206
O‘qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish
jarayoni; o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga
yo‘naltirilgan faoliyat
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar
mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi,
mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini
yorituvchi me’yoriy hujjat
O‘quv rejasi – ta’lim muassasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi,
ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga ajratiladigan
haftalik va yillik o‘quv soatlari, shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi
me’yoriy hujjat
O‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki
mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni
ta’minlovchi manba
Dostları ilə paylaş: