O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Mavzu asosida mashg‘ulot ishlanmasini yozing



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#129599
1   2   3
Ikramova Feruza Matematik tasavvurlar

2.Mavzu asosida mashg‘ulot ishlanmasini yozing.


Geometrik shakllar


Mavzu: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarini farqlashga doir mashqlar
Maqsad:

  • Bolalarga kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarini farqlashni o’rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalarning kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarining o’xshash hamda farqli jihatlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar:

  • Kvadrat (bo’yi 8 sm, eni 8 sm) va to’g’ri to’rtburchak shakllari (bo’yi 5 sm, eni 8 sm).

  • Kvadrat va to’g’ri to’rtburchaklar tasvirlangan kartochkalar (o’lchami: bo’yi 6 sm, eni 10 sm).

  • Qog’oz varag’idan kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllari Tarqatma jihozlar har bir bolaga alohida beriladi.


Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, agar e’tibor bergan bo’lsangiz ba’zi geometrik shakllar o’xshash, shu bilan birga ularning farqli jihatlari ham bor. Bu shakllar nima deb ataladi?
Bolalar: To’g’ri to’rtburchak va kvadrat.
Tarbiyachi: Biz kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Bolalar qo’lingizga kvadratni oling va uning chetidan barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va burchaklarini topishadi hamda ko’rsatishadi.)
Tarbiyachi: Endi to’g’ri to’rtburchakni qo’lingizga oling va uning atrofidan barmoq yuritib chiqing. To’g’ri to’rtburchakda nimalar bor? To’g’ri to’rtburchakda va kvadratda nechtadan tomon va nechtadan burchak bor?
Bolalar tomon va burchaklarni sanab chiqadilar.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakda burchaklar soni tengmi?
Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning tomonlari nechtadan?
Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunligi haqida nima deyish mumkin? Ularning tomonlarini qanday o’lchash mumkin? Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakni ustma-ust qo’yib o’lchaymiz. Ularning tomonlari teng ekanmi? Bolajonlar, kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakning farqini bilib oldik. Demak, kvadratning hamma tomonlari teng ekan. To’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari teng bo’lib, ikki tomoni uzun, ikki tomoni kalta ekan.
Bolajonlar, hammamiz qo’limizga kvadrat shaklidagi sariq rangli qog’oz varag’ini olamiz va uni to’g’ri to’rtburchak shakliga keltirish uchun bir tomonidan ozginasini qo’limizda yirtib tashlaymiz. Kvadratimiz to’g’ri to’rtburchak shakliga aylandi.
Endi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qizil rangli qog’oz varag’ini olamiz va uni kvadrat shakliga keltirish uchun avval bir tomonidan ikkinchi tomonga teng qilib o’lchaymiz, bunda ikkita teng uchburchaklar hosil bo’ladi. Mana shu uchburchaklardan ortgan joyini chizib olamiz. Keyin chizilgan joyidan qayirib belgilab olamiz. Belgilab olgan chizig’imizdan yirtib olib tashlasak to’g’ri to’rtburchagimiz kvadrat shakliga aylanadi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Kartochkalar bilan ishlash:










1. To’g’ri to’rtburchaklarni chiziqlar yordamida birlashtirib chiqing.


2. Kvadratlarni chiziqlar yordamida birlashtirib chiqing.
3. Nechta kvadrat borligini sanang va kvadrat ichiga shuncha nuqta qo’ying.
4. Nechta to’g’ri to’rtburchak borligini sanang va to’rtburchak ichiga shuncha nuqta qo’ying.
4. Yoningizdagi o’rtog’ingizning ishini ko’rib chiqing va to’g’ri bajargan bo’lsa kvadrat, noto’g’ri bajargan bo’lsa to’rtburchak rasmini chizing.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Post” lar qo’yish.

Bolalar ketma-ket turib turib marsh qilib yuradilar. Komandir oldinda boradi. Komandir (qarsak chalib) signal berganda oxirgi ketayotgan bola darhol to’xtab, qimirlamay postda turadi, qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday qilib komandir hamma bolalarni o’zi belgilangan tartibda postga qo’yib chiqadi, natijada biror geometrik shakl hosil bo’ladi (katta va kichik kvadrat, katta va kichik to’rtburchak, uchburchak, doira va hokazo). So’ng bolalardan ular qanday shaklni yasaganliklari so’raladi. Keyin yangi komandir saylanadi va har bir bola komandir bo’lguniga qadar o’yin davom etadi.


O’yin bolalarni tinchlantiradi va uyushqoqlikni ta’minlaydi. Bolalarning geometrik shakllar to’g’risidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
Bolalarning bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning qanday o’xshash jihatlari bor?
2. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning qanday farqli jihatlari bor?
3. Kvadratni to’g’ri to’rtburchak shakliga keltirish uchun nima qilish
kerak?
4. To’g’ri to’rtburchakni kvadrat shakliga keltirish uchun nima qilish
kerak?
5. Sizga qaysi shakl yoqadi kvadratmi yoki to’g’ri to’rtburchak?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.





Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə