Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 165,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix22.03.2024
ölçüsü165,46 Kb.
#182257
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
wd4ZgWEuzLzc0kppd64OeEJn9tI3wvsG

Byudjet tashkilotlarida ish
haqini
to’lash
tartibi.
Rag’batlantiruvchi
to’lovlar. Schyotlar tizimi haqida tushuncha
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari va miqdorini, 
shuningdek boshqa qo’shimcha haq va ustama haqlarni respublika qonun hujjatlari asosida 
mustaqil ravishda belgilaydi.
Ish haqi xodimlar daromadining asosiy manbasi hisoblanadi va korxona ishining pirovard 
natijalarini hisobga olgan holda ularning ishlab chiqarishga qo’shgan mehnat hissasi bilan 
belgilanadi.
Ish haqi mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) xarajatlarining 
kattagina qismini tashkil etadi. Ish haqi ishlab chiqarish (muomala) chiqimlarining bir qismi 
sifatida mahsulot tannarxini shakllantirishga va pirovardida korxona tomonidan foyda olinishiga 
ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to’lash va bir me'yordagi ish 
sharoitidan boshqa chetga chiqishlar singari ish haqiga doir noishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish va ularga yo’l qo’ymaslikka e'tibor berish muhimdir.
Korxona buxgalteriyasining muhim vazifasi - ish haqini to’g’ri hisoblash va uni o’z vaqtida 
berishdir.
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va u imzolangandan keyin korxona 
rahbarining ishchini ishga qabul qilish to’g’risida imzolagan buyrug’i chiqarilishi bilan 
rasmiylashtiriladi.
Korxona bo’yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, unda barcha xodimlarning 
ro’yxati bo’lib, ular maoshining miqdori ko’rsatiladi.


Xodimlar bo’limida har bir xodimga shaxsiy varaqa to’ldiriladi, rahbar xodimlar va 
mutaxassislarga shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel 
raqami beriladi. Keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga 
ushbu raqam qo’yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy hisobvaraqa ochiladi, 
unda xodimning ish haqi to’g’risidagi ma'lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.

Yüklə 165,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə