O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Qo’shimcha qiymat nazariyasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Qo’shimcha qiymat nazariyasi.
 
Qiymatni aniqlab va qiymat qonunini ta’riflab bergach, K.Marks qo’shimcha 
qiymatni tahlil qilishga o’tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. 
Bu erda asosiy savol tug’iladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» printsipi bo’yicha 
barcha mahsulotlar o’z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda qo’shimcha qiymat qanday 
hosil bo’ladig’ Marks ta’limoti bo’yicha u quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul kapitalga aylanadi. 
Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-tovar), ya’ni boshqa bir tovarni 
sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish 
uchun tovarni sotib olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o’rtasida har xil foydalilik 
ayirbosh qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. Demak, 
P’>P bo’lishi kerak. Bu o’sish qaerdan keladig’ (Marks uni «qo’shimcha qiymat» deb 
ataydi). Qo’shimcha qiymat tovarlar muomalasida paydo bo’lmaydi, chunki tovar 
ekvivalentli ayirboshlanadi, qo’shimcha qiymat bahoning ustiga qo’shib sotishdan 
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo’lganda xaridor va sotuvchilarning o’zaro 
yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo’lar edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida 
emas, balki ommaviy, o’rtacha, ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo’shimcha qiymat 
olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog’i kerakki, 
bu tovar iste’mol qiymatining o’zi qiymat manbai bo’lishdek orginal bir xususiyatga 
ega bo’lsin», u shunday tovar bo’lishi kerakki, bu tovarni iste’mol qilish jarayoni 
ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham bo’lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. 
Ishchi kuchining iste’mol qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi 
ishchi kuchini uning o’z qiymati bo’yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari 
qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o’z ishchi kuchi qiymatidan ortiqcha qiymat yaratish 
xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun bo’yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 
soat mobaynida (Marks atamasi bo’yicha «zarur ish vaqtida») o’z qiymatiga teng 
qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo’shimcha ish vaqtida») esa 
qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo’shimcha 
qiymatni haq to’lamasdan o’zlashtirib oladi. K.Marks bo’yicha, kapitalist tomonidan 
qo’shimcha qiymatning o’zlashtirib olinishi mehnatning eksplutatsiya qilinishidir. 
K.Marks o’zi ishlab chiqqan «formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, 
ya’ni eksplutatsiya normasini ko’rsatib berdi. Qo’shimcha qiymatning ishchi kuchi 
qiymatiga - o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbatini (mashinalar va xom ashyoda 
ifodalangan doimiy kapital esa o’z qiymatini faqat yangi mahsulotga o’tkazishi 
mumkin, lekin qo’shimcha qiymat yaratmaydi) u qo’shimcha qiymat normasi deb 
atadi. Uning yozishicha, «qo’shimcha qiymat normasi ishchi kuchining kapital 
106 


tomonidan, yoki ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining 
aniq ifodasidir». Qo’shimcha qiymat normasi yangidan yaratilgan qiymatning 
kapitalist bilan yollanma mehnat o’rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek ish 
kunining qancha qismida ishchi o’zi uchun va qancha qismida kapitalist uchun 
ishlashini ko’rsatib beradi. 
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o’z ishchi kuchi 
qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo’shimcha ish vaqti»da esa qo’shimcha qiymat 
yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ishlaydi: kapitalist qo’shimcha ish vaqtini 
uzaytirishga harakat qiladi. Unga erishishning ikki yo’li mavjud: ish kunini
uzaytirish va zarur ish vaqtini qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo’li bilan 
olinadigan qo’shimcha qiymatni K.Marks «absolyut qo’shimcha qiymat» deb atadi. 
«Absolyut qo’shimcha qiymat hosil qilish, - deb yozadi u, - ish kunini ishchi faqat 
o’z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan chegaradan nariga 
uzaytirishdan va bu qo’shimcha mehnatni kapitalning o’zlashtirib olishdan iborat». 
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo’shimcha ish vaqtini 
uzaytirish yo’li bilan olinadigan qo’shimcha qiymatni K.Marks nisbiy qo’shimcha 
qiymat deb atadi. Bu erda shu narsaga e’tibor berish kerakki, ya’ni qiymat qonuniga 
xilof ish qilmaslik uchun, ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi uchun kapitalist 
ishchi kuchi qiymatiga nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga zarur ish vaqtini 
qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish va samarali 
texnika va texnologiyani qo’llash tufayli mehnat unumdorligini oshirish yo’li bilan 
bunga erishish mumkin. 
Kapitalist o’z foydasini ko’paytirish maqsadida fan va texnika yutuqlaridan 
ishlab chiqarishda ko’proq foydalanishga harakat qiladi. Ayrim kapitalistlar 
tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini amaliyotda qo’llash o’rtacha ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foydani ko’paytirish 
imkonini beradi. Bu erda «ortiqcha qo’shimcha qiymat» vujudga keladi. Ammo 
raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab 
chiqarishda qo’llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha qo’shimcha 
qiymat yo’q bo’lib ketadi. Demak, qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni 
yangi texnika va texnologiyalarni qo’llashga undaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə