O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


(a,b)-rasm. Rangli metall chiqindisi va qo‘ymasi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

1.9.(a,b)-rasm. Rangli metall chiqindisi va qo‘ymasi 
Bu mahsulotlarning hammasini sifatiga Davlat attestatsiyasi tomonidan 
birinchi toifa berilgan. «Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta 
ishlash zavodi» OAJning eng muhim vazifalari va funksiyalari deb quyidagilar 
hisoblanadi: 
- rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda qayta ishlash
respublika iste‘molchilarining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda eksportga etkazib 
berishni kengaytirish uchun ulardan prokat, qotishmalar va tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish; 
- mavjud qayta ishlaydigan quvvatlarni modernizasiyalash va texnik jihatdan 
qayta qurollantirish, rangli metallarni qayta ishlashning zamonaviy yuksak 
samarali uskuna va texnologiyalarini tatbiq etish; 
- rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda ularni temir-tersak 
topshiruvchilardan qabul qilish, shu jumladan rangli metall parchalari va 
chiqindilari muntazam hosil bo‗lib turadigan yuridik shaxslar bilan fyuchers 
shartnomalarini tuzish yo‗li bilan tayyorlash va qabul qilishning aniq-puxta 


35 
tizimini tashkil qilish;- topshiriladigan rangli metall parchalari va chiqindilari 
uchun faqat yuridik shaxslar - temir-tersak topshiruvchilar tomonidan temir-tersak 
hamda chiqindilar topshirilishini rag‗batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar 
bo‗yicha hisob-kitoblar tizimini joriy etish. 
«Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» 
OAJga hududlarda rangli metall parchalari va chiqindilarini yig‗ish, qabul qilish va 
birlamchi qayta ishlash bo‗yicha zamonaviy uskunalar, yuk ko‗tarish va transport 
vositalari bilan jihozlangan filiallarini yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etish huquqi 
berilgan. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlari, O‗zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‗jaligi 
vazirligi, Mudofaa vazirligi, "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-hissadorlik 
kompaniyasi, "O‗zbekiston havo yo‗llari" milliy aviakompaniyasi, "O‗zbekenergo" 
davlat-hissadorlik kompaniyasi, "O‗zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi, 
O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda boshqa idora va 
tashkilotlarning rahbarlari rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilari 
aylanishi borasida o‗rnatilgan tartibga rioya etilishini ta‘minlash uchun shaxsan 
javobgar hisoblanadi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə