O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/73
tarix31.12.2021
ölçüsü3,17 Mb.
#81127
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
5b1794a00c79b

§1. Masalaning qo’yilishi 
Ma’lumki, Lyapunov funktsiyasini qurishning umumiy algaritmi  mavjud 
bo’lmaganligi  uchun  yuqoridagi  xarakterli  belgilarga  ega  bo’lgan  sistemalar 
turg’unligini taxlili qilishda xosil bo’ladigan qiyinchiliklar Lyapunovning to’g’ri 
usulini effektiv ravishda qo’llash imkonini bermaydi. 
Shuning  uchun  qaralayotgan  sistemani  soddalashtirish  yoki  boshqa 
sistema bilan almashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir qancha yo’nalishlar paydo  


 
218 
qilinadi.  bo’lib,  bularda  turg’unlik  (turg’unmaslik)  masalasi  bevosita 
berilgan  sistemani  tekshirish  yo’li  bilan  emas,  balki  bu  oralik  sistemalarni 
tekshirish yo’li bilan xal etiladi. 
Yirik masshtabli sistemalar turg’unligining umumiy masalasi quyidagicha 
ikki xil ko’rinishda qo’yiladi. 
A  muammo
:      Y.M.S.  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  qism  sistemalarga 
dekompazitsiya  qilingan  (ajratilgan)  bo’lsin.  Shunday  shartlarni  aniqlashimiz 
kerakkki,    bularda  sistemaning  Lyapunov  bo’yicha  turg’unligi  o’zaro  bog’liq 
bo’lmagan 
qism 
sistemalarning 
turg’unligidan 
va 
ular 
orasidagi 
bog’lanishlarning  xossalaridan  kelib  chiqsin.  Boshqacha  aytganda,  masalani 
bunday qo’yilishida, avval Y.M.S. ni tashkil qiluvchi har bir erkin qism sistema 
uchun  Lyapunov  funktsiyasi  tuzilib,  ularni  turg’unligi  (turg’unmasligi)ning 
yetarli  shartlari  xosil  qilinadi.  So’ngra  bu  qism  sistemalar  orasidagi 
bog’lanishlarning xossalaridan va erki n qism sistemalar turg’unligining yetarli 
shartlaridan foydalanib, berilgan sistema turg’unligining yetarli shartlari xosil 
B  muammo
:    Y.M.S.  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  qism  sistemalarga 
dekompazitsiya  qilingan  (ajratilgan)  bo’lsin.  Sistema  tartibi  pasayishini 
taminlaydigan  shunday  shartlarni  aniqlashimiz  kerakki,  unda  qaralayotgan 
sistemaning  turg’unligi  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  qism  sistemalar  xossalaridan 
kelib  chiqib,  bunda  erkin  qism  sistemalar  turg’unligi  xaqidagi  ma’lumotlardan 
foydalanilmaydi.  Boshqacha  aytganda  masalaning  bunday  qo’yilishida,  har  bir 
qism sistema uchun Lyapunov funktsiyasi tanlanib, ular yordamida qaralayotgan 
sistema  uchun  Lyapunov  funktsiyasi  tuziladi  va  qaralayotgan  sistema 
turg’unligining yetarli shartlari xosil qilinadi. 
Bu  ko’rsatilgan  muammolar  Y.M.S.  turg’unligini  tekshirish  bilan 
shug’ulanuvchi  mutaxassislar  uchun  bosh  yo’nalishlarni  aniqlab  berdi.  Ularni 
xal  etish  yo’lida  bir  qancha  matematik  usullar  yaratildi  yoki  rivojlantirildi. 
Jumladan,  Lyapunovning  vektor-funktsiyasi  usuli,  vektorli  normalar  usuli, 
minimaksli usul, Lyapunov matritsa funktsiyasi usuli va boshqalar. 
 


 
219 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə