O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə7/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
8-B

4-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish;
(16-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
(16-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
(16-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash;
(16-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
(16-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
(16-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
17. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
2) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
(17-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(17-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
(17-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
(17-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etadi;
(17-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
(17-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;
(17-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
(17-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
12) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
13) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə