O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


MAVZU: UMUMIY PEDAGOGIKA-TA’LIM TARBIYA NAZARIYASI. UMUMIY PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə2/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
majmua

1. MAVZU: UMUMIY PEDAGOGIKA-TA’LIM TARBIYA NAZARIYASI. UMUMIY PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI.
Reja:
1.Pedagogika predmeti
2. Pedagogika fanining vazifalari
3.Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
4.Pedagogik kuzatish metodi.
5.Suhbat metodi


1.Pedagogika predmeti.Pedagogika (yunoncha “paidagogike” bo‘lib, “paidagogos”-“bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyat-lari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimi-ga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ko‘p sonli fanlarning ta’limni o‘rganishdagi ijtimoiy fenomeni sifatidagi hissasi shubhasiz bebaho va zarurdir. Biroq bu fanlar insonning kundalik o‘sishi va rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘l-gan, o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘z rivojlanish davridagi o‘zaro munosabatlari va unga mos institutaviy struktura bilan bog‘liq ta’limning tub jihatlariga daxl qilmaydi. Va bu tamomila haqqo-niy,chunki maxsus jihatlarni o‘rganish obyekt (ta’lim) ning shunday qismini aniqlaydiki, buni maxsus fan pedagogika o‘rganishi kerak.
Pedagogika ‒ bu aniq maqsadlar asosida maxsus ijtimoiy institutlar (oila, ta’lim va madaniy tarbiyaviy muassasalar) da tashkil etilgan aniq yaxlit pedagogik jarayon sifatidagi ta’limdir.
Pedagogika bu holda o‘zini pedagogik jarayon (ta’lim)ning mohiyati, qonuniyatlari, tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini 5
o‘rganuvchi fan sifatida namoyon etadi. Shu asosda pedagogika uni tashkil etining nazariya va texnologiyalarini, pedagog faoliyati (pedagogik faoliyat) ning shakli va rivojlantirish metodlarini va o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlaridagi strategiya va usullarini ishlab chiqadi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə