O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə6/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8-B

Oldingi tahrirga qarang.
14) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(13-bandning 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
16) maktabgacha ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
17) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
(13-bandning 17-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(13-bandning 18-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
(13-bandning 19-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
20) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
21) Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va hududiy bo‘linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
(13-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;
(13-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
(13-bandning 23-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
25) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
3) maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
(14-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash;
(14-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
(14-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
2) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(15-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(15-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
8) viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(15-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim talablarini bajarish monitoringi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;
(15-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;
(15-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
(15-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
13) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
14) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə