O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti “tasdiqlayman”



Yüklə 65,59 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü65,59 Kb.
#145931
1   2   3   4
DASTURLASH SILLABUS sirtqi

Kreditlarni olish uchun talablar:


Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tо‘la о‘zlashtirish, tahlil natijalarini tо‘g‘ri aks ettira olish, о‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bо‘yicha test(yozma ish)ni topshirish.
Andijon mashinasozlik institutida kredit-modul tizimi asosida tahsil olayotgan talabalar bilimini baholash shartli ravishda 2 qismga, ya’ni dastlabki va asosiy baholash koʻrinishida 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Dastlabki baholashga 50 ball va asosiy asosiy baholashga 50 ball ajratiladi.

  1. Dastlabki baholash.

      • talabaning ma’ruza mashgʻulotida olgan bilimini baholash.

      • talabaning amaliy yoki seminar mashgʻulotda olgan bilimini baholash.

      • talabaning laboratoriya mashgʻulotida olgan bilimini baholash.

      • talabaning mustaqil ta’lim davomida topshiriqlarini bajarishda olgan bilimini baholash.

      • talabaning kurs ishi (loyihasi) va hisob-grafik ishlarini bajarishda olgan bilimini baholash (oʻquv rejasida KI (KL) yoki HGI rejalashtirilmagan fanlar bundan mustasno).

    1. Talaba nazorat uchun qoʻyilgan talablarning kamida 60% ni bajarsa ijobiy baholanadi. Bunda:

      • ma’ruza mashgʻulotlari davomida oraliq nazorat ishlari olish orqali baholanadi (fanga ajratilgan soatlar 36 soatni tashkil etsa 1 marotaba, 72 soat va undan yuqori boʻlsa 2 marotaba ON oʻtkaziladi).

      • amaliy va seminar darslarida, topshiriqlarni bajarishi hamda faol ishtiroki uchun baholanadi;

      • laboratoriya mashgʻuloatlarida belgilangan tajribalarni oʻtkazishi, hisob- kitob ishlarini bajarishi hamda tajribani nazariya bilan bogʻlay olishi orqali baholanadi;

      • talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi yoki taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoya qilishi orqali baholanadi;

      • kurs ishlari (loyihalari) va hisob-grafik ishlari esa oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi va uning himoyasi orqali baholanadi.

    1. Dastlabki baholashni rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Dastlabki baholash qaydnomasi dars mashgʻuloti olib borgan professor-oʻqituvchi tomonidan imzolanadi (ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslari turli professor-oʻqituvchilarga taqsimlangan taqdirda ma’ruzachi imzolaydi va javobgar hisoblanadi).

    2. Dastlabki baholash 50 ballik tizimda baholanadi. Dastlabki baholashning oʻrtacha koʻrsatkichi, talaba toʻplash imkoniyati mavjud boʻlgan eng yuqori koʻrsatkichning 60% (oʻtish bali 30 ballni tashkil etadi) va undan yuqori natijaga erishgan taqdirdagina yakuniy nazoratga kiritiladi.

    3. Dastlabki baholashda toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 50 ballning baholash bandlaridagi ulushi foizlar (%) hisobida 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadi.

    4. Dastlabki baholashdagi umumiy 50 ballni taqsimlash va uning mezonlarini ishlab chiqishga kafedra mudirlari va fan oʻqituvchilari javobgar hisoblanadi. Har bir fan oʻqituvchisi oʻz fanining xususiyatidan kelib chiqib, mezon ishlab chiqadi va fan boʻyicha dars mashgʻulotlari boshlanishidan oldin barcha talabalaraga baholash tartibi va mezonini tushuntiradi.

    5. Asosiy baholash. Bunda talaba oʻrnatilgan tartib asosida fan boʻyicha yakuniy nazorat topshiradi. Yakuniy baholash 50 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy nazorat boʻyicha talaba toʻplash imkoniyati mavjud boʻlgan eng yuqori koʻrsatkichning kamida 60% ni (oʻtish bali 30 ballni tashkil etadi) toʻplashi shart.

    6. Talaba butun semestr davomida oʻzlashtirish natijalariga koʻra ball yigʻib boradi va dastlabki baholash natijalari hamda asosiy baholash ballari, oʻqituvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3069) bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limda talabalar

oʻzlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash” jadvaliga asosan baho koʻrinishiga oʻtkazilib “HEMIS” elektron platformasiga kiritiladi.


1-ilova





Yüklə 65,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə