyati, zamonaviy kasbiy ma’lumotlar bazalari, axborot va izlash tizimlariga kirishni ta’minlanishi lozim.

Talabalarning bilish faoliyatini samarali boshqarish uchun pedagogik texnologiya talablari va qoidalari asosida mashg’ulotlarni rejalashtirishning quyidagi izchilligi tavsiya qilinadi:

- o’qishning kutiladigan natijalari va talabalarning bilish, talaba qo’yilgan maqsadlarga erishgandan keyin yoki B.Blumning taksonimiyasiga muvofiq bilish sohasidagi o’quv maqsadlarining 6 asosiy kategoriyasi (bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, sintez, baholash) orqali harakat (xulq)ga mos keladigan fe’l yordamida namoyon bo’ladigan o’quv maqsadlari shaklidagi psixomotor va affektiv sohalardagi vazifalarini shakllantirish;

- o’qituvchining mazkur mashg’ulotdagi o’quv-tarbiyaviy maqsadlarini belgilash;

- tayanch o’quv savollarini aniqlash;

- har bir kutiladigan natijaga muvofiq trening uchun o’quv va nazorat topshiriqlarini (savol, masala, test topshiriqlari), o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun zarur hajmda mashqlarni ishlab chiqish;

- mashg’ulotdan kutiladigan natijani kafolat uchun ishchi dastur, o’qituvchining maqsadlari, talabalarning vazifalari va nazorat tpshiriqlari mazmuniga muvofiq mazmunini ishlab chiqish;

- mashg’ulotning jarayonini o’qituvchi faoliyati (asosiy o’rinlar) va u bilan o’zaro bog’liq talabalarning faoliyat tavsifi asosida, shu mashg’ulot uchun tobora samarali (jumladan, interfaol) metodlar, didaktik vositalar va jihozlarni tanlash bilan loyihalashtirish.



5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrni tayyorlash jarayonida asosan quyidagi ta’lim texnologiyalar va o’qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:

o’qitishning interfaol metodi,

muammoli o’qitish texnologiyasi,

o’yinli texnologiyalar,

tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari,

shaxsiy yo’naltirilgan ta’lim,

tabaqalashtirilgan ta’lim,

dasturlashtirilgan ta’lim,

o’qitishni individuallashtirish texnologiyasi,

o’qitishning kompleks metodlari (loyihalash metodi, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum, assosiogrammalar metodi va h.k.)



7.6 O’quv jarayonining moddiy-texnika bazasiga qo’yilgan talablar

Bakalavrlar tayyorlash asosiy ta’lim dasturini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasasi fanlar bo’yicha va fanlararo tayyorgarlikning barcha turlarini (laboratoriya, amaliy va ilmiy-tadqiqotchilik ishini) ta’lim oluvchilarning OTM o’quv rejasida ko’zda tutilgan va sanitariya hamda amaldagi yong’in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga muvofiq o’tkazishni ta’minlaydigan moddiy-texnik bazaga ega bo’lishi kerak.

Bakalavrlik dasturini amalga oshirish uchun minimal zarur moddiy-texnik ta’minot ro’yxati:

- leksiya (potok va guruh) auditoriyalari;

- seminar mashg’ulotlari uchun auditoriyalar;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish uchun laboratoriyalarni o’z ichiga oladi.

Mavjud moddiy baza:

- leksiyalar o’tkazishni - illyustrativ materialni namoyish etish uchun turli jihozlar;

- asosiy fanlarning amaliy-laboratoriya ishlarini bajarish uchun-laboratoriya ishlari dasturiga muvofiq jihozlar;

- ixtisoslik fanlarining laboratoriya ishlari uchun–laboratoriyalarning amalga oshirilayotgan ilmiy tematikasiga muvofiq jihozlar;



Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə