O’zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning



Yüklə 6,1 Mb.
tarix12.07.2023
ölçüsü6,1 Mb.
#119501
Bolalarning ishtimoiy mosYuldasheva Umida

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
  • MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA
  • MUTAXASISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
  • MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
  • “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi”yo’nalishi
  • 50-guruh tinglovchisi Yuldasheva Umidanning
  • “Bolalarni ishtimoiy moslashuvi ”fanidan
  • “Bolalarning MTT ga moslashishlarida pedagogning o’rni ”
  • mavzusida
  • MUSTAQIL ISHI

REJA

  • pedagog va uning jamiyatda tutgano‘rni
  • Pedagog shaxsiga qo‘yilgan talablar.
  • Pedagog shaxsini shakllantirish.

Pedagog ning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi), birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan, mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Ustozning eng buyuk burchi xalqqa nafi tegadigan, aql idrokli,qobiliyatli,uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Pedagog yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.

  • Pedagog va uning jamiyatda tutgan o‘rni
  • Pedagog ning siyosiy yetukligi bolalami tarbiyalash uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga,o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va hamkasblarining ishdagi o‘sishiga ko‘maklashishda yordam beradi.
  • Pedagog o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonunlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishikerak.
  • Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1-oktabr xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi.
  • Bu voqea davlatimizning o‘qituvchilami jamiyatda tutgan о‘mini naqadar yuksak baholashidan dalolat beradi.
  • Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri
  • shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan
  • bo‘lishi zarur.
  • Predmetni va uning nazariyasini chuqur o'rganishi bolalami ilmga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablardan biri bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat.
  • Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalami kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy pedagog-tarbiyachi bo‘la oladi.
  • Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog-tarbiyachi bo‘la olmaydi.
  • Pedagog o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
  • yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori malakali, kerakli bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo‘lishi;
  • bolalami kuzata oladigan ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalani topa olishi;
  • • yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy,
  • ixcham bolishi, ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak.
  • Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi
  • o‘ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirishi, bolalaming xulqini, xattiharakatini haqqoniy baholay olishi;
  • har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi;
  • kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi;
  • bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi;

- ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi; - bolalarga nisbatan xayrixoh bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa ovuntira olishi; - olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1997. – 64 b. 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. – 176 b. 3. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: “O’zbekiston”, 1996. – 366. 4. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”, 2011 – 440 b. 5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Oliy ta’lim. Me’yoriy – huquqiy va uslubiy hujjatlar to’plami. – T.: “Istiqlol”, 2004. – B. 3 - 8. 6. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Oliy ta’lim. Me’yoriy – huquqiy va uslubiy hujjatlar to’plami. – T.: “Istiqlol”, 2004. – B. 9 - 23.

E’TIBORINGIZ UCHUN


Yüklə 6,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə