O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/49
tarix26.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#84742
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
20. 5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

Fazaviy muvozanat 

Faza,  komponent,  komponentlar  soni,  erkinlik  darajasi  tushunchalari.  Gibbsning 

fazalar  qoidasi.  Sistemaning  variantligi.  Sistemalarning  sinflanishi.  Bir 

komponentli  sistemalar  uchun  fazalar  qoidasi.  Suv  va  oltingugurt  uchun  holat 

diagrammalari.  Bug‘lanish  egrisi  uchun  Klapeyron–Klauzius  tenglamasining 

differensial  va  integral  ko‘rinishlari.  Birinchi  va  ikkinchi  tur  fazaviy  o‘tishlar. 

Erenfest  tenglamasi.  Polimorf  o‘tishlar.  Mono-  va  enantiotrop  fazaviy  o‘tishlar. 

Fizik-kimyoviy analiz.  

Ikki 

komponentli 



sistemalar. 

Sovush 


va 

xolat 


diagrammalari. 

Xolat 


diagrammalarining  turli  ko‘rinishlari:  kimyoviy  ta’sir  bo‘lmagan  va  qattiq  eritma 

hosil qilmaydigan; kimyoviy ta’sir bo‘lmagan va cheksiz eriydigan qattiq eritmalar 

hosil qiluvchi; kimyoviy ta’sir bo‘lmagan va chekli eriydigan qattiq eritmalar hosil 

qiluvchi;  kongruent  suyuqlanuvchi  barqaror  kimyoviy  birikmalar  tutgan  (qattiq 

eritmalar  xosil  bo‘lmaydigan);  inkongruent  suyuqlanuvchi  beqaror  kimyoviy 

birikmalar tutgan sistemalarning xolat diagrammalari.  

Ikki  komponentli  sistemalarning  xolat  diagrammalarini  analiz  qilishda  likvidus, 

solidus  chiziqlari,  evtektiv  nuqta,  evtektik  tarkibli  suyuq  qotishma,  evtektik 

temperatura,  figurativ  nuqta,  kannoda  chizig‘i,  kongruent  va  inkongruent 

suyuqlanuvchi  kimyoviy  birikmalar,  singulyar  va  distektik  nuqtalar,  peritektik 

nuqta kabi tushunchalar. Richag yelka qoidasi.  



 

Qattiq eritmalar. Izomorfizm tushunchasi.  

 

Uch  komponentli  sistemalar.  Uch  komponentli  sistemaning  tarkibini 



ifodalashda  Gibbs  va  Rozebum  usullari.  Bir  xil  ionli  va  evtonikaga  ega  bo‘lgan 

ikki  tuz  eritmasining  xolat  diagrammasi.  Tuzlar  suv  bilan  gidratlar  yoki  qo‘sh 

tuzlar,  kompleks  birikmalar  yoki  qattiq  eritmalar  xosil  qiluvchi  murakkab  xolat 

diagrammalari.  



Eritmalar 

Eritmalar  haqida  umumiy  tushunchalar.  Ideal,  cheksiz  suyultirilgan  va  real 

eritmalar.  Parsial  molyar  kattaliklar.  Gibbs-Dyugem  va  Dyugem-Margulis 

tenlamalari.  Eritmalarning  zamonaviy  nazariyasi:  solvatlanish  va  gidratlanish, 

solvat qavat tushunchasi. Regulyar va atermal eritmalar. Eritma komponentlarining 

kimyoviy potensiali. Aktivlik, aktivlik koeffitsiyenti. Uchuvchanlik, uchuvchanlik 

koeffitsiyenti.  

Komponentning  eritma  ustidagi  bug‘  bosimi.  Raul  va  Genri  qonunlari.  Ideal, 

cheksiz suyultirilgan va real eritmalar uchun Raul va Genri qonunlari.  


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə