O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti



Yüklə 494,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix04.03.2022
ölçüsü494,83 Kb.
#84317
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
ozbekiston bozor iqtisodiyotiga otish yolining huquqiy asoslari va infratuzilmasining yaratilishi

Islohotlar  kontseptsiyasi

 - itimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va 

yo’nalishlari, uni  amalga  oshirishning  vazifalari va  strategik  yo’llarini  umumiy  

g’oyasidir. 



Iqtisodiyotni    barqarorlashtirish

  -  tanglik  holatlariga    barham  berish 

asosida  makroiqtisodiy muvozanatlikni  saqlash va  ishab chiqarishni  yuksaltirish 

uchun shart-sharoitlarni vujudga  keltirishdir.



 

 



 

_____________ 



Rasulov M. Bozoriqtisodiyotiasoslari. T.: Mehnat, 1997. 




IQTISODIY ISLOHOTLAR. BOZOR MUNOSABATLARINING 

SHAKLLANISHI. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH YO`LI 

 

Bozorning qadimiy an'analari 



Milliy  davlat  mustaqilligini  qo`lga  kiritgan  O`zbekiston  bozor  iqtisodiyoti 

yo`lini  tanladi.  Sho`rolar  davridagi  sotsialistik  tizimning  iqtisodiy  asosini  tashkil 

etgan  rejalashtiruvchi  siyosatdan  voz  kechdi.  Xo`sh,  bozor  iqtisodiyotining  o`zi 

nima? 


Bozor  iqtisodiyotining  asosida  tovar-pul  munosabatlari  yotadi  va  ana  shu 

munosabatlarga  xos  iqtisodiy  qonunlar  harakat  qiladi.  Bozor  iqtisodiyoti 

jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish va iste'mol orqali o`zaro raqobatning 

ishtirokchilariga aylantiradi. 

Shu  boisdan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  muttasil 

takomillashib  boradi,  mahsulotning  sifat  darajasi  yaxshilanadi,  uning  miqdori 

ko`payadi va jamiyat taraqqiyoti tezlashadi. 

Tarixan  bozor  munosabatlarining  ikki  turi  mavjud:  birinchisi,  tartibsiz,  o`zi 

bo`larchilik  asosida,  stixiyali  rivojlanadigan  bozor  iqtisodiyoti  munosabatidir.  U 

tarqoq,  maqsadi  va  harakati  oldindan  kelishilmagan  ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste'molchilar  o`rtasidagi  oldi-berdi  munosabatlariga  asoslanadi.  Ikkinchisi  esa, 

tartibga 

solinadigan, 

boshqariladigan 

bozor 

iqtisodiyoti 



munosabatidir. 

O`zbekiston o`z taraqqiyot yolining asosi qilib ikkinchi yo`lni — davlat tomonidan 

tartibga  solib  boriladigan  va  boshqariladigan  bozor  iqtisodiyoti  yo`lini  tanladi. 

Bunda jamiyat davlat ofqali bozorga narx, soliq, foiz, foyda, renta, subsidiya kabi 

iqtisodiy vositalar bilan ma'lum bir yo`nalish beradi va ongli ta'sir ko`rsatadi. 

 



Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o`ziga xos sifat belgilari va 

xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

1. Tovar ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan erkin bo`ladi, ya'ni bozor uchun 

mahsulot  ishlab  chiqarayotgan  korxona  yoki  shaxs  erkin  va  mustaqil  faoliyat 

ko`rsatadi. 

2. Tovar ishlab chiqaruvchi mulk egasi bo`ladi yoki ijara mulkiga ega bo`ladi 

va uni o`z bilganicha ishlatadi, unga hech kim monelik qila olmaydi, buyruq bera 

olmaydi. 

3.  Tovar  ishlab  chiqaruvchi  o`zi  ishlab  chiqargan  mahsulotining  egasi, 

xo`jayinidir.  Shu  bois,  o`z  mahsulotini  xohlasa  sotadi,  xohlasa  sotmaydi  yoki  u 

xohlasa o`z tovarini boshqa bir tashkilot, korxona yo biron bir shaxsga sovg`a qilib 

tekinga hadya qilishi ham mumkin. 

4.  Bozorga  chiqarilgan  tovarni  oldi-sotdi  qilish  sotuvchi  bilan  xaridoming 

erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi. 

5.  Bozor  iqtisodiyoti  monopolizmni,  ya'ni  yakka  hukmronlikni  inkor  etadi, 

tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin raqobatini taqozo etadi. 

6.  Bozorda  ishlab  chiqaruvchi  emas,  balki  iste'molchi  o`z  shartini  qo`yadi, 

chunki pul  uning  qo`lida  bo`ladi. Tovar  ishlab  chiqaruvchi  iste'molchining  talabi, 

ehtiyojini  qondiradigan  mahsulot  ishlab  chiqargan  taqdirdagina  daromad  topa 

oladi. 

7. Ishlab chiqarilgan tovarga sarf qilinadigan mehnat xaridorning mahsulotga 

talabi  darajasi  miqdorida  bo`lishi  lozim.  Aks  holda  ishlab  chiqarilgan  tovar 

bozorda kasodga uchraydi. 

8.  Bozorda  qanday  tovarga  talab  oshib  borsa,  o`sha  mahsulotni  ishlab 

chiqarish foyda keltiradi. 




9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyat a'zolari o`z 

daromadlari miqdoriga qarab tabaqalanadilar. 

 

Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  mamlakatimiz  uchun  yangilik  emas.  Uzoq 



yillar  davomida  qadimdan  ajdodlarimiz  jahon  hamjamiyatining  bir  bo`lagi  va 

tarkibiy  qismi  sifatida  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yashab  kelganlar.  Tarixiy 

yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan 

ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy 

aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 

Miloddan  avval  XI  asrdan  to  milodning  XVI  asriga  qadar  Sharq  va  G`arb 

mamlakatlari  o`rtasida  savdo  iqtisodiy  va  madaniyat  sohalarida  ko`prik  rolini 

o`ynab  kelgan  «Buyuk  ipak  yo'li»  orqali  amalga  oshirilgan.  12  ming  chaqirimni 

tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan. 

«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, 

Yunoniston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  bozor  iqtisodiyoti  qonun-qoidalari  va 

talablari  asosida  savdo-sotiq  qilganlar.  o`rta  Osiyo  hududlari  Rossiya  tpmonidan 

bosib  olingach,  xususan  Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham 

topdi. 


Jahon  mamlakatlarining,  shu  jumladan,  o`lkamiz  xalqlarining  tarixiy 

tajribalari  shundan  dalolat  beradiki,  iqtisodiyot  har  doim  faqat  uning  o`ziga  xos 

bo`lgan  qonuniyatlar  bilan  rivojlanadi.  Bu  qonunlar  inson  irodasidan  tashqarida 

harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini 

bajarmaydi.  Shu  bois,  bozor  iqtisodiyoti  qonunlarini  nazar-pisand  qilmaslik  yoki 

uni  buzish  og`ir  iqtisodiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  sobiq  SSSR  deb 

atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi. 

 

O`zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos yo`li va tamoyillari 



Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tish  qonuniyatlari,  albatta,  umumiydir. 

Biroq,  ana  shu  umumiy  qonuniyatlar  asosida  rivojlanib  borayotgan  har  bir 

mamlakat,  u  xoh  Turkiya  yoki  Amerika  Qo`shma  Shtatlari  bo`lsin,  xoh  Janubiy 

Koreya  yoki  Yaponiya  bo`lsin,  ularning  har  biri  o`zining  tarixiy-taraqqiyot 

an'analari,  milliy  o`ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  o`z  yo`li,  &z 

modelini ishlab chiqishi va unga amal qilishi lozim. 

O`zbekiston  ham  ana  shu  umumiy  dastur  va  umumiy  qonuniyat  mezonlari 

asosida  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tishga  imkoniyat  beradigan  o`z 

yo`lini  tanlab  oldi.  Bu  yo`lning  asosiy  tamoyillari  va  qoidalari  I.Karimovning 

«O'zbekistonning  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo'li»,  «O'zbekiston  —  bozor 

munosabatlariga  o`tishning  o`ziga  xos  yo'li»,  «O'zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirish yo'lida» nomli asarJarida, mamlakat parlamentida qilgan ma'ruza 

va nutqlarida bayon qilib berilgan. 

 

Bu yo`lni ishlab chiqishda: 



Birinchidan,  dunyo  davlatlarining  bosib  o`tgan  tarixiy  tajribalari  hisobga 

olindi. 


Ikkinchidan,  O`zbekistonning  xo`jalik  imkoniyatlari,  shart-sharoitlari, 

mustamlakachilik tuzumlaridan meros bo`lib qolgan muammolar asos qilib olindi. 

Chunki 130-yildan ortiqroq davom etgan buyuk saltanat o`lkamizda o`zining og`ir 

va ayanchli oqibatlarini meros qilib qoldirgan edi. Bular: 

• barbod bo`lgan va mutlaqo markazga tobe bo`lib qolgan iqtisod; 

• milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining tugatilganligi, milliy boshqaruv 

tajribasining  yo`qligi,  yakkaboshchilik,  buyruqbozlik,  laganbardorlik,  ko`ngil 

ovlash,  poraxo`rlik,  o`g`rilik,  mansabni  suiiste'mol  qilish  kabilarni  hisobga 

olmaslikning mutlaqo iloji yo`q edi. 



Uchinchidan,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tishni  belgilashda 

mamlakatimizning  tarixan  tarkib  topgan  milliy  qadriyatlari,  an'analari, 

xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. 

O`zbekistonning  bozor  munosabatlariga  o`tish  yo`liga  doir  Prezident 

I.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  besh  tamoyil  nafaqat  mamlakatimizda, 

shuningdek jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. Eng muhimi, xalqimizning 

o`zi besh tamoyilni qabul qildi va qo`llab-quvvatladi. 


Yüklə 494,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə