Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. Endigina
Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, shuningdek, hamma
disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. Vinchesterni testdan o'tkazish
chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema disketalari yordamida yuklanadi.
Disketaning normal holati - uning yozuvdan himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni
yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus
dasturlari, sistemali disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz.
Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash
mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak mahorat
talab etadi.
Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar sistemali bloklarni formatlash
jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib ketish ehtimoli ham bor.
Yuqorida aytganimizdek, dasturni saqlashning eng yaxshi yo'li - uni arxivlab qo'yish. Lekin
shunday bo'lsa ham har ish kuni so'ngida dastur va fayllarning joylashishini birma-bir ko'zdan
kechirish darkor.
Dostları ilə paylaş: