103
kechirish qoidalari, ezgu fazilatlari bilan bogʻliq gʻoyalar ilgari surildi. 7.
Yunon falsafasida mantiqiy, axloqiy va estetik qarashlarning oʻzaro ajralishi
roʻy berdi. Ammo, shunga qaramay, Yunon mutafakkirlari oʻz ta‘limotlarida
ularni asoslanmagan tarzda aynanlashtirishga moyil edilar. 8. Abstrakt
mushohada yuritish qadimgi Yunon falsafasining oʻziga xos xususiyati
boʻlib, antik mutafakkirlar dunyoqarash masalalarini tabiat, inson va xudoni
yaxlit tarzda idrok qilgan holda hal qilishga uringanlar.
Shu ma‘noda ularning ta‘limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash
harakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan.
Mifologiya hamma narsa nimadan tugʻilganligi bilan qiziqsa, Yunon
faylasuflari dunyoda roʻy berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi-
ibtidosi nima ekanligini aniqlashga intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon
faylasuflarining deyarli barchasi barcha hodisa va jarayonlarning birinchi
sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda ayrimlari bilish muammolari
bilan shugʻullanganlar.
Dostları ilə paylaş: