O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə130/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Faoliyat ishlanma

«Nutq va savodxonlikka o'rgatish» markazi
K.I.Chukovskiyning «moydadыr» ertagini o'qish

Maqsad: badiiy asarni diqqat bilan eshitadi, qaxramonlarga xayrixoxlik bildiradi, syujetga nisbatan emosional ravishda javob beradi, yumorni tushunadi.


Kerakli jihoz va materiallar:K.I.Chukovskiyning «moydadыr» asariga ishlangan rasmlar.


Faoliyatning borishi:


Bolalar rasmlarni tomosha qilishadi.


Badiiy asarni yoki uning qismlarini mustaqil o'qish. Qo'shimcha qism: mavzuga doir rasmlarni bo'yash.


E'tiborga molik jihati: bolalar asarni o'qiy olishi va tushunishi, tovushlarni


toza talaffuz qilishi.




«Nutq va savodxonlikka o'rgatish» markazi

«Oshxona uchun, ovqat uchun, choy uchun» idishlarni tegishliligiga qarab kvalifikasiya qilish.


Maqsad: idish-tovoqlar, uni yo'nalish bo'yicha ishlatilishiga va turlari to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi, uni kvalifikasiya qila oladi.


Kerakli jihoz va materiallar:«Oshxona», «Choyxona» nomli bolalar o'yinchoq idishlar jamlanmasi; idish-tovoqlar tavvirlangan kartochkali rasmlar.


Faoliyatning borishi:


Idishlar to'g'risida topishmoqlar tinglashadi va topishadi.


Didaktik o'yin «Nima uchun?»


Masalan: Bu kastryulya. Kastryulyada sho'rva pishiriladi. (paqir, tova, piyola, cho'mich, tog'ora, kapkir, chovli)


Idish-tovqni tomosha qilish, Oshxona», «Choyxona» vazifasiga qarab klassifikasiyalash.


Qo'shimcha qism:qadimgi idishlar tasvirlangan rasmlarni ko'rish.


E'tiborga molik jihati: bolalar idishlarning vazifasini bilishi, ularni ishlatilishiga qarab klassifikasiya qila olishi.




Fan va tabiat markazi


magnit bilan tajriba.
Maqsad: magnitning xususiyatlarni biladi, bilish jarayoniga oid masalalarni yechadi va xulosa qiladi.

Kerakli jihoz va materiallar:turli kattalikdagimagnitlar, metall, yog'ochva plastmasali predmetlar.


Faoliyatning borishi:


Bolalar markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.


«Jonli predmetlar» mashq. Stolda yog'ochva plastmasali predmetlar. Bolalar tajriba o'tkazishadi: kattaroq magnitni stolni tagida yurg'izishadi. Bolalar kuzatishadi va kuyidagi savollarga javob berishadi: «Nima sodir bo'lyapti? Nima uchun faqat metaljisimlar qo'zg'aldi? Nima uchun yog'och va plasmassa jixozlar joyida qoldi?»


Bolalar xulosa chiqarishadi.




Fan va tabiat markazi

Suyuqlik hajmini o'lchash


Maqsad: shartli belgi yordamida suyuqlikhajmini aniqlay oladi.


Kerakli jihoz va materiallar:tor ko'za va keng grafin (shishali, 4 stakan suv sig'imiga ega bo'lgan grafin, ko'za – 3; suvli ko'za, 2 ta bir litrli bankalar, 4 stakan va boshqa turli idishlar, katta tog'ora.


Faoliyatning borishi:


Bolalar qaysi idishga ko'proq suv sig'ishini taxminan aniqlashadi.


Bolalar stakanlar yordamida idishga suv to'ldirishadi. Natijasini belgilashadi.


Hajm bir litrli bankalar yordamida o'lchanadi. Xulosa chiqarishadi.


Bolalar suyuqliq hajmini yana nimalar yordamida aniqlash mumkinligi taklifini berishadi.


Qo'shimcha qism:boshqa jismlarda suyuqlik miqdorini o'lchashadi va taqqoslashadi.


E'tiborga molik jihati: kuzatish, o'lchash va xulosa qilishni bilish, topshiriqlarni bajarishda bolalarni faolligi.




San'at markazi

Rassm chizish «oshxona idishlari»


Maqsad: rasm chizish uchun mustaqil material tanlaydi, rasmni berilishiga qarab varaqda tasvirni joylashtirishda kompzisiya o'ylaydi va bajaradi.Predmetlarni tegishli kattaligini tasvirlab idish chizadi.Chegarasini qora qalamda chizib rangli qalamlar yoki bo'yoklar yordamida bo'yash usulini qo'llaydi.


Kerakli jihoz va materiallar:A4 formatdagi oq qog'oz, qora va rangli qalamlar, suv, bo'yoqlar va kistochkalar, salfetkalar..


Faoliyatning borishi:


idishlarni tomosha qilish.


Rasm chizish uchun material tanlash va ishga tayyorgarlik.


Bolalarning samarali faoliyati.


Qo'shimcha qism: bolalar ishi ko'rgazmasini tashkil etish.


E'tiborga molik jihati:bolalarda ijodiyqobiliyatning va ishdagi ko'nikma malakalarini rivojlanishi.





Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə