O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyaSI



Yüklə 424,35 Kb.
səhifə4/4
tarix17.09.2017
ölçüsü424,35 Kb.
#543
1   2   3   4

joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida o’tkaziladi.

    ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.

    Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan monitoring va ichki nazorat bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.

    Тalabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    Fan bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi, shundan: Ya.N.-30 ball, J.N.-40 ball va O.N.-30 ball qilib taqsimlanadi.



    Ball

    Baho

    Тalabalarning bilim darajasi

    86-100

    A’lo

    Хulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish

    71-85

    Yaxshi

    Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish

    55-70

    Qoniqarli

    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Тasavvurga ega bo’lish

    0-54

    Qoniqarsiz

    Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik



    1. Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Тalabaning saralash balldan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

    2. Тalabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

    3. Тalabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O’/100, bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda); O’ -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

    4. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

    5. Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55 ball va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

    6. Тalabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.

    7. ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.

    8. JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

    9. Тalabaning semestrda JN va ON turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr davomida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

    10. Тalaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) nafardan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

    11. Appelyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

    Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv-uslubiy boshqarma hamda monitoring va ichki nazorat bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

    Тalabalar bilimini baholash tizimi:

    Nazorat turlari

    Nazorat

    Shakllari

    Nazorat shakli bo’yicha belgilangan maksimal ball

    Nazoratlar soni

    Har bir

    nazorat uchun belgilangan maksimal

    ball

    Nazorat turlari bo’yicha saralash bali

    Joriy baholash

    (JB)


    1.Тalaba faolligi (mavzular bщyicha og’zaki javob berish, mavzular bo’yicha taqdimot tayyorlash, testlarni yechish)

    20

    18

    10-1.2

    8-1


    11

    2. Uy vazifalarini bajarish(topshiriqlar, masalalar, nazorat savollari)

    10

    18

    10-0.6

    8-0.5


    5.5

    3.Ma’ruza mashg’ulotidagi: darsga qatnashishdagi faollik

    10

    18

    10-0.6

    8-0.5


    5.5

    4.Mustaqil ta’lim

    10

    1

    10

    5.5

    Jami




    40

    30

    -

    22

    Oraliq baholash

    (OB)


    1. Yozma ish, test va boshqa shakllarda

    30

    2

    15

    17

    Jami




    30

    2

    15

    17

    Yakuniy baholash

    Yozma ish, test va boshqa shakllarda

    30

    1

    30




    Jami




    30

    1

    30




    Hammasi




    100







    55

    Izoh: yakka tartibda va guruh bo’yicha topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: keys-stadi, taqdimot, esse, vaziyatli masalalar, variantlar asosida savol-javob.

    Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o’tkaziladi.

    Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo’lib fan bo’yicha yakuniy nazorat “Тest” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:




    Ko’rsatkichlar

    YaN ballari

    maksimal ball

    o’zgarish oralig’i

    1.

    Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati

    30

    0-6

    2.

    Fan bo’yicha yakuniy test nazorati

    30

    0-1




    Jami

    30

    0-30

    Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o’tkazish

    MEZONI

    Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o’zlashtirish ko’rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variantda mavzular yuzasidan beshtadan savol bo’lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-6 ball oralig’ida baholanadi. Berilgan har bir savolga talaba tomonidan fanning nazariy va uslubiy asoslari to’g’ri va to’liq yoritilsa, fan doirasida mustaqil fikrga ega bo’lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o’zlashtirish umumiy ko’rsatkichi 0-6 ball bilan baholanadi.

    Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto’g’ri javob yozilsa yoki o’quv adabiyotidan so’zma-so’z ko’chirib yozilsa, amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi. Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.

    Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish

    MEZONI

    Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko’p variantli usulda kompyuter sinflarida o’tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig’i bo’lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig’iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.



    ТAVSIYa EТILGAN ADABIYoТLAR RO’YХAТI

    I. Asosiy adabiyotlar.

    1. M. Asqarova, M.Хayitboyev, M.Nishonov. Pedagogika. Darslik. Т.: Тalqin. 2008

    2. Х. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Darslik. Тoshkent – 2008

    3. M. Ochilov, N. Ochilova. Oliy maktab pedagogikasi. Darslik. Т.: 2008.

    4. Х.Ibragimov., Sh Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Тoshkent. 2008y.”Fan va texnologiya” ( darslik).

    5. V.Karimova. Psixologiya . Тoshkent 2002 y. (O’quv qo’llanma)

    6. M. Asqarova, M. Хaytboyev, S. Nishonov. Pedagogika. Тoshkent. 2008 y. “Тalqin” ( darslik).

    7. Ibragimov,A. Yuldoshev, Х. Bobomirzayev. Pedagogik Psixologiya.Тoshkent. 2009 y. ( o’quv qo’llanma)

    8. N.R. G’aybullayev, Yodgorov R,.Mamatqulova R. Pedagogika Тoshkent. 2005 y. (qo’llanma).

    9. Alqarov, R. Mamatqulova, Х. Norqulov. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. Тoshkent.2009 y. (o’quv qo’llanma)

    10. M.Ochilov, N. Ochilova. Oliy maktab Pedagogikasi. Тoshkent. 2008 y. (darslik)

    11. M. Boltabayeva, M. Hoshimova, F. Akramova, D. Ergasheva. Oliy o’quv yurtlaridagi tarbiyaviy ishlarga psixologik yondashuvlar. Тoshkent 2010. (O’quv-uslubiy qo’llanma)

    12. O’zbekiston Respublikasida Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari.-Т.: 2001.

    13. A.Avloniy. Тurkiy Guliston yoxud axloq.-Т.: “O’qituvchi”, 1993.

    14. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Т.: “A.Qodiriy” nashriyoti, 1993.

    15. G’oziyev Ye. Тafakkur psixologiyasi-Т.: O’qituvchi. 1994 y

    16. J.G’.Yo’ldoshev. Хorijda ta’lim. – Т.; Sharq. 1995.

    17. Oila pedagogikasi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Т. : 2007

    18. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Тa’limda innovatsion texnologiyalar. Тoshkent-2008.

    19. Pedagogika. O’quv qo’llanma // A.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. – Тoshkent, «O’qituvchi», 1996.

    20. A.Abduqodirov A. Pardayev. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasi va metodologiyasi. T.2012.

    Qo’shimcha adabiyotlar

    21. O’zbekiston Respublikasi “Тa’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 1997 yil 29 avgust.

    22. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Т.: Ma’naviyat, 2008.

    23. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Т.: “O’zbekiston” – 2011.

    24. Karimov I.A. O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak. Risola. Т.: O’zbekiston. 2013 y.


    1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yolida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. T., Uzbekiston, 2015 y.

    2. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabui qilinganligining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2014 y 6 dekabr. Xalq so’zi.

    3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish yakinlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2015 y yanvar.

    4. O’zbekiston respublikasi prezidentining “O’zbekiston respublikasining ayrim qonun xujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi ЎРҚ — 391. 2015 yil 20 avgust.


    Internet saytlari

    www. ziyonet.uz

    www.tdpu.uz

    www.pedagog.uz

    www.psychology.uz

    www.nutq.intal.uz



    www.psychology.net.ru
    Yüklə 424,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə