O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə8/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
8-B

4-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
18. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida davlat maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganish;
(18-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim talablarini, o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallarni takomillashtirish;
(18-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy mansub tashkilotlarning amaldagi qonun hujjatlari, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə