O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Asosiy qoida quyidagi mazmunga ega



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə13/15
tarix19.12.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#150903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
9YANGI

Asosiy qoida quyidagi mazmunga ega: agar siz oz boʻlsa ham bankomatdan, ortingizda navbatda turgan odamlardan yoki unchalik taniq boʻlmagan internet-doʻkondan shubhalansangiz, karta bilan har qanday operatsiyalarni bajarishni rad eting.
Karta yoʻqolishi undagi mablagʻlar yoʻqolishiga sabab boʻlmasligidan qatʼi nazar, uni naqd pulni asraganingizdek asrang. Uni qarovsiz qoldirmang va u toʻgʻrisida karta raqami, uning amal qilish muddati yoki SMS-kodi kabi hatto bank xodimlariga ham hech qanday maʼlumot bermang. Eʼtibor bering, biz faqatgina ismingizni, kartaning oxirgi toʻrtta raqamini va telefoningiz raqamini soʻrashimiz mumkin. Agar sizdan yana biror narsa talab etishayotgan boʻlsa, ehtiyot boʻling, siz oʻzini bank vakillari deb koʻrsatayotgan firibgarlar bilan aloqa qilmoqdasiz.
Maʼlumot maxfiyligi toʻgʻrisida yana ikki ogʻiz soʻz. Kartangizni suratga tushirmang va undagi maʼlumotlarni yon daftarchalar yoki boshqa qogʻoz tashuvchilariga yozmang. Moslamangizga virus tushgan holda kartadan firibgarlar foydalanib qolishi mumkin, qogʻoz varagʻi esa oʻgʻirlab olinishi mumkin.
Internetda hisob-kitob amala oshirishda 3D Secure dan foydalaning. Bu - "Verified by Visa” texnologiyasi boʻlib, u sizning tarmoqdagi xaridlaringizni mumkin qadar xavfsizlantiradi. Uning mohiyati shundaki, PIN-kod bilan birga bank tomonidan tuziladigan va karta saqlovchisi raqamiga SMS-xabar sifatida keladigan bir martalik parol kiritish kerak. 3D Secure SMS-xabarnomani faollashtirgan barcha “Kapitalbank” ATB VISA kartalari saqlovchilariga avtomat tarzda ulab beriladi. 3D Secure toʻgʻrisida batafsil bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.
Xorijda, ayrim mamlakatlarda skimming apparati kabi firibgarlik moslamasi ommabop tusga ega. U bankomat ustiga qoʻyiladigan ashyo boʻlib, uning tashqi koʻrinishini toʻliq takrorlaydi. Uning maqsadi siz kiritayotgan kartangiz PIN-kodini oʻqib olishdan iborat. Skimming moslamasi oddiy foydalanuvchi nazari ilmaydigan moslama hisoblanadi, biroq, biz ber necha tavsiyalar berishimiz mumkin.Faqat yirik savdo markazlari, bank ofislari va mehmonxonalar xollaridagi bankomatlardan foydalaning – jinoyatchilar ushbu bankomatlarni qoʻlga kirita olmaydi.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə