O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mamlakat taraqqiyoti kafolati azamov Toxirjon Toshtemir o'g'li-Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi 4-dimi huquq va tarbiya fani o'qituvchisi, Mirzayeva Sevara Inomjonovna-Andijon viloyati



Yüklə 28 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü28 Kb.
#132988
Azamov T, Mirzayeva S. Maqola


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAMLAKAT TARAQQIYOTI KAFOLATI
Azamov Toxirjon Toshtemir o'g'li-Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi 4-DIMI huquq va tarbiya fani o'qituvchisi,
Mirzayeva Sevara Inomjonovna-Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi 46-maktabning huquq va tarbiya fani o'qituvchisi

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o`zining azaliy orzu niyatlariga erishdi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz uzoq o`tmishlardan beri o`z erki uchun mardonovor kurashib keldi. Hurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ta'kidlaganlaridek, biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Har bir fuqaroning huquq va erkinliklari qonun yo`li bilan himoya qilinishi va kafolatlanishi, so`z erkinligi, davlat boshqaruvida o`zi bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqiga ega ekanligi huquqiy davlatning muhim belgilaridandir.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan.
Huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar, ya'ni yosh avlod huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali bo`lishlari kerak. Qonunlarni biladigan, ularga roiya etadigan, davlat va jamiyat manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yib, ularni bajarishda yuksak saviyaga ega bo`lgan shaxslarni tarbiyalash huquqiy tarbiya fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
Mustaqil O`zbekistonning mustahkamlanishida qonunchilikka roiya qilish, fuqarolarning huquqiy onglilik darajasini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga bo`ysunish, axloq-odob qoidalariga roiya etish kabi xislatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.
Huquqiy ta’lim- tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy ta’lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb yozadilar: “Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy ta’lim- tarbiya tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi”1.
Huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs, huquq va erkinliklarini bilib qolmasdan, demokratiyaning tub ma'nosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. Huquqiy ta’lim- tarbiya dastlab oilada, bog`chada, maktabda boshlanadi. Lekin huquqiy ta’lim- tarbiya inson hayoti davomida doimiy ravishda davom etadigan jarayondir. Huquqiy davlat qurar ekanmiz fuqarolarning qonunlarni bilishi, qonunga itoatkorlik, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Bu borada huquqiy fan o`qituvchilari, huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalarining xizmatlari katta bo`ladi va ular zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o`qitishdan ko`zlangan maqsad ham shundaki, yosh avlodni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish hamda qonuniylik, qonunga itoatkorlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan.
Huquqiy ta’lim-tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o`tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio`z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy ta’limda, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy ta’lim- tarbiya oladi. Demak huquqiy ta’lim- tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy ta’lim- tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko`nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz ta’minlashdir.2
Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o`tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki huquqshunos uyushmalari to`zilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish uyg`otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o`rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir.
Yuksak gumanizm, tabiatga, uning bag‘ridagi har bitta giyoh va jonivorga ulkan mehr, ayni chog‘da butun dunyoni o‘zaro bog‘liq va yaxlit bir sistema deb tushunishning yorqin namunasi bo‘lgan bunday misollarni buyuk ajdodlarimiz, umuman yerga qadam qo‘yishdan oldin biron bir hasharot yoki o‘t-o‘lanni bosib olmayin, degan andisha bilan, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, hushyor va ohista qadam qo‘yadigan xalqimiz hayotidan ko‘plab keltirish mumkin.Eng muhimi, bunday hayotiy misollar bu dunyoda har qanday ezgu g‘oya va tushunchadan maqsad insonni ulug‘lash, uning hamma narsadan aziz va mukarram bo‘lgan hayoti, shaxsiy huquq va manfaatlarining daxlsiz, qonun himoyasida ekanini chuqur tushunish va anglashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham huquqiy madaniyat borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda faqat yuridik atamalar, oddiy odamlarning qalbiga, yuragiga birdaniga yetib borishi qiyin bo‘lgan, tor akademik doira uchun mo‘ljallangan, hamma vaqt ham real hayot talablariga mos kelavermaydigan quruq ilmiy-nazariy gaplar bilan kifoyalanib qolmasdan, zamonlar, asrlar sinovidan o‘tgan mana shunday hayotiy misollardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, el-yurtimiz, ayniqsa, yoshlarimizda huquqiy madaniy asoslarining real hayotiy voqealar orqali, butun-butun avlodlarning hayotiy qarashlari negizida shakllanishi, ularning ongu shuuriga muhrlanib qolishida beqiyos rol o‘ynaydi.


1Karimov I.A. O`zbеkiston buyuk kеlajak sari. –T., «O`zbеkiston», 1998. 561 b.

2O.Karimova. “Huquq ta’limini o’qitish metodikasi” T.: “O’zbekiston” 2011 yil, 26-b.

Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə