O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 471 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2022
ölçüsü471 Kb.
#89143
  1   2   3   4   5   6
Abu Rayhon Beruniyning Osor ul-boqiya asari haqida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti 182-Tarix yo’nalishi talabasi Arazberdiyev Meret
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK
fanidan





MAVZU: Abu Rayhon Beruniyning ”Osor ul-boqiya” asari haqida.
Topshirdi: ________________
Qabul qildi: ________________
Urganch – 2022
MAVZU: Abu Rayhon Beruniyning ”Osor ul-boqiya” asari haqida.


KIRISH
ASOSIY QISM

I bob.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va g’arb madaniyatiga

ta’siri.

1.1. Aniq fanlar dahosi Abu Rayhon beruniyning ilmiy merosi.


1.2. Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asari.

II bob. Al-Beruniy asarlari va ularning tarixiy-ilmiy ahamiyati


2.1. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” kitobida keltirilgan dorivor o’simliklarning qisqacha kimyoviy asosi.

2.2. Beruniy fan va taraqqiyot timsoli va jahon astronomiya va geografiya fani olimi.


Xulosa.
F oydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Abu Rayhon Beruniy kashfiyotlarining geografik xususiyatlari mavzusi shuning uchun ham dolzarbki. Beruniyning ijodi turli-tuman va rang-barangdir. Uning ijodi bamisoli tengsiz xazina. Bu xazina bizning, xalqimizning ma’naviy boyligi, milliy iftixorimiz, g`ururimizdir. Uni o‘rganish va bilish barchamizning burchimizdir.
Allomaning qo‘li xech qachon yozishdan to‘xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan band bo‘lgan, qalbi esa fikrlashga qanot bog‘lab turgan. Xozircha olimning ma’lum bo‘lgan 154 nomdagi asarlari geografiya, astronomiya, tarix, geologiya, gidrogeologiya, geodeziya, mineralogiya, fizika, kimyo, botanika, farmakoligiya kabi soxalarga aloqadordir.1
Abu Rayhon Beruniy bilim doirasi nihoyatda keng olim bo‘lgan. U o‘z asarlarida dunyoning cheksizligini, qit’alar va okeanlar doimo o‘zgarib turishini, ya’ni bir suv bosib, bir tog‘ ko‘tarilib, davr o‘tishi bilan dengizlar cho‘lga aylanib turi­shi hodisasini ilmiy asoslagan.
Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi mutaxassislar esa olim 180 tacha kitob yozgan, degan fikrdalar.
Sharqshunoslarning eng keyingi hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid - 70 ta; matematikaga - 20 ta; geografiya-geodeziyaga - 12 ta; kartografiyaga - 4 ta; iqlim va ob-havoga - 3 ta; mineralogiyaga - 3 ta; falsafaga - 4 ta; fizikaga - 1 ta; dorishunoslikka - 2 ta; tarix, etnografiyaga - 15 ta; adabiyotga oid asari esa 28 tadir.2

Yüklə 471 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə