O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti



Yüklə 426,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.06.2022
ölçüsü426,77 Kb.
#89845
  1   2   3   4
chor mustamlakasi tomonidan orta osiyo xonliklarini bosib olinishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
Alisher Navoiy nomidagi 
Samarqand davlat universiteti 
 
Tarix fakulteti 
 
O’zbekiston tarixi kafedrasi 
O’zbekiston tarixi fani 
Mavzu: 
Chor mustamlakasi tomonidan O’rta Osiyo 
xonliklarini bosib olinishi 
Kurs ishi 
2014-
2015 o’quv yili 
 
Bajaruvchi: 3-kurs 303-guruh talabasi Ismoilov S. 
Ilmiy rahbar: Qo’shboqov H. 
 
Kurs ishi O’zbekiston tarixi kafedrasi komissiyasida himoya 
qilindi va _____ ga baholandi. (
Bayonnoma № ____ 2015) 
 
Komissiya raisi: ______________________ 
Komissiya a’zolari:
______________________ 
 
 
 
 
______________________ 
 
 
 
 
______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand 2015-yil 


REJA: 
 
I. Kirish 
 
II. Asosiy qism 
1.
 
Turkiston xonliklarini bosib olish yo`lidagi dastlabki harakatlar. 
Turkiston masalasida ingliz-rus raqobatining kuchayishi. 
2.
 
Qo`qon xonligining g`arbiy chegaralariga bostirib kirishning 
boshlanishi. Toshkentning zabt etilishi. 
3.
 
Buxoro va Xiva xonliklari bilan olib borilgan urushlar, xonliklarning 
yarim mustamlakaga aylantirilishi. 
4.
 
Turkiston 
general-gubernatorligining 
tashkil 
topishi 
va 
mustamlakachilik tizimining o`rnatilishi. 
 
III. Xulosa 
 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 


I. 
Kirish 
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida buyuk Temur saltanatini uch tarqoq o`zbek 
xonligi o`zida gavdalantirdi.
Podsho Rossiyasi O`rta Osiyo mintaqasiga ko`z olaytirib, bu yerdagi mavjud 
xonliklar haqida keng ko`lamda josuslik ma`lumotlarini to`play boshladi. Bu holat 
«Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson 
boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyom bo`ldi. Antoni Jenkinson 
Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 
sentabrigacha Buxoroda bo`ldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar 
sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan Abdullaxon rus 
podshosining elchisi bilan bo`lgan suhbatda Rossiya, Angliya va Turkiya davlatlarining 
harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida ma`lumot olishga qiziqqan bo`lsa, Jenkinson va 
uning hamroxlari Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari 
haqida imkon qadar ko`proq ma`lumot to`plashga intiladilar. 
Rossiya ma`muriyatining ko`rsatmasiga binoan Sibirda joylashtirilgan rus harbiy 
qismlari XIX asr 30-yillarida Qo`qon xonligi tomonidan Sarisuv daryosi va Ulutovda 
qurilgan harbiy qo`rg`onlarni buzib tashladi, ustalik bilan Sharq tomondan Qo`qon 
xonligi hududlariga suqulib kirishini esa davom ettiradi. 
Shuningdek, Rossiyaning xonliklarga tazyiqi g`arbdan-Orenburg tomondan ham 
kuchayib bordi. O`rta Osiyoni qo`lga kiritish uchun dastlab «qozoq dashtlar»ini istilo 
qilish zarur degan Pyotr I ning vasiyatiga izchil amal qilgan Rossiya imperiyasi qozoq 
dashtlarida qurgan harbiy istehkom vositasida asta-sekin Xiva hududiga yaqinlashmokda 
edi. Imperiya siyosatini amalga oshirishda muhim rol o`ynagan Orenburg general-
gubernatori Vasiliy Perovskiy Xiva xonligini tiz cho`ktirishga kirishdi. U katta qo`shin 
bilan 1839 yilda Xiva ustiga yurish boshladi. Xiva honi Olloqulixon ham o`zbek, qozoq, 
va turkmanlardan iborat birlashgan lashkar bilan ruslarga qarshi otlandi. Oxir-oqibat
Perovskiy qo`shini zarbaga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ldi. Bu g`alaba 
Rossiyaga qarshi kurash bayrog`ini ko`targan qozoq, istiqlolchilarini ham ruhlantirdi. 
Uzoq yillardan beri qozoqlarning mustaqilligi uchun jang qilayotgan Kenesari Qosimov 
harakati keng quloch yoydi. Xiva xoni unga doimo madad berib turdi. 

Yüklə 426,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə