O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
xuzhajra tuzilishi

Goldji apparati (GA).
Ular 7-8 nm qalinlikdagi membrana bilan 
o'ralgan diktiosomalar, vezikulalar va sistemalar to'plamidan iboratdir. Ular 
endoplazmatik to'rdan pufakchalar holda ajralib disk tayoqchalar ko'rinishida 
to'planadi. O'simlik hujayralarida bir nechtadan bir necha yuztagacha GA 
uchrashi mumkin. GA ni membranasi endoplazmatik to'r va plazmolemmi 
membranasi bilan tutashgan bo'ladi. GA plazmolemmi va hujayra kobig'ini 
shakllanishida ishtirok etadi. Shuningdek GA, vezakulalari tufayli 
hujayralarda sekretorlik ya'ni shilimshiqsimon-suyuq moddalarni chiqarib 
tashlashda ham qatnashdi. Golji apparatining diktiosomalarida gliko- 
proteinlar va gliko-lipidlar shakllanadi (7-rasm).
7-
r
asm. 
Goldji apparati tuzilishi (Aleksandrova, 1976):
 
GA membranalarida hujayra devorining sintezi uchun zarur ayrim moddalar 
ham yig'iladi. GA vezikulalari yordamida uglevodlar komponentlari 
plazmolemmaga o'tadi. Shuningdek GA membranalari plazmolemma va ER 
membranalari o'rtasida bog'lovchi bo'lib xizmat qiladi.
 
Ribosomalar.
Bular ribonukleoproteidli zarrachalar bo'lib, membranasi 
bo'lmaydi, RNK va oqsillardan tashkil topgan. Har bir hujayrada bir necha 
o'n minglab ribosoma uchraydi. Ribosomalarning har biri ikkita 
nukleoproteiddan iborat bo'lib diametri 20-30 nm. Ular katta va kichik 
bo'lakchalardan tuzilgan, bo'lib kattasining diametri odatda 12-15 nm, kichigi 
esa 8-12 nm atrofida bo'ladi. U yadrochada sintezlanadi va sitoplazmaga 
tushib mRNK molekulasida yig'iladi. Ular sitoplazmada erkin holatda yoki 
endoplazmatik to'r membranasiga ayrim hollarda yadro membranasiga 
yopishgan holatda hamda polisomalar holatida bo'lishi mumkin. 
Ribosomada rRNK, oqsil va oz miqdorda lipidlar uchraydi. 
Ribosomalar yadroda, xloroplastlar va mitoxondriyalarda uchrab ularda faqat 


oqsil sintezlanadi. Sitoplazmadagi ribosoma 80S bo'lib u 40S va 60S 
bo'laklardan iborat. Ushbu nukleoproteidlar bir biridan o'zlaridagi rRNK va 
oqsil miqdorlari bilan ham farqlanadilar. Masalan, sitoplazma ribosomasining 
40S bo'lakchasi 1 molekula rRNK va 30 molekula oqsil tutsa, 60S 3 
molekula rRNK va 45-50 molekula oqsil tutadi.
Mitoxondriya ribosomasi esa 70 S bo'lib u 50S (2 mol. rRNK) va 30S 
(1 mol. rRNK) bo'lakchalardan tashkil topgan. O'simliklarning muxtor 
organoidi xloroplastlar ribosomasi ham 70S bo'lib o'zida 3 mol. rRNK tutgan 
50S va 1 mol. rRNK tutgan 30S hamda 46% oqsildan iboratdir. 
Ribosomalarda boradigan oqsillar sintezida har xil komponentlar qatnashadi. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə