O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xuzhajra tuzilishi

4-rasm. 
Piyoz (
Allium cepa
) ildizi uchlari hujayralari yadrosining 
tashqi ko'rinishi (N. Gran, Stauta, D.Teylor, 1990) x 30.000.
1-yadro 
teshikchalari, 2-yakka membrana, 3-qush membrana, 4-polisomalar. 
Nukleoplazmada DNK, RNK va oqsillardan tashkil topgan xromatin 
ipchalari bor bo'lib ular bo'linayotgan hujayrada xromosomalarga aylanadi. 
Bu xromosomalarning soni har bir tur o'simlik uchun bir xildir. Meyoz va 
poliploidiya hollaridan boshqa barcha hollarda har bir tur hujayrasi 
yadrosidagi DNK miqdori doimiydir. 
O'simliklarning 
genomi
hayvon hujayralari genomiga nisbatan ko'p 
DNK tutishi bilan farqlanadi. Nukleolazmada fermentlar, kofaktorlar mavjud 
bo'lib, ular o'z navbatida DNK molekulasining replikasiyasi va 
transkripsiyasini amalga oshiradi. 
Yadrocha
. U yadrochani tashkillashtiruvchi deb atalmish DNK 
molekulasining ma'lum bir uchastkalarida shakllanadi. Yadrochadagi DNK 
uchastkalarida rRNK sintezi ro'y beradi. Uning formasi va soni o'simlikning 
ma'lum bir turida doimiydir. Tarkibida 80% oqsil, 15-16% RNK bor. 
Yadrocha RNK moddasining taqsimlanishida ishtirok etadi. Shuningdek, 
oqsillar va ribosomaning sintezlanishi yadrocha faoliyatiga tubdan bog'liq. 
Demak, yadrocha ham genetik informasiya saqlovchi organoiddir. 
Umuman yadroda genetik informasiya saqlanadi va unda DNK replikasiyasi 
ro'y beradi. Yadro sitoplazma bilan uzviy bog'liq ravishda genetik 


informasiyani amalga oshishida va hujayra hayotiy jarayonlarini nazorat qilib 
turadi. 
Endoplazmatik 
retikulum 
(ER).
Ular 
kanalcha, 
pufakcha 
sisternachalardan, konus va yarim shar shaklidagi tutashgan tanachalardan 
iborat bo'lgan, tutashgan to'r sistemasini hosil qiladi. U juda keng tarqalgan 
membrana tuzilmasidir. Membranasi 5-7 nm qalinlikda, ichki diametri esa 
30-50 nm. Ichki qismi suyuqlik bilan to'lgan (5-rasm). 
5-rasm. 
Selaginelta kaussiana
hujayralarining yadro qobig'iga parallel 
joylashgan endoplazmatik retikulumi (P.Reyvn, R.Zvert, S.Ayxorn, 1990): 
1-
yadro qobig'i, 2-endoplazmatik retikulum, 3-yadro qobig'i usmalari, 4-
polisomalar, 5-yadro qobig'i g'ovaklari.
Ularning yuzasi silliq yoki donador bo'ladi. Agarda ER yuzasida 
ribosomalar saqlasa ular donador, saqlamasa silliq ER deyiladi. Silliq ER 
membranasida asosan uglevodlar, lipidlar va terpenoidlar hosil bo'lsa, 
donador membranalarda oqsil, fermentlar sintezlanadi. Shuningdek donador 
ER membranalarida membrana qismlari hamda fermentlar sintezlanib ular o'z 
navbatida hujayra qobig'i polisaxaridlarining sintezlanishida ham qatnashadi. 
ER membranalaraning yuzasi boshqa organoidlar yuzasidan katta bo'lib 
uning o'zi hujayraning 16% hajmini egallaydi. Ularning yuzasida ribosomalar 
joylashab oqsillar sintezini ta'minlaydi (6-rasm).


6-rasm. 
Terak (
Populus deltoides
) barglari hujayrasi endoplazmatik 
retikulumining tuzilishi(Vasilev va b.1978).
1-Granulyar endoplazmatik 
retikulumning sisternalari, 2-ribosomalar, 3-Goldji apparati donachalari, 4-
diktiosomalar, 5-vakuolalar.
Uning membranasi yadro membranasi va ichki muhitdagi moddalar 
almashinuvini 
boshqaradi. 
Endoplazmatik 
to'rlar 
bir-birlari 
bilan 
plazmodesma iplari bilan tutashib umumiy hujayralararo va organoidlararo 
moddalar almashinuvini ro'yobga chiqaradi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə