O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə37/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Faoliyat ishlanma

NOYaBR 4 HAFTA
« BIZNING SAVOBLI IShLARIMIZ »


Qurish, yasash va matematika markazlari
«Kasalxona» quramiz
Maqsad: qurilish binolarini, ularning shakllarini biladi, ularning balandligini o'lchay oladi. Geometrik shakllarni aytadi (kub, to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak). Kasalxonani syujetli qurishni biladi.
Jixoz va materiallar: katta qurilish materiallari, stolusti qurilish materiallari (mayda syujetli o'yinchoqlar, daraxtalar va gullar bilan kasalxonani bezatish).
Faoliyatning borishi:
1. Qurilish shaklini tanlaydi;
2. Qurilish uchun kerak bo'lgan qurilish materiallarini tanlaydi;
3. Kasalxona qurilishi;
4. Qurilish atrofidagi hududni obodonlashtiradi.
Qo'shimcha: Kasalxona haqida shyerlarni eslaydi. Tarbiyachi shifokor kasbi haqida gapirib beradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim:
1. Jamoada ishlash qobiliyatiga ega;
2. Geometrik shakllar va qurilish materiallar to'g'risidagi tushunchani mustahkamlash;
3. Qurilishda mustahkamlik va ishonchlilikni tashkil etish;
4. Xayot xavfsizligi saboqlari.


Syujetli-rolli o'yin va sahnalashtirish markazi
«Shifokor qabulida»

Maqsad: Shifokor kasbi bilan tanishish. Ayrim tibbiyot uskunalar nima uchun ishlatilishi to'g'risida tushunchaga ega (xarorat o'lchagich, shpris, stetoskop va h.k.)


Jixoz va materiallar: shifokor uchun kerakli bo'lgan bolalar to'plami, shifokor to'plami, qo'g'irchoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rollarni mustaqil ravishda taqsimlaydi (shifokor, ona qizi bilan va h.k.)
2. O'zi o'ylab topgan ssenariyni saxnalashtiradi
3. Mazkur tematika bo'yicha rollar bilan almashadi va yangi syujetni sahnalashtiradi.
Nimaga e'tibor berish lozim: o'yin davomida bolalarning o'zaro munosabati; o'yin ishtirokchilariga emosional munosabat; faol bo'lmagan bolalarning o'yindagi ishtiroki.


Til va nutq markazi
D/o': «Kim kasbi xaqida yeng yaxshi so'zlaydi?»

Maqsad: Ayrim kasblarni biladi va ularning inson xayotidagi roli.


Jixoz va materiallar: har bir bola uchun rasm, tematik rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. She'rlarni tinglaydi
2. “Kasblar” rasmlarini ko'rib chiqadi.
3. Ota-onasining kasbi va ular nima bilan shug'ullanishi to'g'risida gapirib beradi. (masalan, mening onam – bolalar shifokori. Ular bolalarni davolaydilar, dori va ukollarni yozibberadi. Mening otam – avtobus haydovchisi. Ular odamlarni ishga va o'qishga olib boradilar.)
Qo'shimcha: kelajakda kim bo'lishi to'g'risida so'zlab beradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim: bolalar nutqini to'g'ri qo'yish.


Qurilish, yasash va matematika markazi
«Atrofimizdagi sonlar va raqamlar»
Maqsad: raqamlarni taniydi, ularni yozishni biladi. Topishmoq va maqolalar bilan qiziqadi.
Jixoz va materiallar: raqamlar rasmi, “Raqam nimaga uxshaydi” predmetlarning illyustrasiyasi, hisob tayoqchalari, masalalar bilan qog'ozlar.
Faoliyatning borishi:
1. 10 gacha va orqaga sanay oladi;
2. “Raqam nimaga uxshaydi” predmetlarning illyustrasiyasini tamosha qiladi.
3. Raqamli kartochkalarni tartibli joylashtira oladi..
4. Har bir raqamli kartochkalar tagida hisob tayoqchalari va tish kovlagich bilan raqamni yasay oladi.
Qo'shimcha: masalalar ko'rsatilgan varaqlarni to'ldiradi.
Nimaga ahamiyat berish lozim: bolalarning faol ishtiroki; xayot xavfsizligi saboqlari.


Fan va tabiat markazi
«Suv xususiyatlari»
Maqsad: suvning ajoyib xususiyatlari bilan tanish. Suvdan foydalanishni biladi. Suv bilan tajriba o'tkazadi. O't o'chiruvchilar faoliyatida suvning ahamiyatini biladi.
Jihoz va materiallar: suv, qum, sham, gururtlar, mavzu bo'yicha illyustrasiyalar.
Faoliyatning borishi:
1. Yong'indan yordamchi sifatida suvning xususiyatlari bilan tanishish;
2. Tarbiyachi bilan ish; olovni o'chirish (yongan shamni suv yordamida o'chirish.
3. Xulosa chiqariladi.
Qo'shimcha: kislorodsiz rasmlarda tajribadagi kislorodsiz olovni o'chirishni kuzatadilar.
Nimaga ahamiyat berish lozim: tajriba o'tkaza olish; qoidani biladi va unga amal qiladi; xayot xavfsizligi saboqlari, faol bo'lmagan bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish, emosional holati, xayot xavfsizligi asoslari.


Syujetli-rolli o'yin va sahnalashtirish markazi
“Modalar uyi”
Maqsad: moda va modalar uylari xaqida tushunchalarga ega. Kiiymlarni bir biriga moslashtiradi.
Jihoz va materiallar: kiiymlar, bosh kiiymlari, taqinchoqlar va h.k.
Faoliyatning borishi:
1. Moda namoyishlarini jurnallarda va rasmlarda ko'rish.
2. O'yin syujetini o'ylab topadilar.
3. Syujetni sahnalashtirish uchun rollar taqsimlanadi (Modeler, dizayner, tikuvchi).
4. Syujetli-rolli o'yin.
Qo'shimcha: yoqtiradigan kiymlari haqida so'zlab beradilar.
Nimaga e'tibor qaratish lozim: o'yin mobaynida bolalarning o'zaro munosabatlari; o'yin ishtirokchilarining emosional holatiga


Til va nutq
Mavzu «Teskarisini ayt»

Maqsad: Teskari so'zlar xaqida tushunchaga ega va ularni tarbiyachining savolidan keyin tezlik bilan topa oladi, nutqida fe'llarni qo'llaydi; turli kasbdagi kishilarga o'z qiziqishi va hurmatini ifodalaydi.


Jihoz va materiallar: juftli rasmlar.
Mashg'ulotning borishi.
Rasmlarni tomosha qilish.
Rasmdagi tasvirning teskarisini aytish.
Muxokama va mustaxkamlash.
Qo'shimcha: she'r o'qiydilar
Nimaga e'tibor qaratish lozim: bolalar nutqi; fe'llarni to'g'ri qo'llay olish malakasi.


Syujetli-rolli o'yin va sahnalashtirish markazi
«Maktab»
Maqsad: O'qituvchi kasbi bilan tanish. Ayrim maktab jihozlari nima uchun ishlatilishi to'g'risida tushunchaga ega (kitob, daftar, chizg'ich, o'chirg'ich, taxta va h.k.)
Jixoz va materiallar: o'qituvchi uchun kerakli bo'lgan bolalar to'plami, maktab jihozlari, qo'g'irchoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rollarni mustaqil ravishda taqsimlaydi (O'qituvchi, o'quvchi qiz va o'quvchi bola va h.k.)
2. O'zi o'ylab topgan ssenariyni saxnalashtiradi
3. Mazkur tematika bo'yicha rollar bilan almashadi va yangi syujetni sahnalashtiradi.
Nimaga e'tibor berish lozim: o'yin davomida bolalarning o'zaro munosabati; o'yin ishtirokchilariga emosional munosabat; faol bo'lmagan bolalarning o'yindagi ishtiroki.


Fan va tabiat markazi
«Oymomo» shirinligini tayyorlash
Na chto obratit vnimaniye: na akkuratnost, pri vыpolneniye rabotы i soblyudenii gigiyenы.

Maqsad: xamirni nimadan kilinishi haqida tushunchaga ega, uning xususiyatlari va xamirdan nimalar tayyorlanishini biladi.


Jihoz va materiallar: Un, shakar, yog' (margarin), shakllar, idish, fartuk, ro'molchalar.


Faoliyatning borishi:


1. Ish joyi tayorlab olinadi.
2. Fartuklarni va ro'molchalarni taqish.
3. Unni qorish, xamir qilish, yoyish, kesib shakllarga joylashtirish.
4. Tayyor shirinliklarni gaz pechiga qo'yamiz.

Qo'shimcha: Tarbiyachi to'g'ri xamir korilish jarayenini tekshirib turadi.


Nimaga e'tibor qaratish lozim: Gigiyenaga rioya qilish.




San'at markazi
«Mening qaxramonim» mavzusida rasm chizish.

Maqsad: Kasblar xaqida tushunchaga ega; rasmga qarab o't o'chiruvchi, qutqaruvchi, milisioner, shifokor kasblarini ajratib beradi;


Jihoz va materiallar: qog'oz, bo'yoqlar, qalam, mo'y kalam, suv idishi, kasblar xaqida syujetli rasmlar.


Faoliyatning borishi:


1. Kasblar xaqidagi rasmlarni kuzatish.
2. Rejalashtirish va chizish.
3. Rasmda kasblardagi jihozlarga alohida urg'u berish.
4. Galereya tashkil etish, rag'batlantirish.

Qo'shimcha: Tarbiyachi bolalarga she'r yoki ashulalar aytib berishini so'raydi.


Nimaga e'tibor qaratish lozim:


Rasmda kaslarning ish qurollariga alohida e'tibor berish.
Tartibli ishlash.
Fikrlash, xotirasini, bog'langan nutqini rivojlantirish.


San'at markazi
«Ish qurollari» loy ishi

Maqsad: loy bilan ishlashning turli usullarini egallaydi, inson shakli va uning ish qurollarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalaydi.


Kerakli jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, «Ish qurollari» mavzusida rasmlar.


Faoliyatning borishi:


1. “Kasblar” asosidagi rasmlarni kuzatish.
2. Plastilinning tegishli rangini tanlash.
3. Bolalarning produktiv faoliyati.
4. Bolalarning ishlarini muhokama qilish.

Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalardan she'r aytib berishini so'raydi, balalar ishlarining taqdimoti.


E'tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə