O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə5/165
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#110953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
9ac1019e71f9854120b6450c7dbb5687 KONFLIKTOLOGIYA FANINING O’QUV USLUBIY MAJMUA

kasbiy faoliyat turi – ta`lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob`ektiga ta`sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetentsiya – ma`lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati;
modul – tarbiyalash va o’qitishga yo’naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo’lgan o’quv fani (kursi) yoki o’quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi;
ta`lim yo’nalishi – muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta`lim dasturlarining majmui;
kasbiy faoliyat ob`ekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yo’naltirilgan tizimlar;
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat ob`ektlarining majmui;
bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta`minlashga yo’naltirilgan o’quv rejasi, o’quv kurslari, predmetlari, fanlari (modullari)ning dasturlari, malakaviy amaliyotlar dasturlari, o’quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta`lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta`minlovchi o’quv-uslubiy majmulari metodik materiallar;
profil’ – asosiy ta`lim dasturining aniq kasbiy faoliyatning muayyan turi yoki ob`ektiga yo’nalganligi;
o’quv-o’rganish natijalari – o’zlashtirilgan bilimlar, amaliy malakalar, ko’nikmalar majmui;
o’quv tsikli – mos ilmiy yoki kasbiy faoliyat doirasidagi bilimlar va amaliy malakalarni o’zlashtirish va ko’nikmalarni shakllantirishni ta`minlovchi asosiy ta`lim dasturlaridagi fanlarning majmui.
ARM - axborot resurus markazi;
ITI - ilmiy tadqiqot ishlari;
OTM - oliy ta`lim muassasasi;
O’UM - o’quv-uslubiy majmua.
3 Ta`lim yo’nalishining tavsifi


3.1 Ushbu ta`lim yo’nalishini qamrab oluvchi oliy ta`limning asosiy ta`lim dasturlari amalga oshiriladi, uni nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma`lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat (lar) beriladi
3.2 Asosiy ta`lim dasturining me`yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə