O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə1/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8-B


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI USTAVINI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-noyabr,
929-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
1-ILOVA

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə