O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə69/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133
Faoliyat ishlanma

Yanvar 3 xafta
Men va mening tanam”.


Qurish-yasash va matematika..
Mavzu: Jamoa bo'lib “Ko'rish qobilyatini tekshiruvchi qo'llanma” tayyorlash.
Maqsad: o'zini shifokor deb his qiladi, do'stlari bilan muloqotga kirib ularni sog'liqlari xaqida qayg'uradi, ko'zning tana a'zolari orasida nozik va katta ahamiyat kasb etuvchi organligini biladi, ijodkorlik va fantaziyalari rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: Xaqiqiy ko'z shifokoridagi maxsus jadval tasvirlangan rasm namunalari, Qavatli javon, katta kichik o'yinchoqlar, turli xil ko'rinishdagi buyumlar, ko'rsatkich tayoqcha, qalam, qog'oz, ko'zning bir tomonini berkitish uchun kartondan tayyor shablon.
Faoliyatning borishi:

  1. Ko'rish qobilyatini tekshiruvchi jadval namunasini ko'rish.

  2. Jadval asosida qanday qo'llanma yasash mumkinligi xaqida do'stlari bilan suxbat.

  3. Rejalashtirish.

  4. Qo'llanma tayyorlash uchun kerakli jixozlarni tanlab olish.

  5. Qavatli javonga tanlab olingan o'yinchoq va buyumlarni joylashtirish.

  6. Tayyor bo'lgan qo'llanmani namuna bilan solishtirish.

  7. Do'stlari orasidan shifokor tayinlash.

  8. Shifokor oldiga navbat bilan ko'rik uchun kirish.

  9. Ko'rikdan o'tish va o'tkazish.

  10. Shifokor tmonidan tashxis qo'yish va muolaja reseptini berish.

Qo'shimcha: AKT vositalari orqali ko'z shifokori faoliyati bilan tanishtirish va suxbat uyushtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Jamoada ishlashi, vazifani to'g'ri taxlil qila olishi va uni qay darajada bajarilishiga.


Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu: “Irkit qiz” syujetli-rolli o'yin.
Maqsad: Ozodalikka, tartib va saramjonlikka rioya qiladi, kasal bo'lmaslik uchun extiyot choralarini ko'radi, tengdoshlari orasida ozoda bo'lish qoidalarini targ'ib qiladi.
Kerakli jihozlar: “Irkit qiz” taxallusi ostida qo'g'irchoq, gigiyenik vositalar, suv, ko'zgu, ko'ylak, yotoq jixozlari, ozodalik, tartib va saramjonlikni aks ettiruvchi rasmlar, ozodalikka e'tibor bermaslik natijasida yuz berishi mumkin bo'lgan xolatlar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasmlardagi xolatlarni do'stlari bilan muxokama qilish.

  3. Qo'g'irchoqni olib uning ahvolini o'rganish.

  4. Qo'g'irchoqni tartibga solish maqsadida reja tuzish.

  5. Bajariladigan ishlarni tengdoshlari orasida taqsimlash.

  6. Qo'g'irchoqni tartibga keltirish.

  7. Olib borilgan faoliyatni o'zaro muxokama qilish.

Qo'shimcha qism: “Moydodir” multfilimini namoish etish. Qo'l yuvish xamda tish yuvish tartibi bilan tanishtirish va amaliyotda bajarib ko'rishni taklif qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Faoliyatdan so'ng tarbiyalanuvchilardagi o'zgarishga, shaxsiy gigiyenaga e'tibor qaratilayotganligi yoki bee'tiborligiga.
Til va nutq.
Mavzu: “Sen mening bir qismim”ta'limiy o'yini va rasm asosida o'z fikrini bayon etish.
Maqsad: Tana qismlarini aniq nomlaydi, vazifalarini biladi, xar bir tana qismning va organlarning qayerda joylashganligi xaqida ma'lumotga ega. Bo'laklardan butunni hosil qila oladi.
Kerakli jihozlar: Tana qismlari tasvirlangan rasmlar, inson tanasining yaxlit ko'rinishi.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Bilimlarini mustaxkamlash.

  3. Tana qismlarini o'z joylariga biriktirish.

  4. Inson tanasini to'liq ko'rinishini xosil qilish.

  5. Tayyor maketni do'stlari bilan taxlil qilish.

  6. Faoliyat yakunida mavzu asosidagi fikrlari bilan do'stlashish.

Qo'shimcha: Tana a'zolarini ingliz va rus tillaridagi nomlanishini takrorlash va mavzu asosida xarakatli o'yinlar
Alohida e'tibor qaratiladi: Tana a'zolari xaqidagi bilim va ko'nikmalarni qay darajada egallanganligi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə