O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


-rasm. O‘zbekiston metall kombinati



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

1.2-rasm. O‘zbekiston metall kombinati 
O‗tgan asrning 70-yillarida elektropo‗lat eritish sexi, idishlarni po‗lat bilan 
emallash sexi qurilib, ishga tushirildi, 80-yillarda navlarga qarab prokat qilish 
sexini qurilishi boshlandi, 90-yillarda quvur payvandlash sexi, 67 va 100 mm li 
maydalovchi sharlarni navlarga qarab prokat qilish stani bunyod qilindi. 


22 
Respublikada metallurgiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan 
kombinatda elektropo‗lat eritish sexini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga 
etkazilmoqda. Po‗lat quyishni yangi texnologiyasini tadbiq qilish uchun «pech-
kovsh» uskunasi ishga tushirildi, mavjud pechlar o‗rniga yillik ishlab chiqarish 
unumdorligi 500 ming tonna bo‗lgan yangi avlod pechlarini ishga tushirishga 
kirishildi. 2001 yilning avgustida 120 mm li maydalovchi sharlarni ishlab 
chiqaruvchi - shar prokat qilish stanini ishga tushirilishi, respublikani bunday 
mahsulotlarga bo‗lgan talabini to‗liq ta‘minladi.
1.3-rasm.Q‘zluksiz po‘lat quyish sexi 
Qora metall temir-tersaklari va chiqindilari dastlab navlarga ajratilib, turli xil 
iflosliklardan tozalanadi. So‗ngra elektr po‗lat eritish pechlarida eritilib, №2 va 
№5 markali po‗lat olinadi. Bu po‗latlarda turli xil uy-ro‗zg‗or buyumlari, qurilish 
ashyolari, armaturalar, burchaklar, shvellerlar, kon-metallurgiya sanoati uchun 
po‗lat sharlar, uy-ro‗zg‗or buyumlari ishlab chiqariladi.
Kombinat chiqarayotgan hamma mahsulotlar milliy sertifikatlash sistemasi 
tomanidan sertifikatlangan. 2001 yilda kombinat ISO 9002 xalqaro standartiga ega 
bo‗lishi, u chiqargan mahsulotlarni dunyo tomonidan tan olinishiga olib keldi. 
Kombinat chiqarayotgan metall prokat mahsulotlari yaqin va uzoq xorij 
davlatlariga etkazib berilmoqda. "O‗zmetkombinat" HICHB ishlab chiqarishini 
2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta 


23 
jihozlash dasturi to‗g‗risida O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 
iyulda PK-669-son qarori chiqdi. Bu qarorda ishlab chiqarish quvvatlaridan 
samarali hamda oqilona foydalanish, yuqori sifatli, eksportga mo‗ljallangan va 
import o‗rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‗payishini 
ta‘minlaydigan zamonaviy serunum uskunalar bilan jihozlash hisobiga 
"O‗zmetkombinat" hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini yanada barqaror va 
mutanosib tarzda rivojlantirish maqsadida quyidagilar "O‗zmetkombinat" 
hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini 2011 yilgacha bo‗lgan davrda 
modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturining eng 
muhim vazifalari deb hisobladi: 
- ishlab chiqarish quvvatlarini maksimal ish bilan band etish hisobiga po‗lat va 
qora metallar prokati ishlab chiqarishni o‗stirishning barqaror, yuqori sur‘atlariga 
erishish; 
- respublika konchilik sanoati ehtiyojlarini to‗la qondirish uchun maydalash 
sharlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish; 
- ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori likvidli mahsulotlarning yangi 
turlarini ishlab chiqarishni o‗zlashtirish; 
- kombinatning eksport salohiyatini o‗stirgan holda, ishlab chiqariladigan 
mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish; 
- ilg‗or texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hisobiga 
yoqilg‗i-energetika resurslarini iste‘mol qilishni, mahsulot tannarxini kamaytirish. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya 
dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda «O‗zmetkombinat» HICHB ishlab 
chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik 
qayta jihozlash dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda, 
yangi mahsulot turlarini o‗zlashtirishga, ularni eksport qilish va import o‗rnini 
bosish hajmlarini oshirishga qaratilgan loyihalar kiritilishini ta‘minlash, mahalliy 
xom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta‘minlash bo‗yicha 


24 
maxsus komissiya, ilgari import bo‗yicha keltirilgan, yiliga 6 ming tonna po‗lat 
sim va yiliga 500 tonna payvandlash elektrodlari ishlab chiqarish bo‗yicha 
loyihalarni belgilangan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish, xorijiy 
investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish bo‗yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga O‗zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot 
vazirligi 
bilan 
"O‗zmetkombinat" HICHBning birgalikdagi 
taqdimnomasi bo‗yicha "O‗zmetkombinat" HICHBni 2007-2011 yillar davrida 
modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga, metall 
mahsulotlarining eksportga mo‗ljallangan va import o‗rnini bosadigan turlarini 
ishlab chiqarish bo‗yicha yangi investitsiya loyihalari qo‗shilishini nazarda tutgan 
holda aniqliklar va qo‗shimchalar kiritishga ruxsat berildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zmetkombinat» HICHB ishlab 
chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiya, texnik va texnologik qayta 
jixozlash to‗g‗risidagi» qarori bilan tasdiqlangan modernizasiya, texnik va 
texnologik qayta jixozlash bo‗yicha investitsion loyixalar ro‗yxati: 
1) 2-navli prokat sexida qattiq eritmali vallarda prokatlashning yangi 
texnologiyalarni o‗zlashtirish. Bu prokat mahsulotining assortimentini 
kengaytirishga va elektr energiyasi va tabiiy gazning solishtirma sarfini 
kamaytirishga olib keldi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi. 
2) yillik ishlab chiqarish quvvati 500 tonnani tashkil etadigan payvandlash 
elektrodlarning ishlab chiqarishini tashkil etish. Mazkur loyihani ishga tushirishi 
bilan mahsulotning yangi turi-payvandlash elektrodlari o‗zlashtirildi. Mazkur 
loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi. 
3) yillik ishlab chiqarish quvvati 6 ming tonnani tashkil etadigan po‗lat 
simlarni ishlab chiqarish sexida po‗lat simlarini ishlab chiqarilishi yo‗lga qo‗yildi. 
Bu yangi turdagi mahsulotni, ya‘ni ko‗ndalang kesimi 2-8 mm bo‗lgan po‗lat 
simlarni ishlab chiqarilishi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi. 
4) po‗lat eritish korxonaning shlak uyumlarini qayta ishlash yangi 
texnologiyasi o‗zlashtirildi. Bu esa yiliga 8000 tonna miqorida qo‗shimcha 
metallolomni chiqarishga, xududlarda ekologik holatni yaxshilashga va sement 


25 
sanoati korxonalari uchun shlaklarni sotishga olib keladi. Mazkur loyiha 
bo‗yicha ishlar 2008 yilda tugatildi. 
5) 4-sonli DSP-100 UMK elektrda po‗lat eritish pechining pech 
transformatorini almashtirilishi bilan modernizasiyalash. Bu pech unumdorligini 
yilliga 100 ming tonnaga oshirishga va quvvatini yilliga 650 ming tonnagacha 
etkazilishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
6) DSP-100 UMK elektrda po‗lat eritish pechining gaz tozalash o‗rnatmasini 
qayta ta‘mirlanishi. Bu po‗latni eritishda tashlanishlarni tozalashining 
samaradorligini oshirishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2008 yilda 
tugatildi. 
7) 2-navli prokat sexining (uslubli) metodik pechini qayta ta‘mirlash. Bu esa 
tabiiy gazni iqtisodini va mahsulotning tannarxini tushirishiga olib keladi. Mazkur 
loyiha bo‗yicha ishlar 2009 yilda tugatildi. 
8) po‗lat zoldirlarini ishlab chiqarish hajmini yilliga 160 tonnagacha etqazish 
bilan po‗lat zoldirlar stanini modernizasiyalash. Bu tog‗-metallurgiya 
korxonalarning va sement sanoati korxonalarining po‗lat zoldirlarga bo‗lgan 
extiyojini ta‘minlaydi. Zoldir prokat stanini qayta ta‘mirlash bo‗yicha ishlari 2008 
yilda tugatildi. 
9) eskirgan asbob uskunalarni almashtirish. Bu kombinat sexlarining asbob 
uskunalarini yangilanishiga olib keladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2007-
2011 yillarga mo‗ljallangan.
Barcha 2007-2011 yillar davriga mo‗ljallangan ―O‗zmetkombinat‖ HICHBda 
ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi 
bo‗yicha investitsion loyihalar kombinatning o‗z mablag‗lari hisobiga amalga 
oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni o‗z ichiga bir necha korxonani oladi: elektrda 
po‗lat eritish, prokat, hamda ikkilamgi qora metall tayyorlash va qayta ishlash 
uchastkasi. Po‗lat eritish prokat ishlab chiqarish texnolgiyasining tavsifi 
quyidagicha: 
Birlamchi materiallar: 
1) po‗latni eritish uchun asosiy material GOST 2787-75 bo‗yicha po‗lat 


26 
chiqindilari. Po‗latni eritishda shuningdek, po‗lat eritish va prokat sexlarinig 
chiqindilaridan foydalanadi.
2) ferroqotishmalar:
- GOST 1415-93 bo‗yicha Fs 45, Fs 65, FS 75 ferrositsiliy; 
- GOST 4756-91 bo‗yicha ferrosilikomarganes; 
- GOST 295-98 bo‗yicha ikkilamchi aluminiy. 
3) shlak hosil qiluvi materiallar: 
- GOST 14-16-165-85 bo‗icha metallurgik ohak (2-shaxtalik pechlarda ohak 
kuydirish usuli bilan ishlab chiqiladi); 
- GOST 29219-91 bo‗yicha plavikoviy shpat; 
- prokatdan ishlab chiqarilgan temirli to‗pon. 
4) tarkibida uglerod bo‗lgan materiallar: 
- TU -0763-199-00190437-04 bo‗yicha metalli koks. 
5) energiya tashuvchilar: 
- elektr energiya; 
- kovshda po‗latni puflash uchun GOST 5583-78 bo‗yicha gazsimon texnik 
kislorod, GOST 9293-74 bo‗yicha azot, GOST 10157-79 bo‗yicha argon (kislorod, 
azot, argon kombinatning kislorod-kompressor sexida ishlab chiqariladi); 
- tabiiy gaz, mazut. 
6) to‗ldiruvchi materiallar: 
- GOST 2486-81 bo‗yicha PPE-886 PPM-85 periklaz markali qo‗qim; 
- GOST 1484-82 bo‗yicha metallurgik dolomite.
7) yaponiya, Germaniya, Rossiya, Ukrainada ishlab chiqarilgan diametri 610 
mm va 350 mm bo‗lgan grafitli elektrodlar. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə