O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti



Yüklə 291,11 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü291,11 Kb.
#107573
  1   2
Akramova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


ANDIJON FAKULTETI
“SMMT yo’nalishi I bosqich talabasi
AKRAMOVA MUHARRAMOYning
“Iqtisodchilar uchun matematika fanidan tayyorlagan


Mustqil ishi

Bajardi: Akramova. M


Tekshirdi: Kuchkarov. M


Andijon – 2023-y.
Mavzu: Qavariq tо‘plamlar. Tо‘plam chegarasi
Reja:

  1. To‘plam tushunchasi, uning elementi, berilish usullari.

  2. Qavariq toplamlar va ularga misollar

  3. Qavariq toplamlar bilan qavariq funksionallar orasidagi bog’lanish


1.To‘plam tushunchasi, uning elementi, berilish usullari.
To‘plam tushunchasi – matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u ta’riflanmaydigan, faqat misollardagina tushuntiriladigan tushunchadir. Masalan, auditoriyadagi talabalar to‘plami, to‘g‘ri chiziqdagi nuqtalar to‘plami, kitobning ma’lum betidagi nuqtalar to‘plami, kitobning ma’lum betidagi harflar to‘plami, O‘zbekistondagi viloyatlar to‘plami, Quyosh sistemasidagi planetalar to‘plami, biror aylanada yotuvchi nuqtalar to‘plami va hokazo.
To‘plamni tashkil qiluvchi obyektlar uning elementlari deyiladi. To‘plamlarni A, a, a, A yoki A harflari bilan belgilaymiz. To’plam bir qancha elementlardan iborat bo’lishi mumkin, quyidagi yozuv:
aÎA (1)a elementni A to’plamga tegishliligini bildiradi.
a A (2) a elementni A to’plamga tegishli emasligini bildiradi, yoki mantiq belgisidan foydalangan holda   ko’rinishda yozishimiz mumkin. Agar aÎA bo’lsa, u holda a element A to’plamga tegishli deyiladi[1].
Hajmlilik aksiomasiga ko’ra to’plam elementlarini quyidagicha belgilashimiz ham mumkin,
, (3)bunda, A to’plam tarkibida 1 soni va a,t,x harfiy belgilar kiradi.
To’liqlik Aksiomasiga ko’ra to’plam elementlari soni uning tarkibiga kiruvchi elementlar bilan aniqlanib ularning qanday tartiblanganiga bog’liq emas.
(3) A to’plam to’plam bilan ham va  to’plam bilan ham bir xildir.
To’plamlar asosan ikki xil usulda beriladi:
 1) elementlarining ro’yxati bilan; 
 2) elementlarining xarakteristik xossasi bilan
Masalan, A={qizil; sariq; yashil}- ro’yxati,
A={svetofor ranglari to’plami}- xarakteristik xossasi.
Elementarlarining soniga ko‘ra to‘plamlar 3 turli bo‘ladi: chekli to‘plamlar; cheksiz to‘plamlar va bo’sh to’plamlar.
Masalan, auditoriyadagi talabalar to‘plami-chekli to‘plam, barcha natural sonlar (1, 2, 3, ...) to‘plami esa cheksiz to‘plam.
Matematikada ko‘pincha sonli to‘plamlar, ya’ni elementlari sonlardan iborat bo‘lgan to‘plamlar ishlatiladi. Maktab matematika kursidan bilamizki, ular ma’lum belgilar bilan belgilanadi: N – barcha natural sonlar to‘plami; Z – barcha butun sonlar to‘plami; Q – barcha ratsional sonlar to‘plami; R – barcha haqiqiy sonlar to‘plami C – barcha kompleks sonlar to‘plami.
Odatda to‘plam elementlarini ko‘rsatib yozish uchun katta qavs (figurali qavs – {}) dan foydalaniladi. Masalan,
N = {1, 2, 3, …..n, ….}
Z = {…., -n, …., -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ….., n, …..}
Chekli to‘plam bitta yoki bir nechta elementdan tashkil topgan bo‘lishi yoki hatto bitta ham elementga ega bo‘lmasligi mumkin. Bitta ham elementga ega bo‘lmagan to‘plam bo‘sh to‘plam deyiladi va {Ø} belgi bilan belgilanadi.
Masalan, ma’lum auditoriyadagi talabalar ichidan familiyalari A harfi bilan boshlanadigan talabalar to‘plamini qaraylik. Bu to‘plam bitta yoki bir nechta elementli yoki hatto bo‘sh to‘plam bo‘lishi mumkin.

Yüklə 291,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə