O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti abdurasulov Akobirxon Shuxratovich jahon xo‘jaligini tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari kurs ishi ilmiy rahbar


Xalqaro iqtisodiy integratsiya va tashkilotlari



Yüklə 57,28 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü57,28 Kb.
#129500
1   2   3   4
Akobirxon. Kurs ishi

Xalqaro iqtisodiy integratsiya va tashkilotlari

Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy hududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957-yildan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi).
Toʻrtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hozirgi davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika uyushmasi, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi, davlatlararo kengash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.



  1. Yüklə 57,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə