O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Chakana va ulgurji savdo xizmatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

 
1.2.Chakana va ulgurji savdo xizmatlari. 
Savdo-bu tovarlarning oldi-sotdisi va xaridorlarga xizmat ko`rsatish bilan 
bog`liq bo`lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Savdo faoliyati yuritish shakllariga ko`ra 
ulgurji va chakanalarga bo`linadi. 
Ulgurji savdo - bu tovarlarni keyinchalik sotish yoki ulardan professional 
foydalanish maqsadida tashkil etilgan tovarlar savdosi. 
Ulgurji savdo xizmati-ulgurji sotuvchining buyurtmalar bo`yicha 
shakllantirilgan, iste‟molchilarning tovar partiyalariga ehtiyojlarini qondirish 
maqsadidagi faoliyati, ulgurji va chakana sotuvchilarning o`zaro harakatlari 
natijasidir. 
Ulgurji savdo xizmatlari ulgurji savdo korxonalari tomonidan taqdim 
etiladi. 
Ulgurji savdo korxonasi - bu keyinchalik qayta sotish maqsadida 
tovarlarning oldi-sotdisini amalga oshiruvchi, shuningdek tovarlarning ulgurji 
aylanishini tashkil etish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi savdo korxonasidir. 



Ulgurji savdoning asosiy xizmati-ulgurji haridorlarga tovarlarni sotishdir. 
Ulgurji 
savdoning 
qo`shimcha 
xizmatlari 
jumlasiga: 
tovarlarga 
buyurtmalar va talabnomalarni qabul qilish, tovarlarni sotishdan oldin tayyorlash 
(tovarlarni sifat bo`yicha sortlarga ajratish, tovar partiyalarini komplektlash, 
qadoqlash, yuvish, tozalash, dezinfektsiyalash, o`rash, markirovkalash), tovarlarni 
berish, axborot xizmatlari, iste‟molchiga tovarni etkazish, qaytarilgan tovarlarni 
qabul qilish va saqlash, chiqitlarni qaytarish va utilizatsiya qilish, chiqitlarni qayta 
ishlashlar kiradi. 
Chakana savdo-bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy, 
oila va uyda foydalanish uchun tovarlar savdosi va xaridorlarga xizmatlar 
ko`rsatishdir. 
Chakana savdo xizmati-bu chakana sotuvchining iste‟molchi bilan o`zaro 
harakatlarining natijasi, shuningdek chakana sotuvchining, iste‟molchining yakka 
nusxadagi tovarlar yoki kompleks o`ralgan birliklar ehtiyojlarini qondirish 
bo`yicha faoliyatidir. 
Chakana savdo xizmatlarini chakana savdo korxonalari ko`rsatishadilar. 
Chakana savdo korxonasi-bu tovarlar oldi-sotdisini amalga oshiruvchi 
shaxsiy, oilaviy uyda foydalanish maqsadida ishlarni bajaruvchi va xizmat 
ko`rsatuvchi savdo korxonasi. 
Chakana savdoning asosiy xizmati bo`lib, iste‟molchilarga tovarlarni 
sotish hisoblanadi. Chakana savdo shaxobchalari aholiga zarur bo`lgan tovarlar 
savdo assortimentlarini shakllantirishadilar va tovarlarni tanlash va harid qilish 
uchun sharoitlar yaratishadilar. Savdo shahobchalariga tashrif buyuruvchilarga 
qulaylikni tashkil etish maqsadida axborot-maslahat xizmatlari, xarid qilish 
chog`ida yoki undan foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha xizmatlar kabi 
qo`shimcha xizmatlar ham ko`rsatiladi. 
Chakana savdo shaxobchasining ishi tijorat faoliyatiga va assortimentni 
shakllantirish, tovarlarni qabul qilish, ularning saqlanishini ta‟minlash, tovarlarni 
sotishdan oldin tayyorlash va peshtaxtalarga qo`yish, haridorlarga tovarlarni taklif 


10 
etish, xaridor bilan hisob-kitob qilish, tovarlarni berish kabilarni o`z ichiga olgan 
savdo-texnologik jarayonga asoslanadi. 
Tovarlarni sotish savdo shaxobchalarida yoki undan tashqarida amalga 
oshiriladi. Tovarlarni savdo shaxobchalarida sotish quyidagilarni oladi: 
tovarlarni univermagda sotish; 
tovarlarni universamda (supermarketda) sotish; 
tovarlarni gipermarketda sotish; 
tovarlarni savdo shaxobchasi-omborda sotish; 
tovarlarni kundalik ehtiyoj mollari shaxobchasida sotish; 
tovarlarni ixtisoslashtirilgan (yoki ixtisoslashtirilmagan) oziq- ovqat shaxobchasida 
sotish; 
tovarlarni 
ixtisoslashtirilgan 
(yoki 
ixtisoslashtirilmagan) 
nooziq-ovqat 
shaxobchasida sotish; 
ommaviy 
ovqatlanish 
korxonalari 
mahsulotlarini 
turli 
tipdagi 
savdo 
shaxobchalarida sotish.
Mayda chakana statsionar shaxobchalarda (kiosklar, pavilionlar) tovarlarni 
sotish, o`z ichiga alohida ommaviy ovqatlanish va nooziq ovqat tovarlari 
turlarining cheklangan assotimentdagi sotishni oladi. Kiosk va pavilionlar orqali 
nooziq ovqat tovarlari bo`lgan davriy nashriyotlar, devonxona tovarlari, suvinirlar, 
tamaki mahsulotlari, shuningdek ommaviy ovqatlanish mahsulotlari hisoblangan 
muzqaymoq, sharbatlar, gazlangan suvlar sotiladi. 
Mayda chakana harakatdagi shahobchalarda (palatkalar, avto savdo 
shahobchalari, avtolavkalar, avtodo`konlar, tsisternalar va boshqalar) tovarlarni 
sotish, savdo shahobchalari soni cheklangan uzoq aholi puktlarida joylashgan 
haridorlarga, savdo xizmatlarini taqdim etishning samarali shakllaridan 
hisoblanadi. Undan tashqari harakatdagi chakana savdo shahobchalaridan, 
yarmarkalar va bozorlardan ham foydalaniladi. 
Savdo agentlari orqali tovarlarni sotish iste‟molchilar uchun qulay 
hisoblanadi. Odatda, savdo agentlari tomonidan tovarlarni sotishda katta e‟tibor 


11 
axborot- maslahat ishiga, tovar xususiyatlarini iste‟molchilarga namoyish qilishga 
qaratiladi. 
Tovarlarni pochta (jo`natma) savdosi orqali sotish, iste‟molchilarga savdo 
shahobchasiga tashrif buyurmasdan tovarlarni xarid qilish, ushbu shahar yoki 
tumanda sotilmaydigan tovarlarga buyurtma berishlariga imkon yaratadi. Posilka 
savdosi orqali asosan nooziq- ovqat mahsulotlari sotiladi. Tovarlarni sotish 
bo`yicha e‟lonlar reklama-axborot va davriy nashriyotlarda chop qilinadi. Savdo 
shahobchalardan uzoqda joylashgan iste‟molchilar, tovarlarni xarid qilish bo`yicha 
talabnomalarni 
to`ldirishadilar, 
va 
ularni 
pochta 
orqali 
ta‟minotchiga 
yuborishadilar. Savdo shaxobchasi pochta orqali iste‟molchilarga yuboradi. 
Tovarlarni savdo avtomatlari orqali sotish, iste‟molchilarga qo`shimcha 
qulayliklarni yaratadi. Chunki ushbu avtomatlarni shaharning turli joylarida 
joylashtirish mumkin (avto bekatlarda, vokzallarda, stantsiyalarda, binolar yonida). 
Avtomatlarda cheklangan assortimentdagi tovarlar sotiladi. 
Ular jumlasiga sigaretlar, gazlashtirilgan suv, qandolatchilik mahsulotlari, 
davriy nashriyotlar va hokazolar. 
Telesavdo shahobchalari va Internet tizimidagi elektron savdo 
shahobchalari, iste‟molchilarning savdo shahobchalariga borish va tovar xarid 
qilish uchun sarflanadigan vaqtlarini tejashadilar. Elektron savdo shaxobchalari va 
telesavdo shaxobchalari iste‟molchilar uchun juda qulaydir. Iste‟molchilar 
tomonidan tovarlarni o`rganish telvizorda maxsus reklama-axborot teleko`rsatuvi 
yoki Internet tizimidagi elektron savdo shaxobchasi sayti yordamida amalga 
oshiriladi. Tovarlar buyurtmasi telefon yoki Internet tarmog`i savdo 
shaxobchasining sayti yordamida amalga oshiriladi. Tovarlarni yetkazish va xarid 
qilish, iste‟molchi uchun qulay bo`lgan xoxlagan joyda va u bilan kelishilgan 
vaqtda amalga oshiriladi. 
Xarid qilishda va undan foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha 
xizmatlar ko`rsatishga quyidagilar kiradi: 
tovarlarga buyurtmalarni qabul qilish va bajarish (telefon bo`yicha bevosita savdo 
tashkilotlarida 
yoki 
undan 
tashqarida 
buyurmalarni 
qabul 
qilish 
va 


12 
rasmiylashtirish, buyurtmalarni komplektlashtirish, ularni qadoqlash, tovarlarni 
bevosita savdo korxonalari orqali berish yoki uyga etkazib berish); 
tovarlarni etkazishni tashkil qilish; 
savdo shahobchasida xarid qilingan tovarlarni o`rash; 
mavjud tovarlardan sovg`a komplektlarini tuzish va o`rash.
Komission savdo shahobchalari buyumlarni komissiyaga qabul qilish va 
baholashni komitentning uyida amalga oshiradilar. 
Zargarlik va antikvar savdo shaxobchalari ushbu turdagi buyumlarning 
baholanishini uylarda amalga oshiradilar. 
Oziq- 
ovqat 
mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi 
savdo 
shahobchalari, iste‟molchilardan shisha idishlari va boshqa turdagi qaytariladigan 
taralarni qabul qilishadilar. 
Texnik qiyin tovarlar va mebel iste‟molchilari uchun muhim ahamiyatni, 
sotishdan keyingi iste‟molchilarga xizmat ko`rsatish egallaydi. Ushbu xizmat 
ko`rsatish o`z ichiga mahsulotlarni terish va o`rnatishni oladi. Qurilish 
mahsulotlari bilan savdo quluvchi savdo shahobchalari iste‟molchilarga, savdo 
shahobchasidan xarid qilingan tovarlardan foydalanilgan holda qurilish-ta‟mirlash 
va montaj ishlarini bajarish bo`yicha xizmatlarni taklif etishlari va buyurtmalarni 
qabul qilishlari mumkin. 
Ixtisoslashtirilgan savdo shahobchalari, supermarketlar, gipermarketlar, 
iste‟molchilarga audio va video tovarlarni sotishda, audio kassetalarni va kompakt 
disklarni eshitish, vidiokasetalarni ko`rish, shuningdek fotoapparatlarni zaryadka 
qilish uchun maxsus kabinalar va eshitish avtomatlarini taklif etishadilar. 
Axborot-maslahat xizmatlariga: tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilar va 
savdo shaxobchasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar to`g`risida ma‟lumot 
taqdim etish kiradi. Ushbu turdagi xizmatlar audio va vidio vositalar yordamida va 
tovarlar bo`yicha mutaxassislar yordamida taqdim etiladi. Bunday xizmatlar elektr 
maishiy tovarlar, audio va vidio texnika, sport tovarlari, avtomobillar va qurilish 
mollarini sotish bilan shug`ullanuvchi savdo shahobchalarda keng tarqala 
boshlandi. 


13 
Savdo shahobchalari xodimlari tarkibiga maslahatchilar, sotuvchi-
maslahatchilar kiradi. Ular iste‟molchilarning iltimosiga ko`ra ekspluatatsiya 
imkoniyatlari, tovarlarni xarid qilish sharoitlari bo`yicha maslahat berishadilar, 
tovardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar beradilar. 
Yangi tovarlarni sotishda, savdo shahobchalarida reklama taqdimotlari 
(tovarlarni ko`rsatish, oziq-ovqat mahsulotlarini degustatsiya qilish) o`tkaziladi.
Ushbu faoliliyat turi ham axborot - maslahat xizmatlariga kiradi. Xizmatlar 
chakana savdo shaxobchalari bazasida, ishlab chiqaruvchi-korxonalar va 
distribyuterlar tomonidan taqdim etiladi. 
Iste‟molchiga qulaylik yaratish bo`yicha xizmatlarga, dam olish joylarini 
taqdim etish va yaratish, ona va bola xonasi, xizmatlarni taqdim etish, harid 
qilingan tovarlarni kafolatlangan saqlash, haridorlar buyumlarini qabul qilish va 
saqlash, haridorlarga ovqatlanishni taqdim etish, savdo shaxobchasi yonida 
haridorlarning shaxsiy avtomobillarini qo`yish bo`yicha xizmatlar kiradi. Ushbu 
xizmatlar katta savdo maydonlariga ega bo`lgan shahobchalar hisoblanadigan-
supermarket va gipermarketlarda taqdim etiladi, chunki ularda tovarlarni ko`rish 
va harid qilish uchun xaridorning ko`p vaqti sarflanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə